14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1166-son) · Sana: 14.08.2026 · Amalda
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, kuch ishlatishga vakolatli tuzilmalar hamda harbiy tuzilmalar, shuningdek tashqi ishlar siyosati uchun masʼul idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi tarkibiga kiritiladi hamda mazkur kengash ularning asosiy faoliyatini maqsadli boshqaruvchi va uygʻunlikdagi hamkorligini taʼminlovchi oliy muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining raisi hisoblanadi hamda unga boshchilik qiladi.
Administratsiya Rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi raisining oʻrinbosari hisoblanadi hamda ushbu kengash aʼzolarining faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining ishchi organi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati hisoblanadi.
Administratsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qurolli Kuchlarga, mudofaaga, safarbarlikka, xavfsizlikka va favqulodda vaziyatlarga oid konstitutsiyaviy vakolatlarini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
