27-modda. Administratsiyaning faoliyatini moliyalashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1166-son) · Sana: 14.08.2026 · Amalda
Administratsiyaning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari, shuningdek qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Administratsiyada budjetdan tashqari jamgʻarmalar tuzilishi mumkin, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Administratsiya qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantiriladigan xizmat uy-joy fondiga ega boʻlishi mumkin.
Administratsiya oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun axborot-kommunikatsiya tizimlarini va axborot bazalarini, shuningdek axborotning himoya vositalarini, shu jumladan kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqadi, yaratadi hamda ulardan foydalanadi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va tashkilotlarining shu kabi tizimlaridan va axborot bazalaridan Administratsiya ishini samarali ravishda amalga oshirish maqsadida, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanadi.
