Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (2146-22-son)
10.08.2026
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 10-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2146-22]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 10-iyul,
390-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 10-iyuldagi 390-son buyrugʻiga ILOVA
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 5-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“daromadlarning turlari (daromad maʼmurlari kesimida) (mazkur Yoʻriqnomaning 21-ilovasi);”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 2-ilovada:
1) 3 111 107 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 111 109 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (budjet tashkilotlari boʻyicha);
3 111 110 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (davlat organlari boʻyicha);
3 111 111 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha qaytariladigan mablagʻlar;
3 111 112 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (oʻta yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha)”;
2) 3 111 201 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 111 202 Toʻlov manbayida ushlab qolingan, jismoniy shaxslarning dividend va foizlar koʻrinishida oladigan daromadlariga solinadigan soliq (oʻta yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha)”;
3) 3 111 301 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 111 302 Jismoniy shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan oladigan daromadiga solinadigan soliq (tuman va shahar soliq inspeksiyalari boʻyicha);
3 111 303 Jismoniy shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan oladigan daromadiga solinadigan soliq (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarida hisobi yuritiladigan soliq toʻlovchilar boʻyicha);
3 111 304 Jismoniy shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan oladigan daromadiga solinadigan soliq (tuman va shahar soliq inspeksiyalarida hisobi yuritiladigan yakka tartibdagi tadbirkorlar boʻyicha);
3 111 305 Jismoniy shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan oladigan daromadiga solinadigan soliq (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarida hisobi yuritiladigan yakka tartibdagi tadbirkorlar boʻyicha);
3 111 306 Toʻlov manbaida ushlab qolingan, jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan daromadiga solinadigan soliq (oʻta yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha)”;
4) 3 111 401 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 111 403 Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosi sohasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning daromadlariga nisbatan belgilangan qatʼiy soliq;
3 111 404 Maishiy xizmatlar koʻrsatish sohasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning daromadlariga nisbatan belgilangan qatʼiy soliq”;
5) 3 112 127 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 112 128 Xalqaro obligatsiyalar mablagʻlarini depozitga joylashtirish va kredit liniyasi ochishdan foiz tarzida toʻlanadigan daromadlardan olingan foyda soligʻi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratma;
3 112 132 Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan toʻlanadigan foyda soligʻi (tuman va shahar soliq inspeksiyalari boʻyicha);
3 112 133 Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan toʻlanadigan foyda soligʻi (yakka tartibdagi tadbirkorlar boʻyicha);
3 112 134 Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan toʻlanadigan foyda soligʻi (tuman va shahar soliq inspeksiyalari boʻyicha);
3 112 135 Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan toʻlanadigan foyda soligʻi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarida hisobi yuritiladigan soliq toʻlovchilar boʻyicha)”;
6) 3 112 525 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 112 531 Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslardan soliq agenti orqali undiriladigan aylanmadan olinadigan soliq (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarida hisobi yuritiladigan soliq toʻlovchilar boʻyicha);
3 112 532 Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslardan soliq agenti orqali undiriladigan aylanmadan olinadigan soliq (yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha);
3 112 533 Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslardan soliq agenti orqali undiriladigan aylanmadan olinadigan soliq (tuman va shahar soliq inspeksiyalari boʻyicha);
3 112 534 Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan (yoʻlovchilarni tashish hamda tovarlarni yetkazishdan tashqari) shaxslardan soliq agenti orqali undiriladigan aylanmadan olinadigan soliq (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarida hisobi yuritiladigan soliq toʻlovchilar boʻyicha);
3 112 535 Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan (yoʻlovchilarni tashish hamda tovarlarni yetkazishdan tashqari) shaxslardan soliq agenti orqali undiriladigan aylanmadan olinadigan soliq (yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha);
3 112 536 Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan (yoʻlovchilarni tashish hamda tovarlarni yetkazishdan tashqari) shaxslardan soliq agenti orqali undiriladigan aylanmadan olinadigan soliq (tuman va shahar soliq inspeksiyalari boʻyicha)”;
7) 3 131 201 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 131 202 Yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xoʻjaliklaridan tushadigan yer soligʻi”;
8) 3 131 208 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 131 210 Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar tomonidan bir gektardan oshgan yer maydoni uchun yer soligʻi”;
9) 3 131 217 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 131 218 Jismoniy shaxslar egaligidagi obyektlarga oshirilgan stavkada hisoblangan yer soligʻi;
3 131 219 Tadbirkorlik faoliyati yoki daromad olish uchun foydalaniladigan, yashash uchun moʻljallanmagan jismoniy shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha yer soligʻi;
3 131 220 Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi (oʻta yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha)”;
10) 3 136 108 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 136 109 Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (oʻta yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha)”;
11) 3 141 103 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 141 108 Soddalashtirilgan tartibda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi”;
12) 3 141 122 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 141 123 Jismoniy shaxslarga ular tomonidan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid summasining 1 foizi (cashback);
3 141 124 Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan ish va xizmatlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarida hisobi yuritiladigan soliq toʻlovchilar boʻyicha);
3 141 125 Soliq va Bojxona qoʻmitalari oʻrtasida oʻzaro hisobga olingan summaning ortiqcha qismini budjetga qaytarish;
3 141 126 Soddalashtirilgan tartibda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi (tuman va shahar soliq inspeksiyalari boʻyicha);
3 141 127 Ish va xizmatlar importi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi (tuman va shahar soliq inspeksiyalari boʻyicha)”;
13) 3 141 207 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 141 208 Avtotransport vositalari uchun benzin, dizel va gaz yoqilgʻisi isteʼmol qilganlik uchun aksiz soligʻi (oʻta yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha);
3 141 209 Avtotransport vositalari uchun benzin, dizel va gaz yoqilgʻisi isteʼmol qilganlik uchun aksiz soligʻi (tuman va shahar soliq inspeksiyalari boʻyicha)”;
14) 3 142 119 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 142 120 Qoraqalpogʻiston Respublikasida shakllanadigan alkogol mahsulotlari, shu jumladan, pivo (import qilinadigan alkogol mahsulotlari va pivodan tashqari) uchun ishlab chiqaruvchilar tomonidan toʻlanadigan aksiz soligʻi (Qoraqalpogʻiston Respublikasini rivojlantirish jamgʻarmasiga qaytariladigan mablagʻlar)”;
15) 3 142 300 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 142 302 Qattiq oʻramdagi filtrli sigaretalar”;
16) 3 142 917 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 142 918 Shirinlashtiruvchi yoki boshqa shakar oʻrnini bosuvchi moddalar hamda taʼm-hid beruvchi qoʻshimchalar qoʻshilgan, isteʼmol uchun moʻljallangan qadoqdagi gazli ichimliklar (energetik va tetiklantiruvchi ichimliklar bundan mustasno) (yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha);
3 142 919 Energetik hamda tetiklantiruvchi ichimliklar;
3 142 920 Shirinlovchi yoki boshqa shakar oʻrnini bosuvchi moddalar hamda taʼm-hid beruvchi qoʻshimchalar qoʻshilgan, gazlanmagan, isteʼmol uchun moʻljallangan qadoqdagi ichimliklar (energetik va tetiklantiruvchi ichimliklar bundan mustasno) (yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha);
3 142 921 Isteʼmol qadogʻiga qadoqlangan ichimliklar boʻyicha aksiz soligʻi;
3 142 922 Isteʼmol qadogʻiga qadoqlangan, tarkibida kartoshka yoki uning taʼmini beruvchi qoʻshimchalar boʻlgan mahsulotlar (chipslar) uchun aksiz soligʻi”;
17) 3 145 210 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 145 211 Qishloq xoʻjaligi korxonalari, jumladan, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan dehqon xoʻjaliklari, suv resurslaridan foydalanganligi uchun soliq (yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha);
3 145 212 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (oʻta yirik soliq toʻlovchilar);
3 145 299 Suv xoʻjaligi tashkilotlariga taqsimlangan (oʻtkazilgan) suv soligʻi”;
18) 3 146 113 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 146 114 Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarida hisobi yuritiladigan soliq toʻlovchilar boʻyicha);
3 146 115 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning yer qaʼridan foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosillardan foydali qazilmalarni ajratib olish uchun soliq;
3 146 116 Noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq (oʻta yirik soliq toʻlovchilar);
3 146 117 Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq (yirik soliq toʻlovchilar);
3 146 118 Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq (tuman va shahar soliq inspeksiyalari boʻyicha);
3 146 119 Noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq (tuman va shahar soliq inspeksiyalari boʻyicha)”;
19) 3 151 104 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 151 107 Tovarlarni eksport qilishda undiriladigan bojxona bojlari”;
20) 3 211 400 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 211 401 Ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush oʻrtoqlari uchun toʻlanadigan ijtimoiy soliq”;
21) 3 214 116 qatorning nomidan “(yirik soliq toʻlovchilar)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
22) 3 331 253 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 331 254 Aksiz soliqlari tushumlari hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar budjetidan olingan transfertlar”;
23) 3 411 103 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 411 118 Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining vaqtinchalik boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushgan foiz tushumlari”;
24) 3 411 215 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 411 224 Uy-joy va ipoteka dasturlari doirasida banklarga joylashtirilgan depozit resurslari boʻyicha hisoblangan foiz tushumlari;
3 411 225 Uy-joy va ipoteka dasturlari doirasida banklarga yoʻnaltirilgan kredit liniya resurslari boʻyicha hisoblangan foiz tushumlari”;
25) 3 411 301 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 411 302 Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratilgan uzoq muddatli ssudalarning foiz tushumlari;
3 411 303 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan tuman va shahar mahalliy budjetlariga ajratilgan uzoq muddatli ssudalarning foiz tushumlari”;
26) 3 412 112 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 412 113 Davlat ishtirokidagi korxonalarning sof foydasidan davlat budjetiga ajratmalar (oʻta yirik soliq toʻlovchilar uchun);
3 412 114 Davlat ishtirokidagi korxonalarning sof foydasidan davlat budjetiga ajratmalar (viloyat darajasidagi yirik soliq toʻlovchilar uchun)”;
27) 3 412 115 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 412 116 Monitoringdagi davlat ishtirokidagi korxonalaridan davlat ulushiga hisoblangan dividendlarining bir qismi;
3 412 117 Monitoringdagi strategik davlat ishtirokidagi korxonalaridan davlat ulushiga hisoblangan dividendlarining bir qismi;
3 412 118 Davlat ulushi mavjud boʻlgan korxonalarning dividendlari (mahalliy davlat hokimiyati organlari ulushidan tashqari);
3 412 119 Davlat ishtirokidagi korxonalarning sof foydasidan davlat budjetiga ajratma va dividendlar (yirik soliq toʻlovchilar)”;
28) 3 422 143 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 422 189 Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar;
3 422 195 Import qilingan dori vositalari boʻyicha undirilgan bojxona boji summasining Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasiga qaytariladigan qismi”;
29) 3 422 204 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 422 206 Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim”;
30) 3 422 504 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 422 576 Vakolatxonalar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar va konsullik yigʻimi;
3 422 818 Pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar uchun utilizatsiya yigʻimi (import uchun);
3 422 819 Pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar uchun utilizatsiya yigʻimi (ichki ishlab chiqarish uchun);
3 422 892 Yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun bir martalik toʻlov;
3 422 893 Yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun bir martalik toʻlov (yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqining oʻrtacha bozor qiymatida undiriladi)”;
31) 3 422 999 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 425 155 Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini yirik investitsiya loyihalariga ijara huquqi asosida ajratishdan tushadigan tushum;
3 425 239 Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalarini bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladigan utilizatsiya yigʻimi (Qoraqalpogʻiston Respublikasini rivojlantirish jamgʻarmasiga qaytariladigan mablagʻlar);
3 425 257 Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalarini bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladigan utilizatsiya yigʻimi (Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan mablagʻlar);
3 425 258 Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalarini bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladigan utilizatsiya yigʻimi (Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligiga oʻtkaziladigan mablagʻlar)”;
32) 3 430 184 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 430 196 Jarimalar (yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha);
3 430 197 Soliq qonunchiligini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarida hisobi yuritiladigan soliq toʻlovchilar boʻyicha)”;
33) 3 430 934 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 430 963 Uy-joy va ipoteka dasturlari doirasida hisoblangan penya va jarimalar boʻyicha tushumlar”;
34) 3 450 723 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 450 724 Ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan va noqonuniy sarflangan mablagʻlar, talon-taroj, rastratalar, kamomadlar summalarining bir qismi (viloyat budjeti);
3 450 725 Ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan va noqonuniy sarflangan mablagʻlar, talon-taroj, rastratalar, kamomadlar summalarining bir qismi (tuman va shahar budjeti);
3 450 727 Davlat xaridlarida shartnoma shartlarini bajarmagani yoki lozim darajada bajarmagani tufayli hisoblangan penya (neustoyka) va buyurtmachiga yetkazilgan zararni qoplash uchun undiriladigan mablagʻlar (respublika darajasida)”;
35) 3 450 804 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 450 890 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining ijara huquqini sotishdan tushgan mablagʻlar (jismoniy shaxslar);
3 450 891 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining ijara huquqini sotishdan tushgan mablagʻlar (yuridik shaxslar);
3 450 892 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga 49 yilga ijara huquqini sotishdan tushgan mablagʻlar;
3 450 893 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining ijara huquqini sotishdan respublika budjetiga tushgan mablagʻlar;
3 450 894 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining toʻgʻridan toʻgʻri ijaraga berishdan tushgan tushumlar”;
36) 3 450 901 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 450 902 Hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha budjet, davlat maqsadli va boshqa jamgʻarmalari daromadiga undirilgan rastratalar, talon-toroj, kamomad, penya va jarimalar hamda noqonuniy xarajatlar summalari”;
37) 3 450 935 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 450 938 Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalarining boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan Oʻzbekiston Respublikasi budjetiga tushumlar”;
38) 3 450 961 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 450 965 Respublika budjetining boshqa daromadlari (Soliq qoʻmitasi boʻyicha)”;
39) 3 450 980 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3 450 980 Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash bilan bogʻliq yetkazilgan zararlarni toʻlash”;
40) 3 510 300 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 510 301 Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushumlar (jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan);
3 510 302 Davlat aktivlarini sotishdan tushadigan tushumlar (alohida maqsadlarga yoʻnaltiriladigan);
3 510 303 Toshkent shahrida sotilgan munitsipal aktivlardan hamda ularni keyinchalik sotishdan tushadigan tushumlar”;
41) 3 510 810 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 510 811 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarni sotishdan tushumlar (jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan);
3 510 812 Alohida qarorlarga asosan yer uchastkalarini auksion savdolarida sotishdan tushgan tushumlar;
3 510 813 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan (noqishloq) yer uchastkalarini toʻgʻridan toʻgʻri ijaraga berishdan tushgan tushumlar;
3 510 814 Umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari uchun oʻziga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash boʻlgan, davlat organlari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yer uchastkalarini ijaraga berishdan tushumlar;
3 510 815 Erkin iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablagʻlar”;
42) 3 511 113 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“3 511 117 Koʻchma savdo obyektini auksion savdolari oʻtkazilishidan olingan pul mablagʻlari”;
43) 3 511 700 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 511 800 Strategik turdagi yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini sotishdan olingan pul mablagʻlari (qolgan mablagʻlar uchun);
3 511 801 Strategik turdagi yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini sotishdan olingan pul mablagʻlari — boshlangʻich narxga teng mablagʻlar uchun;
3 511 802 Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqini savdo platformasida sotishdan olingan pul mablagʻlari;
3 511 803 Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkasini sotishdan olingan pul mablagʻlari”;
44) 3 610 237 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 610 240 Uy-joy va ipoteka dasturlari doirasida banklarga joylashtirilgan depozit resurslarini qaytarilishi;
3 610 241 Uy-joy va ipoteka dasturlari doirasida banklarga yoʻnaltirilgan kredit liniya resurslarining qaytarilishi”;
45) 3 620 250 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 620 251 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan ajratiladigan uzoq muddatli ssudalar;
3 620 252 Shaharlar va tumanlardan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qaytariladigan uzoq muddatli ssudalar;
3 620 253 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar hisobidan tuman/shahar budjetlariga oʻtkaziladigan mablagʻlar;
3 620 254 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetidan tuman va shaharlar budjetiga bozorlar tushumi hisobidan oʻtkazib beriladigan daromadlar;
3 620 255 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining aholi sonidan kelib chiqib tuman va shaharlar budjetiga oʻtkazib beriladigan daromadlar”;
46) 3 620 317 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 620 320 Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki;
3 620 321 Germaniya taraqqiyot banki (KFW);
3 620 323 Italiya iqlim jamgʻarmasi”.
3. Mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 21-ilova bilan toʻldirilsin.
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga ILOVA
“Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga 21-ILOVA
Daromadlarning turlari (daromad maʼmurlari kesimida)
”.
