25-modda. Rieltorlik xizmatlarining turlari
Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-1163-son) · Sana: 07.08.2026 · Amalda
Rieltorlik faoliyati quyidagi turlardagi rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish orqali amalga oshiriladi:
koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chogʻidagi vositachilik;
koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etish;
koʻchmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish;
koʻchmas mulk bozorida axborot, maslahat va reklama xizmatlarini koʻrsatish.
Rieltorlik tashkiloti ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan barcha xizmat turlarini amalga oshirishga haqli.
Koʻchmas mulk boʻyicha agent faqat koʻchmas mulk bozorida axborot, maslahat va reklama xizmatlarini amalga oshirishi mumkin.
