Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1993 yil 17 iyundagi 294-son qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (300-son)
15.06.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi idoraviy normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi uchun yigʻim toʻlanishi budjetdan qoʻshimcha mablagʻ ajratilishiga olib kelishini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi idoraviy normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qarori quyidagi tahrirdagi 3-band bilan toʻldirilsin.
“3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan vazirliklari, idoralari va davlat qoʻmitalari umumiy-majburiy tusdagi idoraviy normativ hujjatlari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganligi uchun yigʻim toʻlashdan ozod qilinadilar”.
Qarorning ilgarigi 3-bandi 4-band deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 15-iyun,
300-son
