Imtiyozli savdo bitimi doirasida tovarlar roʻyxatini kengaytirish toʻgʻrisida
05.02.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bayonnoma
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati (keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar),
2022-yil 3-martdagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida Imtiyozli savdo bitimining (keyingi oʻrinlarda “Bitim” deb ataladi) 17-moddasiga muvofiq,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bayonnomaning ilovasiga muvofiq Bitimning I-A-ilova va I-B-ilovasiga oʻzgartirishlar kiritish orqali Bitimning amal qilish doirasini kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishdilar.
2-modda
Ushbu Bayonnoma Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va mazkur Bitimning 18-moddasi qoidalariga muvofiq kuchga kiradi.
Islomobod shahrida, 2026-yilning 5-fevral kuni, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Mazkur Bayonnomani talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
(imzolar)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim doirasida tovarlar roʻyxatini kengaytirish toʻgʻrisidagi bayonnomaga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi Bitimning I-A va I-B ilovalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Bitimning “Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va Pokiston Islom Respublikasi hududiga olib kirilishi moʻljallangan tovarlar roʻyxati” deb nomlangan I-A ilovasiga quyidagi mazmundagi 18 dan 46 gacha boʻlgan qoʻshimcha bandlar kiritilsin:
* Regulyativ boj qoʻllanilganda, unga nisbatan “0” miqdorida boj qoʻllaniladi”.
2. Bitimning “Pokiston Islom Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi moʻljallangan tovarlar roʻyxati” deb nomlangan I-B ilovasining 1, 2, 6, va 16-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. Bitimning “Pokiston Islom Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi moʻljallangan tovarlar roʻyxati” deb nomlangan I-B ilovasiga quyidagi mazmundagi 18 dan 42 gacha boʻlgan qoʻshimcha bandlar kiritilsin:
