192-modda. Elektron arxivni tashkil etish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1164-son) · Sana: 13.08.2026 · Amalda
Elektron arxiv qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Elektron arxivlarning oʻziga xos talablari quyidagilardan iborat:
elektron arxiv tizimining apparat-dasturiy taʼminoti mavjudligi;
elektron arxiv fondlari va hujjatlarini yaratish uchun zarur vositalarning, shu jumladan raqamlashtirish qurilmalari va dasturlarining mavjudligi;
elektron arxiv hujjatlarini qidirish, boshqarish va ularga ishlov berish imkoniyatining mavjudligi;
elektron shakldagi arxiv hujjatining asl arxiv hujjati bilan bir xilligini taʼminlash;
elektron arxiv tizimining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etish”;
12) 20-moddaning:
ikkinchi qismidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “davlat hokimiyati organlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Oʻzarxiv” agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 21-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzarxiv” agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 23-modda:
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Davlat hokimiyati organlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari hujjatlarni saqlash muddatlari koʻrsatilgan sohaviy roʻyxatlarini ishlab chiqishi hamda “Oʻzarxiv” agentligi bilan kelishishi shart.
Elektron hujjatlarni, shuningdek arxiv hujjatining elektron nusxalarini saqlash muddatlari ushbu turdagi qogʻozdagi hujjatlar uchun belgilangan muddatlardan kam boʻlmasligi kerak”;
toʻqqizinchi qismi oʻn birinchi qism deb hisoblansin;
15) 24-moddaning:
birinchi qismi:
ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, respublika boʻysunuvidagi davlat muassasalari va tashkilotlarining, shuningdek davlat ishtirokidagi korxonalarning arxiv hujjatlari — oʻn besh yil mobaynida;
