“61-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1164-son) · Sana: 13.08.2026 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
arxiv ishi sohasini tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
axborot resurslarining arxiv nusxalarini yaratish va davlat arxiviga topshirish tartibini belgilaydi;
hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish tartibini belgilaydi;
arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish hamda tasdiqlash tartibini belgilaydi;
davlat hokimiyati organlari hamda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni axborot-kutubxona muassasalariga va davlat arxivlariga taqdim etish tartibini belgilaydi;
davlat hokimiyati organlari hamda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan axborot-kutubxona muassasalariga va davlat arxivlariga taqdim etilgan hujjatlar bilan ishlash tartibini belgilaydi;
arxiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlar sirasiga kiritish tartibini, shuningdek ularning sugʻurta nusxalarini tayyorlash hamda saqlash tartibini belgilaydi;
hujjatlarning saqlash muddatlari koʻrsatilgan namunaviy roʻyxatini tasdiqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
5) 7-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “amalga oshiradi” degan soʻzlar “amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga koʻmaklashadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi — oʻn birinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosuvchi koʻchirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosuvchi koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqishga ruxsat beradi;
qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning rahbarlariga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;
