«Oʻzbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisida Bitimni (Islomobod, 2026-yil 5-fevral) ratifikatsiya qilish haqida»gi QL-254-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (2274-V-son)
06.07.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
«Oʻzbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisida Bitimni (Islomobod, 2026-yil 5-fevral) ratifikatsiya qilish haqida»gi QL-254-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 30-iyunda kiritilgan «Oʻzbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisida Bitimni (Islomobod, 2026-yil 5-fevral) ratifikatsiya qilish haqida»gi QL-254-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-iyul,
2274-V-son
