“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (316-son)
23.06.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilova qilinayotgan roʻyxat*ga muvofiq qarorlari 1994-yil 1-iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
* Roʻyxat rus tilidagi matnda berilgan
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 23-iyun,
316-son
