35-modda. Rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini rasmiylashtirish
Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-1163-son) · Sana: 07.08.2026 · Amalda
Rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi rieltorlik tashkiloti yoki koʻchmas mulk boʻyicha agent tomonidan buyurtmachi bilan yozma yoki elektron shaklda tuziladi.
Rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasida quyidagi maʼlumotlar va shartlar boʻlishi kerak:
koʻrsatilayotgan rieltorlik xizmatining turi;
rieltorlarning malaka sertifikati mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
professional jamoat birlashmalaridan biriga aʼzolik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
rieltorlik tashkilotida yoki koʻchmas mulk boʻyicha agentda oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish polisining mavjudligi haqidagi maʼlumotlar;
rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish muddatlari;
koʻrsatilgan rieltorlik xizmatlariga toʻlanadigan haqning miqdori, shartlari va muddatlari;
rieltorlik tashkiloti, koʻchmas mulk boʻyicha agent hamda buyurtmachining huquq va majburiyatlari;
taraflarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi hamda uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzganligi uchun javobgarligi;
shartnomani bekor qilish tartibi va shartlari;
shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda mablagʻlarni qaytarish tartibi.
Rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasiga qonunchilikka muvofiq, taraflar kelishuviga asosan boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
