“111-modda. Ishonchning huquqiy himoyasi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy va maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar va tadbirkorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1165-son) · Sana: 14.08.2026 · Amalda
Vijdonan harakat qiluvchi shaxsning maʼmuriy organning qarori (mansabdor shaxsning harakati) qonuniy ekanligiga boʻlgan ishonchi qonun bilan qoʻriqlanadi.
Ishonchni huquqiy himoya qilish asoslari va tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi”;
3) 33-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Kodeksning 32-moddasida belgilangan sudlovga tegishlilik arizachining eksterritorial sudlovga tegishlilikni tanlash haqidagi iltimosnomasiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin. Bunday iltimosnoma mavjud boʻlgan taqdirda, ariza (shikoyat) ushbu Kodeksning 32-moddasida yoki mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sudga taqdim etiladi. Ishni koʻradigan sudni aniqlash avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ushbu Kodeksning 32-moddasida va mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan sudning tanlanishi istisno etiladigan tartibda amalga oshiriladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
4) 105-modda quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21) dastlabki eshituv natijasi boʻyicha arizachi arizani koʻrmasdan qoldirish haqida arz qilgan boʻlsa”;
5) 130-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Eksterritorial sudlovga tegishlilik tanlanganida arizaga (shikoyatga) arizachining shu mazmundagi iltimosnomasi ham ilova qilinadi”;
6) 17-bobning nomi “muhokamasiga tayyorlash” degan soʻzlardan keyin “va dastlabki eshituv” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
7) 139-moddaning ikkinchi qismi “ajrimda bayon etilishi mumkin” degan soʻzlardan keyin “bundan dastlabki eshituv oʻtkaziladigan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8) 140-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Dastlabki eshituv oʻtkazilgan hollarda ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddati yigirma kundan oshmasligi kerak”;
