21-modda. Administratsiyaning davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari bilan aloqalari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1166-son) · Sana: 14.08.2026 · Amalda
Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, manfaatlar toʻqnashuvining hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish choralarini kuchaytirish maqsadida tashkil etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati Administratsiyaning Komplayens xizmati tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosarlari (maslahatchilari) Administratsiya Rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda ular oʻz faoliyati davomida Administratsiyaning vakili maqomiga ega boʻladi.
Administratsiya Komplayens xizmatining davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari bilan aloqalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
