32-modda. Rieltorlik soʻrovi boʻyicha taqdim etiladigan axborot
Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-1163-son) · Sana: 07.08.2026 · Amalda
Rieltorlik soʻrovi boʻyicha quyidagi organlar va tashkilotlar tomonidan axborot taqdim etiladi:
yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan — yuridik shaxslarning davlat reyestriga kiritilgan maʼlumotlar haqida;
koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni va bu haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan — koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga va koʻchmas mulk haqidagi ochiq foydalanilishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar bazalariga kiritilgan maʼlumotlar, koʻchmas mulk obyekti qurilishida ulush kiritish asosida ishtirok etish shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyekti boʻyicha soliqlarni toʻlash yuzasidan qarz mavjud emasligi haqida;
ichki ishlar organlari tomonidan — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyekti manzili boʻyicha fuqarolar qayd etilganligi haqida;
notarial idoralar tomonidan — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va mazkur koʻchmas mulk obyekti xatlanmaganligi, koʻchmas mulk obyekti qurilishida ulush kiritish asosida ishtirok etish shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanganligi toʻgʻrisida;
kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyekti boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash yuzasidan qarzdorlik mavjud emasligi haqida;
koʻp kvartirali uy-joylarning boshqaruv organlari (uy-joy mulkdorlari shirkatlari, boshqaruvchi tashkilotlar yoki boshqaruvchilar) tomonidan — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyekti boʻyicha umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni taʼmirlash uchun majburiy badallarni yoki toʻlovlarni toʻlash yuzasidan qarzdorlik mavjud emasligi haqida;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan — tegishincha rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektiga aloqador fuqarolarning ayrim toifalariga mansub shaxsning (voyaga yetmaganlarning va belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan boshqa shaxslarning, nogironligi boʻlgan shaxslarning, pensionerlarning va boshqalarning) muomala layoqatini aniqlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar haqida;
