Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar va agentlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan valyutaga oid qonun buzilishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida (1231-son)
04.04.2003
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURORINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 4-aprelda 1231-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 415-sonli qarorining 7-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Ilova qilinayotgan “Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar va agentlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan valyutaga oid qonun buzilishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibi haqida”gi Nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab, oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
3. Nizomning bajarilishini nazorat qilish Departament boshligʻi A. A. Xusainovga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori 1-darajali davlat adliya maslahatchisi R. QODIROV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-mart,
216-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2003-yil 30-martdagi 216-son buyrugʻi bilan “TASDIQLANGAN”
Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan valyutaga oid qonun buzilishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibi haqidagi
nizom
Ushbu Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 415-sonli qarorining 7-bandi ijrosini taʼminlash, valyutaga oid qonun buzilishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish, tahlil etish va ulardan amaliyotda foydalanish hamda yagona markazlashtirilgan kompyuter hisobini yuritish maqsadida ishlab chiqildi.
1. Mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda quyida koʻrsatilgan valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar hamda oʻz faoliyatida valyutaga oid qonunbuzarliklarga qarshi kurashuvchi vazirlik va idoralar zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — Departament) valyutaga oid qonun buzilishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish vazifasi yuklatiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki;
Moliya vazirligi;
Davlat soliq qoʻmitasi;
umumiy yurisdiksiya sudlari;
Prokuratura organlari;
Milliy xavfsizlik xizmati;
Ichki ishlar vazirligi;
Davlat bojxona qoʻmitasi;
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi.
2. Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar hamda vazirlik va idoralar tomonidan qonunda belgilangan vakolatlari doirasida eksport-import, barter, konsignatsiya kontraktlari va vositachilik operatsiyalari boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida aniqlangan valyutaga oid qonun buzilishlar, xorijdan valyuta mablagʻlarining noqonuniy qaytarilmasligi, valyuta almashtirish operatsiyalari sohasidagi suiisteʼmolchiliklar, xorijiy valyutada noqonuniy ish haqi toʻlash va hisob-kitob qilish, xorijiy valyuta mablagʻlarini noqonuniy aylanishi, chetga olib chiqilishi va olib kirilishi, xorijiy valyutalardagi mablagʻlarni sotish boʻyicha majburiyatlardan boʻyin tovlash va boshqa qonun buzilishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uch kun muddatda, qoʻshimcha tekshirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar esa oʻn kun muddatda ushbu Nizomning 1-ilovasi shaklida quyidagi tartibda taqdim etiladi:
Tuman (shahar) miqyosidagi tarmoqlar tomonidan Departamentning quyi organlari — tuman (shahar) soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻlimlariga (keyingi oʻrinlarda — boʻlim);
Viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) tarmoqlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — boshqarma);
Respublika markaziy mahkamalari tomonidan Departamentning markaziy mahkamasiga.
3. Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar hamda vazirlik va idoralar aniqlangan valyutaga oid qonun buzilishlar boʻyicha toʻplangan tekshiruv hujjatlari yuzasidan belgilangan tartibda, oʻz vakolatlari doirasida qonuniy chora koʻradilar yoki vakolatli idoralarga qonuniy chora koʻrish uchun yuborib, ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan tarzda maʼlumotlar taqdim etishni taʼminlaydilar.
4. Departamentning quyi boʻlimlariga taqdim etilgan maʼlumotlar Nizomning 1-ilovasi shaklida boshqarmalarga uch kun muddatda, oʻz navbatida boshqarmalar tomonidan uch kun muddatda Departamentning markaziy mahkamasiga yuborilib, markaziy mahkamada maʼlumotlarning markazlashtirilgan hisobi yuritiladi va maʼlumotlarning kompyuter bazasiga kiritib boriladi.
5. Bevosita Departamentning quyi tarmoqlari tomonidan aniqlangan valyutaga oid qonun buzilishlar haqidagi maʼlumotlar Nizomning 1-ilovasi shaklida uch kun muddatda, qoʻshimcha tekshirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar esa oʻn kun muddatda boshqarmalarga, oʻz navbatida boshqarmalar tomonidan Departamentning markaziy mahkamasiga yuboriladi.
6. Umumiy yurisdiksiya sudlari valyutaga oid qonun buzilishlar yuzasidan qoʻzgʻatilgan har bir jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni birinchi instansiya, apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qabul qilingan qarorlar haqidagi maʼlumotlarni mazkur Nizomning 2-bandini 2, 3, 4-xatboshilarida bayon etilgan tartibda, 2 va 3-ilovalarida koʻrsatilgan shakllarni toʻldirgan holda har oyning 5-sanasiga taqdim etadilar.
7. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar hamda vazirlik va idoralar, ularning quyi tizimlari Nizomning 4-ilovasi shaklidagi talabnoma orqali shaxsni muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilgan yoki tortilmaganligi haqidagi hamda xizmat zaruriyati tufayli yozma soʻrovnomaga asosan boshqa maʼlumotlarni Departamentning markaziy mahkamasi va quyi tarmoqlaridagi kompyuter bazasidan olib, foydalanadilar.
8. Ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar hamda vazirlik va idoralar, ularning quyi tizimlari tomonidan yuborilayotgan maʼlumotlar hisobini toʻgʻri yuritilishi, taqdim etish tartibiga rioya qilinishi boʻyicha har chorakda boʻlim, boshqarma hamda Departament bilan taqqoslov oʻtkaziladi.
9. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Markaziy banki, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishildi:
Oliy sud raisi vazifasini bajaruvchi A. IShMETOV
Toshkent sh.,
2003-yil 27-mart,
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2003-yil 27-mart,
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Toshkent sh.,
2003-yil 27-mart,
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 27-mart,
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2003-yil 27-mart,
Davlat soliq qoʻmitasi raisi J. SAYFIDDINOV
Toshkent sh.,
2003-yil 27-mart,
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2003-yil 27-mart,
Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2003-yil 27-mart,
Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita raisi Gʻ. TIShAYEV
Toshkent sh.,
2003-yil 27-mart,
Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar va agentlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan valyutaga oid qonun buzilishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibi haqidagi Nizomga 1-ILOVA
Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar va agentlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan valyutaga oid qonun buzilishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibi haqidagi Nizomga 2-ILOVA
Sud idoralari tomonidan valyutaga oid jinoyat ishlarini koʻrib chiqish natijalari haqida
MAʼLUMOT
Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar va agentlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan valyutaga oid qonun buzilishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibi haqidagi Nizomga 3-ILOVA
Sud idoralari tomonidan valyutaga oid maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish natijalari haqida
MAʼLUMOT
Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar va agentlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan valyutaga oid qonun buzilishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibi haqidagi Nizomga 4-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 279-modda)
