Plastmassa quvurlaridan texnologik quvuroʻtkazgichlarni loyihalash boʻyicha qoʻllanma (2.04.11-son)
30.11.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasining
meʼyorlari
I. UMUMIY KOʻRSATMALAR
1.1. Mazkur QMQ ning talablari tashqi diametri 1200 mm gacha boʻlgan past bosimli polietilendan (PBP), yuqori bosimli polietilendan (YUBP), olipropilendan (PP) va plastifikatsiyalanmagan (P) polivinixloriddan (PVX):
yongʻindan xavfliligi boʻyicha G va D toifalariga taalluqli yer usti hamda yer osti ishlab chiqarish binolari tashqarisi va ichkarisida xavfliligi 3 sinfga oid boʻlgan zararli moddalarni naqliyotlash uchun, qiyin yonuvchi (QYO) va yonmaydigan (Yo) moddalar, shuningdek 1-jadvalda koʻrsatilgan quyuqlik va haroratdagi sulfat hamda xlorat kislotalari, oʻyuvchan ishqor eritmalarini naqliyotlash uchun yotqaziluvchi plastmassa quvurli texnologik quvur oʻtkazgichlarni loyihalashda bajarilishi kerak.
yonuvchan gazlarni (YOG), yonuvchan moddalar (YOM), yonuvchan suyuqliklar (YOS), QYO va Yo larni yer ostida naqliyotlash uchun diametri 110 mm gacha boʻlgan ishlab chiqarishi yongʻindan xavfliligi boʻyicha V toifaga taalluqli binolarda, omborlardan tashqari, QYO va Yo larni naqliyotlash uchun polivinilxloridli va yonmaydigan ashyoli himoyaga ega polietilen quvurlaridan quvur oʻtkazgichlar yotqazish ruxsat etiladi.
Mazkur QMQ elektr stansiyalari va konlarning texnologik quvur oʻtkazgichlarini, shuningdek siqiq havoli naqliyot hamda shaharni gaz bilan taʼminlash uchun moʻljallangan dinamik kuchlarga yoʻliqtirilgan va sanoat korxonalari:
maxsus mohiyatli (atom, koʻchma, kema va boshqa agregatlar) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davshahtexnazorati idoralari tomonidan nazoratlanuvchi obyektlar quvur oʻtkazgichlarni loyihalashga taalluqli emas.
Eslatmalar:
1. Texnologik quvur oʻtkazgichlarga sanoat korxonalari yoki shu korxonalar guruhlari doirasida texnologik jarayon yoki jihozlar ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan turli moddalarni (xom ashyolar, yarim fabrikatlar, reagentlar, shuningdek texnologik jarayonlarda olingan yoki foydalaniluvchi oraliq va yakuniy mahsulotlar va boshqalar) naqliyotlash uchun moʻljallangan quvur oʻtkazgichlar kiradi.
2. Plastmassa quvurlardan texnologik quvur oʻtkazgichlarni loyihalashda mazkur QMQ dan tashqari, QMQ II-89-80, QMQ 2.09.02-85, QMQ 2.04.10-97 va Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitekqurqoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan yoki kelishilgan boshqa meʼyoriy hujjatlar talablariga amal qilish lozim.
Bundan keyin matnda, maxsus taʼkidlangan hollardan tashqari, “plastmassa quvurli texnologik quvur oʻtkazgichlar” jumlasi oʻrniga “quvur oʻtkazgichlar” jumlasi qoʻllaniladi.
1.2. Plastmassa quvurli quvur oʻtkazgichlarni:
1 sinf xavflilikdagi zararli moddalar, portlashdan xavfli moddalar (PHM) va suyuqlantirilgan uglevodorod gazlar (SUG), shuningdek quvurlar ashyosi kimyoviy chidamsiz moddalarni naqliyotlash uchun qoʻllash;
yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni naqliyotlash ruxsat etilmaydi;
muvofiqlashtiriluvchi hududlarda va zilzilaliligi 6 balldan ortiq boʻlgan mintaqalarda, PBP va YUBP quvurlar uchun tashqi havo hisobiy harorati manfiy 400 °S dan past (besh kunlikning eng sovuq kuni) hamda PVX va PP quvurlar uchun manfiy 100 °S hududlardagi tuproqda quvurlar ashyosi kimyoviy chidamsiz boʻlgan agressiv moddalarni tashkil etuvchi quvur oʻtkazgichlarni yotqazish;
“Yo” turdagi plastmassa quvurlarini tashqi havoning manfiy haroratida bosimli quvur oʻtkazgichlar uchun qoʻllash tavsiya etilmaydi;
portlash, yongʻin va yongʻindan portlash xavfliligi boʻyicha A, B, V, E toifalariga taalluqli ishlab chiqarish binolarida, xavfliligi 2 sinf boʻlgan zararli moddalarni, YOG, yengil alangalanuvchi suyuqliklar (YEAS), YOM va YOS, shuningdek QYO va Yo larni tranzitli naqliyotlash uchun yotqazish ruxsat etilmaydi.
1.3. 1.1 bandda koʻzda tutilmagan, 1.2 bandda koʻrsatilgan hollardan tashqari hollarda plastmassa quvurlarni qoʻllash imkonini naqliyotlanuvchi moddalarni fizik-kimyoviy xossalariga koʻra quvur oʻtkazgichlarni oʻrni va yotqazilish usuli va shu kabilarni har qaysi aniq holat uchun Davlat nazorati idoralari bilan kelishilganlikka binoan loyiha tashkiloti hal etishi kerak.
1.4. Plastmassa quvurli texnologik quvur oʻtkazgichlarning gidravlik hisob-kitoblarini QMQ 2.04.04-97 talablariga muvofiq olib borish lozim.
1.5. Quvur oʻtkazgichlarni loyihalashda:
quvur oʻtkazgichlarni yotqazish va bajarilish qurilmalarini texnik-iqtisodiy jihatdan omilkor usullarini qabul qilish;
yigʻishni sanoat usullarini qoʻllash imkonini koʻzda tutish;
quvur oʻtkazgichlarni mukammallashgan tugunlar va unsurlardan tuzish lozimdir.
1.6. Plastmassa quvurlari ashyosining (PBP, YUBP, PP va PVX) eng keng tarqalgan moddalarga kimyoviy chidamliligi 1-ilovada keltirilgan.
1.7. Plastmassa quvurli quvur oʻtkazgichlar boʻyicha naqliyotlanishi ruxsat etilgan turli moddalar eritmalarining quyuqlik darajasi ushbu eritmalarni kristallanishi va foydalanish chizigʻida quvur oʻtkazgichlarda tiqilib qolish imkonini inkor qilishi kerak.
2. TASNIFLASH VA PLASTMASSA QUVURLARI UCHUN RUXSAT ETILGAN OʻLCHAMLAR
2.1. Quvur oʻtkazgichlar ular boʻyicha naqliyotlanuvchi moddalarning fizik-kimyoviy xossalariga koʻra 2-jadvalda koʻrsatilgan guruh va toifalarga boʻlinadilar.
Loyihada quvur oʻtkazgichning har qaysi qismida naqliyotlanuvchi moddalarning doimiy ishchi oʻlchamlarining guruhi va toifasi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
2.2. Zararli moddalarning xavflilik sinfini GOST 12.1.005-88 va GOST 12.1.007-76portlashdan hamda yongʻindan xavfliligini GOST 12.1.017-80 boʻyicha aniqlash lozim.
Eslatma: Xavfliligi 4 sinf boʻlgan zararli moddalarni: yongʻindan xavfliligini B guruhiga; yonmaydiganlarini V guruhiga kiritish lozim.
2.3. Quvur oʻtkazgichlar guruhi va toifasini uni yanada masʼuliyatliroq guruh yoki toifaga tegishli boʻlgan oʻlchamlar boʻyicha belgilash lozim.
2.4. Uzatishdagi uzilishlar korxonadagi asosiy texnologik jarayonni nosozlik holatiga yoki toʻxtashiga olib kelishi mumkin boʻlgan moddalar naqliyotlanishi uchun moʻljallangan V guruh quvur oʻtkazgichi uchun toifasini oshirish ruxsat etiladi.
2.5. Quvurlar ashyosi va naqliyotlanadigan moddalar haroratiga koʻra plastmassa quvur oʻtkazgichlarini qoʻllash 3-jadval maʼlumotlari bilan aniqlanadi.
Eslatmalar: 1. II, III va IV toifali quvur oʻtkazgichlar uchun naqliyotlanayotgan moddalarning ruxsat etilgan eng yuqori harorati YUBP va PBP quvurlari uchun 40 °S hamda PP quvurlari uchun 60 °S ni tashkil etadi.
2. PVX uchi kengaygan quvurlari uchun naqliyotlanayotgan moddalarning ruxsat etilgan harorati zichlagich halqalar tayyorlash uchun qabul qilinuvchi rezina belgisining ishlash qobiliyati bilan aniqlanadi, biroq mazkur jadvalda keltirilgan qiymatlardan oshmasligi kerak.
2.6. Quvur oʻtkazgichdagi ishchi bosimni naqliyotlanuvchi moddalarning fizik-kimyoviy xossalari va harorati, quvur oʻtkazgichni talab etilgan xizmat muddati, ashyosi, quvurlar birikishini turi va usuliga koʻra qabul qilish lozim;
quvurlar ashyosi kimyoviy chidamli va birikishlar quvurlar ashyosiga teng mustahkam boʻlgan quvurlardan suv, Yo hamda QYO moddalarni naqliyotlash uchun moʻljallangan quvur oʻtkazgichlar uchun — 4-jadval boʻyicha;
quvurlar ashyosi kimyoviy chidamli boʻlgan xavfliligi 2, 3 va 4 sinfli zararli moddalarni, quvurlar ashyosi kimyoviy nisbatan chidamli boʻlgan,hamda quvurlar ashyosini teng mustahkam choklaridan foydalanilganda Yo va QYO moddalarni naqliyotlash uchun moʻljallangan quvur oʻtkazgichlar uchun — 4-jadval boʻyicha ish sharoiti koeffitsiyentini Ku inobatga olgan holda 5-jadval boʻyicha qabul qilinuvchi quvur oʻtkazgichlardir.
Choklar va biriktiruvchi qismlar quvurlarning asosiy ashyosiga teng mustahkamlikda boʻlmagan quvur oʻtkazgichlar uchun 4-jadval boʻyicha yoki 4- va 5-jadvallar boʻyicha aniqlangan ishchi bosim 6-jadval boʻyicha qabul qilinuvchi chokning mustahkamlik koeffitsiyentiga Ks koʻpaytirish yoʻli bilan kamaytirilgan boʻlishi kerak.
* quvurlar turlarini shartli belgilarini GOST 18599-83 da keltirilgan.
Eslatma: 200 °S dan past haroratda naqliyotlanuvchi moddalar uchun ishchi bosimni 20 °S haroratdagi singari qabul qilish lozim.
6-jadvalBirlashtirish usullariQuvurlarni turli ashyolari uchun choklar mustahkamlik koeffitsiyenti KsPBP, YUBPPPPVXUchma-uch tutashtirib payvandlash quvurlarni birlashtirish va qismlarni birlashtirish uchun toʻgʻri chiziqli va segmentli chetlashtirgichlar teng oʻtkazuvchi uchliklarni tayyorlash uchun qiyshiq va turlicha oʻtkazuvchi toʻgʻri chiziqli uchliklarni tayyorlash uchun0,9-1,00,6-0,70,3-0,40,9-1,00,6-0,70,3-0,4---quvurlarni va birlashtirgich qismlarni birlashtirish uchun uchi kengaygan tutashuv payvandlash0,95 — 1,00,95 — 1,0-quvurlar va birlashtirgich qismlarni birlashtirish uchun kengaygan quvur yelimlashEkstruziyali payvandlash (chetini V-simon ishlashda):--0,9-1,0quvurlarni birlashtirish uchun uchlik va segment chetlatgichlar tayyorlash uchun0,60,3-0,40,550,3-0,4-Gaz payvandlash (chetini V-simon ishlashda):0,350,350,4quvurlarni birlashtirish uchun uchlik va segment chetlatgichlar tayyorlash uchun0,15 — 0,20,15 — 0,20,2 — 0,25gardish ostidagi vtulkadagi quvurlarga payvandlanuvchi (yelimlangan)0,9-1,00,9-1,00,9-1,0uchi qalinlashtirib bukilgan quvurlarda0,8-0,90,8-0,9-chekkasi bukilgan quvurlarda oʻrnatiluvchi erkin gardishlarda0,5 — 0,70,5 — 0,70,5 — 0,7
3. TRASSALAR VA QUVUR OʻTKAZGICHLAR YOTQAZISH USULLARI
Umumiy holatlar
3.1. Trassani tanlashda quvur oʻtkazgichlarni burilishlari hisobiga muvozanatlash imkonini koʻzda tutish zarur. quvur oʻtkazgichlar burilishlarini 30, 45, 60 va 900 burchak ostida bajarilish lozim.
3.2. Quvur oʻtkazgichlarni yotqazilish usullarini tanlashni naqliyotlanuvchi moddalar va quvurlar ashyosining fizik-kimyoviy xossalarini inobatga olgan holda texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga, foydalanish sharoitlari, qurilish hududining iqlimiy xususiyatlari, quvur oʻtkazgichlarning yuk koʻtarish qobiliyati, tayanch va mahkamlagichlarning metall hajmiga asosan olib borish lozim.
3.3. Plastmassa quvurli quvur oʻtkazgichlarni yerda va yer ustida yotqazish lozim. Yer ostida yotqazish faqat texnologik yoki ishlatilish sharoitlari yer ustida yotqazilishi boʻyicha qoʻllash V guruh quvur oʻtkazgichlar uchun shuningdek B guruh tashqi quvur oʻtkazgichlarni sunʼiy ariqsiz yotqazilishi maqsadga muvofiq boʻlmaganda ruxsat etiladi.
3.4. Alohida quriladigan tayanchlar, estakadalar, sunʼiy ariqlar, yoʻlaklar va boshqa robita inshootlarini loyihalashni QMQ 2.09.03-85 boblarining talablariga muvofiq amalga oshirish lozim.
3.5. Yonma-yon quvur oʻtkazgichlar oʻqlari orasidagi va quvur oʻtkazgichlardan qurilish qurilmalarigacha boʻlgan eng kichik masofani QMQ 2.04.10-97 talablariga muvofiq qabul qilish lozim.
3.6. Isitkich qutilarida yoki yoʻlkalarida yotqaziluvchi quvur oʻtkazgichlar uchun koʻzda tutilgan issiqlik tashuvchi isituvchi yoʻldoshlar harorati 60 °S dan oshmasligi kerak.
3.7. Plastmassa quvurlarni birlashtirish uchun ajraluvchi va xuddi shunday ajralmas birikishlar qoʻllaniladi. quvurlar birikish turlarini 4.2 va 4.3. bandlar talablarini inobatga olgan holda quvurlarning shakldor qismlari hamda birlashtiriluvchi quvurlar ashyosi, naqliyotlanuvchi moddaning fizik-kimyoviy xossalari, quvur oʻtkazgichlarni yotqazilish usullari va ishlatilish sharoitlariga koʻra belgilash lozim. Bunda quvur oʻtkazgichlarni yer ostida yotqazishda quvurlar birikishlarini, asosan, ajralmas qilib koʻzda tutish lozim.
Gardishli (ajraladigan) birikishlarni quvur oʻtkazgichlarda oʻzaklar yoki uni jihozlarga biriktirish, shuningdek foydalanish sharoitlari boʻyicha davriy yechilib turadigan joylarida koʻzda tutish lozim.
3.8. Gardishli birikishlar va toʻsqich oʻzaklar quvur oʻtkazgichlarning xizmat koʻrsatish hamda taʼmirlash uchun oʻtish mumkin boʻlgan joylarida oʻrnatilishi kerak. Kislota va ishqorlar hamda agressiv suyuqliklar naqliyotlovchi quvur oʻtkazgichlar uchun gardishli birikishlar himoya qobigʻiga ega boʻlishlari kerak.
3.9. Plastmassa quvurli quvur oʻtkazgichlarni quvurlar yuzasi 60 °S dan yuqori boʻlmagan haroratga ega boʻlgan boshqa quvur oʻtkazgichlar (poʻlat, shisha va shu kabilar) bilan birgalikda estakadalar va tayanchlarda yotqazish ruxsat etiladi. Plastmassa quvur oʻtkazgichlarni quvurlar yuzasi 60 °S dan yuqori haroratga ega boʻlgan boshqa quvur oʻtkazgichlar bilan yotqazish zarurati boʻlganda, plastmassa quvur oʻtkazgichlar uchun issiqdan himoya toʻsiqlari, yonmaydigan ashyoli issiqlikdan himoyalagichlar oʻrnatish yoki quvur oʻtkazgichlar orasidagi masofani oshirishni nazarda tutish lozim. Bunda plastmassa quvurli quvur oʻtkazgichlarni, asosan, poʻlat quvurlardan pastda joylashtirish lozim.
3.10. Plastmassa quvurli quvur oʻtkazgichlarni yengil alangalanuvchi suyuqliklar, yonuvchan suyuqliklar va yonuvchan gazlarni naqliyotlovchi quvur oʻtkazgichlarga mahkamlash ruxsat etilmaydi.
3.11. Quvur oʻtkazgichlarni quyidagicha yotqazish lozim:
binolarda (sexlarda) — oraliq yopma va tom yopmalarga mahkamlanuvchi ilgaklarga;
ustunlarga oʻrnatiluvchi tayanchlarda, sanoat jihozlarining tagkursilarida, javonlarida va bino devorlariga mahkamlanuvchi tayanchlarda;
bino tashqarisidagi (sexlar orasida va sex ichkarisida) tayanchlarda, estakadalarda oʻrnatiluvchi, baland hamda past tayanchlarda, yoʻlaklar va sunʼiy ariqlardagi sunʼiy ariq devorlariga mahkamlanuvchi tayanchlarda.
Tayanchlar va ilgaklar orasidagi masofani 5.24 band talablariga binoan hisob-kitoblar bilan aniqlanishi kerak.
Ilgaklar va tayanchlar qurilmalari quvur oʻtkazgichlarni qirish va boshqa shikastlar yetkazishdan mustasno boʻlishlari kerak.
Alohida turuvchi tayanchlar va ilgaklar orasidagi masofani oldindan tanlashda 2-ilova maʼlumotlariga amal qilish lozim.
3.12. Bino devorlari boʻylab yotqaziluvchi sex ichkarisidagi quvur oʻtkazgichlarni deraza oʻyimlaridan 0,5 m yuqori yoki past joylashtirish lozim.
3.13. Sex ichidagi plastmassa quvurli quvur oʻtkazgichlarni maʼmuriy, maishiy va xoʻjalik xonalari, taqsimlagich qurilmalar, elektr qurilmalari xonalari, nazorat hamda avtomatika tizimlarining taxtalari, shamollatgich boʻlmalar, issiqlik boʻlimlari, zina katagi, yoʻlaklar va shu kabilar orqali yotqazish ruxsat etilmaydi.
3.14. Plastmassa quvurli quvur oʻtkazgichlarni elektr sim arqonlari bilan birgalikda yotqazish ruxsat etilmaydi.
3.15. Estakadalarda yotqaziluvchi va davriy xizmat koʻrsatilishi (navbatchilikda bir martadan kam emas) talab etiluvchi quvur oʻtkazgichlar uchun eni kamida 0,6 m oʻtish koʻprikchasi, kamida 1,0 m balandlikdagi toʻsiqli zinalar, har 200 m oraligʻida oʻrnatilishi koʻzda tutilishi kerak.
3.16. Estakadalarda plastmassa quvurli quvur oʻtkazgichlarni poʻlat quvurli quvur oʻtkazgichlar bilan birgalikda yotqazilganda plastmassa quvurlarni, asosan, oʻtish koʻpriklari yaqinida (ular mavjud boʻlganda) yoki ularga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun oʻtish mumkin boʻlgan yerlarda joylashtirish lozim.
3.17. Estakadalar yoki tayanchlarda yotqaziluvchi quvur oʻtkazgichlarni isitish zarurati boʻlganda, ushbu maqsad uchun isitiluvchi qutisimon quvur yoki yer osti yoʻlaklarini inobatga olish ruxsat etiladi.
Qutisimon quvurlarning issiqlikdan himoya qoplami qalinligining hisob-kitoblarini 6.7. band talablariga binoan bajarish lozim.
3.18. Quvur oʻtkazgichlarni kuzatish va taʼmirlashni olib borish imkonini taʼminlash uchun qutisimon quvurlarning yuqori qismini ochiladigan, yer osti yoʻlaklarida esa — kamida 1,0 m kenglikda oʻtishlarni koʻzda tutish zarur.
Yer osti yoʻlaklarida plastmassa quvurli quvur oʻtkazgichlarni poʻlat quvurli quvur oʻtkazgichlar bilan birgalikda yotqazilganda, plastmassa quvurlarni, asosan, oʻtishga yaqin hamda poʻlat quvurlardan pastda joylashtirish lozim.
Plastmassa quvurlari yotqazilishi koʻzda tutilgan qutisimon quvurlari va yer osti yoʻlaklarini yonmaydigan ashyolardan bajarish lozim.
3.19. Shikastlanishi mumkin boʻlgan yerlarda (oʻtish yoʻllari ustida, piyodalar koʻpriklari ostida va shu kabilar) yotqaziluvchi quvur oʻtkazgichlar metall gʻiloflar yoki qobiqlarda yotqazilishi kerak. gʻiloflar yoki qobiqlar uchlari ular bilan kesishuvchi inshootlardan kamida 0,5 m chiqib turishi kerak. gʻilofning ichki diametri quvur oʻtkazgichning tashqi diametridan 100 — 200 mm katta boʻlishi kerak (himoyani hisobga olganda).
3.20. Quvur oʻtkazgichlarni yotqazilish chuqurligi mazkur QMQ ning 5 boʻlim talablariga binoan hisob-kitoblar boʻyicha belgilanishi kerak.
Quvur oʻtkazgichlarni yotqazilish chuqurligi aniqlanayotganda QMQ 2.04.04-97 da keltirilgan maʼlumotlardan foydalanish ruxsat etiladi.
3.21. Quyuqlanuvchi, namlangan va quyultiriluvchi moddalarni naqliyotlash uchun moʻljallangan quvur oʻtkazgichlar quyultirma yigʻgich yoki sex apparaturalari tomoniga qiyalashtirib, tuproqni muzlash chuqurligidan 0,2 m pastda joylashtirilishi kerak.
3.22. Quvur oʻtkazgichlarni qoyatoshli tuproqlarda, shuningdek tarkibida chaqiq toshlar, toshlar, gʻishtlar va shu kabilar boʻlgan tuproqlarda yotqazishda quvur oʻtkazgichlar ostida asosning notekisligidan turtib turganlardan kamida 10 sm qalinlikda tarkibida yirik qoʻshimchalar boʻlmagan qum yoki yumshoq tuproqdan toʻshama koʻzda tutish lozim: quvur oʻtkazgichlarni koʻmish ham qum yoki yumshoq tuproq bilan quvur oʻtkazgichning yuqorisidan kamida 20 sm balandlikda koʻzda tutish lozim.
3.23. Joy relyefi kesishganda va sizot suvlarining sathi baland yerlarda quvur oʻtkazgichlarni tuproq toʻkmalarda yarim chuqurlashtirib yotqazish ruxsat etiladi. Bunda handaq chuqurligi yotqaziluvchi quvur oʻtkazgichning 0,7 diametridan kam boʻlmasligi kerak.
3.24. Quvur oʻtkazgichlarni sunʼiy ariqlarsiz yotqazishda ularni haroratdan shakl oʻzgarishini muvozanatlash boʻyicha maxsus choralarni koʻzda tutish talab etilmaydi.
3.25. Sunʼiy ariqlarda yotqaziluvchi quvur oʻtkazgichlar uchun oʻzaklarni quduqlarda (boʻlmalarda) joylashtirish lozim. Quvur oʻtkazgichlarning oʻzaklari va uchlaridagi qismlarini uni ishlatilish jarayonida paydo boʻluvchi kuchlar hamda taʼsirlarni quvur oʻtkazgichlarga uzatish imkonini mustasno etuvchi mustaqil tayanchlarni inobatga olish zarur.
Quvur oʻtkazgich yoʻllarining muvozanatlagich va burilishlari oʻrnatilgan joylardagi sunʼiy ariqlarda muvozanatlagich quduqlar yoki tokchalar, qaysiki imkoni boricha sunʼiy ariqlarni nazorat qurilmalari va zovurlar sifatida foydalanishni koʻzda tutish zarur.
3.26. Quvur oʻtkazgichlarni yarim oʻtishli sunʼiy ariqlarda yotqazish faqat zavod ichkarisida mukammal qoplamli temir yoʻl va avtomobil yoʻllari va boshqa oʻxshash inshootlar kesishishida 100 m dan ortiq boʻlmagan uzunlikdagi quvur oʻtkazgichning ayrim qismlarida ruxsat etiladi.
4. QUVUR OʻTKAZGICHLARGA QURILMAVIY TALABLAR
4.1. Loyihada qabul qilingan quvur oʻtkazgichlarning ashyolari va qurilmalari quyidagilarni taʼminlashi kerak:
meʼyoriy muddat chegarasida quvur oʻtkazgichlardan xavfsiz va ishonchli foydalanishni;
texnologik jarayonlarni loyihaviy koʻrsatkichlarga muvofiq olib borish;
yigʻish va taʼmir ishlarini mexanizatsiya vositalarini qoʻllab sanoatlashtirilgan usullar bilan ishlab chiqish;
quvur oʻtkazgichlarni nazorati va sinovlari boʻyicha barcha zaruriy ishlar turlarini bajarish imkonini;
quvur oʻtkazgichlarni statik elektrdan muhofazalash.
4.2. Quvur oʻtkazgichlarning yechilmaydigan birikishlari quyidagicha bajarilishlari kerak:
tashqi diametri 50 mm dan va devorlarining qalinligi 4 mmdan ortiq boʻlgan polietilen hamda polipropilen quvurlari uchun — uchma-uch tutashtirib payvandlash, uchi kengaygan quvur birlashtirgich qismlari mavjud boʻlgan esa — uchi kengaygan quvur tutashuv payvandlash yoki uchi kengaygan chok payvandlash;
III toifadan yuqori boʻlmagan quvur oʻtkazgichlar uchun xivichli gaz payvandlash ruxsat etiladi;
polivinilxloridli quvurlar uchun — uchi kengaygan quvur yelimlash.
Asoslangan hollarda polivinilxloridli quvurlarni xivichli gaz payvandlab bajarish ruxsat etiladi.
4.3. Quvur oʻtkazgichlarni yechiluvchi birikishlarini polietilen, polipropilen va polivinilxlorid quvurlari uchun oʻrnatiluvchi metall yoki plastmassa gardishlarni — qalinlashtirib bukilgan quvur uchlariga payvandlanuvchi (PVX uchun yelimlanuvchi) gardish osti vtulkalarini koʻzda tutish lozim.
Zavodda tayyorlangan uchi kengaygan polivinilxloridli quvurlar uchun zichlagich halqalarda biriktirish ruxsat etiladi.
4.4. Yaxlit boʻlmagan asosda yotqaziluvchi quvur oʻtkazgichlarning tayanchlari va ilgaklarini iloji boricha gardish birikishlariga yaqin, oraliqning 0,1 — 0,15 uzunligidan uzoq boʻlmagan masofada joylashtirish lozim.
Quvur oʻtkazgichlarning payvand choklari tayanch va ilgaklardan kamida 50 mm masofa joylashishi kerak.
Quvur oʻtkazgichlarni yaxlit asosda yotqazilishida gardishli birikishlar yaxlit asosning boʻlingan yerlarida (derazalarida) koʻzda tutish kerak.
4.5. Binoning poydevorlari, oraliq yopmalari, pardevorlari bilan quvur oʻtkazgichlarni kesishgan joylari kesishuvchi qurilmalardan 20 — 50 mm chiqib turishi kerak boʻlgan, asosan, poʻlat quvurlardan tayyorlangan gʻiloflarda yotqazilishi kerak.
Devor va pardevorlar bilan kesishuvchi gʻiloflar uzunligini kesishuvchi devor yoki pardevor qalinligiga teng qabul qilish ruxsat etiladi.
Quvur oʻtkazgichlar va gʻiloflar orasidagi tirqish kamida 10 — 20 mm hamda quvur oʻtkazgichni boʻylama oʻqi boʻylab siljishiga yoʻl qoʻyuvchi yonmaydigan ashyo bilan puxta zichlangan boʻlishi kerak.
4.6. Quvur oʻtkazgichlar uchun yaxlit asos yonmaydigan ashyolardan bajarilishi kerak.
4.7. Plastmassa quvur oʻtkazgichlarni alohida turuvchi qoʻzgʻaluvchan tayanchlar, ilgaklar, shuningdek plastmassa quvurlarni mahkamlagich metall quvurlar qismlaridan shikastlanishlarini oldini olish uchun quvur oʻtkazgichlarni issiqlikdan himoyalanganlari bilan yotqazilgan hollarda loyihada egiluvchan ashyolardan — plastmassa, rezina va shu kabilardan qistirmalar oʻrnatishni koʻzda tutish kerak. Bunda qistirmalar shunday oʻrnatilishi kerakki, quvurlar bilan halqalar yoki tayanchlar orasidagi bogʻliqlik buzilmasligi lozim.
4.8. Quvur oʻtkazgichlar uchun qoʻzgʻalmas tayanchlar qurilish qurilmalariga mahkamlangan quvur ashyosidan tayyorlangan halqa yoki qistirmalarni quvur tanasiga ikki yoqlama payvandlangan (yelimlangan) qisqichlar koʻrinishida bajarish kerak.
4.9. Quvur oʻtkazgichlar bilan temir yoʻl va avtomobil yoʻllarini, piyodalar oʻtishlari, shuningdek eshik oʻyimlari tepasidan, oyna va ayvon ostida kesishgan joylarida oʻzaklar, muvozanatlagichlar, sizot qurilmalari va yechiluvchi birikishlarni joylashtirish ruxsat etilmaydi.
4.10. Foydalanish jarayonida doimiy ajratish yoki almashtirish talab etiladigan quvur oʻtkazgichlar qismlarida gardishli birikishlarni eʼtiborga olish kerak.
4.11. Quvur oʻtkazgich oʻzagini xizmat koʻrsatish uchun oʻtish mumkin boʻlgan va iloji boricha guruhlari bilan joylashtirish lozim.
Qoʻlda harakatga keltiriluvchi oʻzakning posangi gʻildiragini xizmat koʻrsatish maydonchasi yoki pol sathidan 1,8 m dan ortiq boʻlmagan balandlikda joylashtirilishi kerak.
4.12. Plastmassa quvurlar uchun poʻlat oʻzaklarni qoʻllashda, bu oʻzak qurilish qurilmalariga yoki yaxlit asosga mahkamlanuvchi mustaqil tayanchlarga oʻrnatilishi kerak.
4.13. Quvur oʻtkazgichga oʻtish orasidagi masofa quyidagilardan kam boʻlmasligi kerak:
220 mm — asosiy quvurning tashqi diametri 110 mm gacha boʻlganda;
300 “- bu ham, 110 dan 225 mmgacha;
400 “ — “ 225 mm dan yuqori.
4.14. Foydalanish jarayonida quvur oʻtkazgichlarga havo yuborish yoki boʻshatish zarurati boʻlganda, maxsus zovur va havo qurilmalarini inobatga olish kerak.
4.15. Quvur oʻtkazgichlarni doimiy elektrdan muhofaza vositalarini loyihalashni quyidagi hollarda koʻzda tutish lozim:
doimiy elektrni texnologik jarayonga va naqliyotlanuvchi moddalar sifatiga salbiy taʼsir etsa;
xizmat koʻrsatuvchi xodimga doimiy elektrning xavfli taʼsiri boʻlsa;
quvur oʻtkazgich butunligiga putur yetkazuvchi elektrsizlanish.
4.16. Doimiy elektr taʼsirini mustasno qilish uchun elektr oʻtkazuvchi quvur oʻtkazgichlarni koʻzda tutish lozim.
4.17. Elektr oʻtkazuvchi quvur oʻtkazgichlarni sexlar, qurilmalar va shu kabilar chegarasida kamida ikki nuqtasida yerga ulash tarziga birlashtirish lozim. Bunda yerga ulagich qurilmaning qarshiligi 100 Om dan ortiq boʻlmasligi kerak.
4.18. Doimiy boʻlmagan va dielektr quvur oʻtkazgichlarida yerga ulanmagan metall yoki elektr oʻtkazuvchi nometall qismlar va unsurlarni koʻzda tutish ruxsat etilmaydi. Bunda ushbu quvur oʻtkazgichlar tayanchlari elektr oʻtkazuvchi ashyolardan tayyorlangan va yerga ulangan yoki quvur oʻtkazgichlar tayanadigan yerlarda elektr oʻtkazuvchi ashyolardan boʻlgan yerga ulangan qistirmalar boʻlishi kerak.
Quvurlardagi himoya qobiqlari issiqlikdan himoya sifatida elektr oʻtkazgich ashyolaridan boʻlishi, 4.17 band talablariga binoan yerga ulangan boʻlishi kerak.
4.19. 103 Om.m dan ortiq solishtirma hajmiy elektr qarshiligi bilan moddalarni naqliyotlovchi quvur oʻtkazgichlar tashqi yuzalaridan doimiy elektr zaryadlarini chetlatish uchun quvur oʻtkazgichlarni metall bilan qoplash yoki elektr oʻtkazuvchi sirli boʻyoq yo boʻlmasa lok bilan boʻyash lozim.
Elektr oʻtkazuvchi qoplamlar oʻrniga koʻrsatilgan quvur oʻtkazgichlarni oʻramlar oraligʻi 100 — 150 mm boʻlgan kamida 4 mm2 kesimli metall simlar bilan oʻrash ruxsat etiladi. quvur oʻtkazgichlar tashqi yuzalarini elektr oʻtkazgich qoplami (yoki oʻrami) 4.17 band talablariga binoan yerga ulangan boʻlishi kerak.
4.20. Sunʼiy ariqsiz yotqaziluvchi quvur oʻtkazgichlar uchun va elektr oʻtkazuvchan ashyoli yaxlit asosda yotqaziluvchi tashqi diametri 180 mm gacha boʻlgan quvur oʻtkazgichlar uchun tashqi yuzasida elektr oʻtkazgich qoplamini bajarish talab etilmaydi. Bunday hollarda yaxlit asos mazkur QMQ ning 4.17 bandi talablariga binoan yerga ulangan, gardishlar oʻrnatilgan yerlardagi yaxlit asos boʻlingan joylarda esa 200 mm dan oshmasligi kerak.
5. QUVUR OʻTKAZGICHLARNING HISOB-KITOBLAR
Umumiy holatlar
5.1. Quvur oʻtkazgichlarning hisob-kitoblarini chegaraviy holatlari boʻyicha olib boriladi:
yuk koʻtarish qobiliyati boʻyicha (mustahkamligi va chidamliligi);
shakl oʻzgarishi boʻyicha (quvur oʻtkazgichlarni qoʻllash imkonini chegaralashi mumkin boʻlgan quvur oʻtkazgichlar uchun shakl oʻzgarishi qiymati).
5.2. Quvur oʻtkazgichlarni mustahkamlik va chidamlilikka hisob-kitoblarini hisobiy kuchlar taʼsiriga hisoblash lozim. Hisobiy kuchlar, taʼsirlar va ular uygʻunligini aniqlash usullarini QMQ 2.01.07-96 koʻrsatmalariga binoan qabul qilish joiz.
ASHYOLARNING HISOBIY TAVSIFLARI
5.3. Quvurlar ashyosini hisobiy qarshiligini R, MPa (kgs/sm2) quyidagi ifoda boʻyicha aniqlash lozim:
Rq Rn Ksh Kch (1)
qayerda Rn — ichki bosimga, MPa (kgs/sm2), ish sharoitidan quvurlar ashyosini buzuvchi meʼyoriy uzaytirilgan qarshilik, 7-jadval boʻyicha aniqlanadi;
Ksh — quvur oʻtkazgich ish sharoitining koeffitsiyenti, 5-jadval boʻyicha qabul qilinadi;
Kch — quvurlar choklarining mustahkamlik koeffitsiyenti, 6-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
5.4. Quvurlar ashyosi oquvchanlik moduli E, MPa (kgs/sm2), quvur oʻtkazgichga kuchni va haroratni uzoq taʼsirida uni oʻzgarishini inobatga olib, quyidagi ifoda
Yeq Ke Eo (2)
qayerda Eo — choʻzilishda quvurlar ashyosini oquvchanlik moduli, loyihalanayotgan quvur oʻtkazgichni xizmat qilish muddati va quvur devoriga taʼsir etuvchi kuchlanish qiymatiga koʻra 8-jadval boʻyicha qabul qilinadi, MPa (kgs/sm2);
Ke — quvur ashyosining shakl oʻzgarish xususiyatlariga taʼsir etuvchi harorat kattaligi hisobga oluvchi koeffitsiyent, 9-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
5.5. 40 °S gacha haroratdagi moddalarni naqliyotlovchi quvur oʻtkazgichlarga hisobiy kuchlar taʼsiridan shakl oʻzgarishini aniqlashda, Puasson koeffitsiyentining qiymati quyidagilarga teng qabul qilinishi kerak:
0,42 — 0,44 past bosimli polietilen quvurlari uchun;
0,44 — 0,46 yuqori bosimli polietilen quvurlari uchun;
0,40 — 0,42 polivinilxloridli quvurlar uchun.
40 °S dan yuqori haroratli moddalarni naqliyotlovchi quvur oʻtkazgichlar uchun Puasson koeffitsiyentining qiymatini 0,5 ga teng qabul qilish ruxsat etiladi.
KUCHLAR VA TAʼSIRLAR
5.6. Quvur oʻtkazgichlarni hisob-kitoblarida QMQ 2.01.07-96 talablariga binoan ularni tiklashda, sinashda va foydalanishda paydo boʻluvchi kuchlar hamda taʼsirlarni inobatga olish lozim, bunda ortiqlik koeffitsiyentini 10-jadval boʻyicha qabul qilish lozim.
Eslatmalar: 1. “Q” belgisi — kuchlar va taʼsirlar hisobga olinadi, “-” — belgisi — hisobga olinmaydi.
2. Qavslarda koʻrsatilgan ortiqcha yuk koeffitsiyentining qiymatlari quvur oʻtkazgich ishini yomonlashtiruvchi kuchning kamayishi hollarida qabul qilinishi kerak.
5.7. 1 m quvur oʻtkazgich ogʻirligidan meʼyoriy kuchni gìq , (kgs/m), quyidagi ifoda boʻyicha hisoblash lozim
gìqq gqp (D-d) d , (3)
Bu yerda gq — quvur oʻtkazgich ashyosining zichliligi, n/m2 (kgs/m2);
D — quvurning tashqi diametri, m;
d — quvur devorining qalinligi, m.
Quvur oʻtkazgichlar uchun tashqi himoyalash qurilmalari talab etilgan hollarda, meʼyoriy kuchga himoya qatlamining ogʻirligidan kuchni qoʻshib hisoblash lozim.
5.8. Quvur oʻtkazgichga tuproq bosimidan meʼyoriy tik kuchni q qòóïm, n/m2 (kgs/m2) quyidagi ifoda boʻyicha aniqlash kerak.
qtupm q gt h (4)
qayerda gt — tuproq zichligi, N/m2 (kgs/m2)
h — quvur oʻtkazgichga dinamik kuch taʼsiri imkonini mustasno qilish sharoitidan kelib chiqqan holda belgilanuvchi quvur oʻtkazgich yuqorisidan yer yuzasigacha boʻlgan masofa, m.
5.9. Quvur oʻtkazgichni qalqishiga sabab boʻluvchi sizot suvlarining gidrostatik bosimidan meʼyoriy kuchni, qs.sm , N/m3 (kgs/m3) quyidagi ifoda boʻyicha aniqlash lozim
qayerda gs — suvda erigan tuzlarni hisobga olgan holdagi suv zichligi, N/m3 (kgs/m3)
Dm — himoya qoplamini hisobga olgan ravishda quvur oʻtkazgichlarning tashqi diametri, m.
5.10. Naqliyotlanuvchi moddaning ishchi (meʼyoriy) ichki bosimi loyihada belgilanadi.
5.11. 1 m quvur oʻtkazgichga naqliyotlanuvchi modda ogʻirligidan meʼyoriy kuchni qnmm, N/m3 (kgs/m3) quyidagi ifoda boʻyicha aniqlash lozim
bu yerda gnm — naqliyotlanuvchi modda zichligi, N/m3 (kgs/m3);
d — quvurning ichki diametri, m.
5.15. Quvur oʻtkazgich devorining qalinligini (nomigagina) quyidagi ifoda boʻyicha aniqlash lozim
bu yerda:
D — quvurning tashqi diametri, sm;
R — quvur oʻtkazgichning ishchi (meʼyoriy) bosim, MPa (kgs/sm2);
nq — 10-jadval boʻyicha qabul qilinuvchi quvur oʻtkazgichlardagi ishchi bosimning ortiqlik koeffitsiyenti;
R — 5.3 bandga muvofiq aniqlanuvchi quvurlar ashyosining hisobiy qarshiligi, MPa (kgs/sm2)
YER USTI QUVUR OʻTKAZGICHLARINI MUSTAHKAMLIKKA VA CHIDAMLILIKKA TEKSHIRISH
5.16. Yer usti (ochiq) quvur oʻtkazgichlarini mustahkamlikka, qattiqlikka va boʻylama yoʻnalishdagi umumiy chidamlilikka tekshirish lozim.
5.17. Yer usti quvur oʻtkazgichlarini mustahkamlikka tekshirish quyidagi shart boʻyicha olib borilishi kerak
dt.h £ R, (8)
bu yerda:
dth — toʻliq hisobiy keltirilgan (muqobil) kuchlanish, MPa (kgs/sm2), 5.18 band koʻrsatmalariga binoan aniqlanadi;
R — quvur ashyosining hisobiy qarshiligi, MPa (kgs/sm2), 5.3 bandga muvofiq aniqlanadi.
5.18. Toʻliq hisobiy keltirilgan (muqobil) kuchlanish dt.h uchun quvur oʻtkazgichni kuzatilayotgan qismining eng xavfli uygʻunligidagi barcha kuchlar va taʼsirlarni inobatga olgan holda hisoblanuvchi quvur devorlaridagi taʼsir etuvchi eng katta meʼyoriy kuchlanishni qabul qilish lozim.
5.19. Hisobiy kuchlar taʼsiridan quvur oʻtkazgichda paydo boʻladigan kuchlar (kuchlanish) qurilish mexanikasining umumiy qoidalariga binoan aniqlanishi kerak. Bunda quvur oʻtkazgichni egiluvchan oʻzak (toʻgʻri chiziqli yoki egri chiziqli) sifatida qarash, qaysiki kuch quyilganda koʻndalang kesim yassi holda qoladi va oʻzining dumaloq shaklini saqlaydi, oquvchanlik moduli esa kuch taʼsirining davomiyligidan, xuddi shunday haroratdan ham bogʻliq boʻladi.
5.20. Aylanma yoʻnalishi boʻyicha quvur devoridagi meʼyoriy kuchlanishi dj, MPa (kgs/sm2), hisobiy ichki bosim taʼsiridan quyidagi ifoda boʻyicha aniqlash lozim.
bu yerda:
hq ,R, D, d — (7) ifodadagi belgilar.
5.21. Quvur oʻtkazgichlarning toʻgʻri chiziqli va qayishqoq — egilgan qismlari uchun hisobiy taʼsirdan quvur devorida boʻylama (oʻq) yoʻnalishdagi meʼyoriy choʻzuvchi yoki siquvchi kuchlanishlarni dj, MPa (kgs/sm2) quyidagi ifodalar boʻyicha hisoblash lozim:
bu yerda:
nq, R, D, d — (7) ifodadagi belgilar;
harorat oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan boʻylama kuch Nt taʼsiridan
bu yerda:
Nt — 5.22 bandga muvofiq aniqlanuvchi boʻylama kuch N (kgs);
F — quvurning koʻndalang kesim yuzi, m2 (sm2);
koʻndalang va boʻylama eguvchan moment M, N/m (kgs/sm), taʼsiridan
bu yerda:
W — quvurning koʻndalang kesim qarshiligining momenti, m3 (sm3).
5.22. Boʻylama yoʻnalishda haroratdan shakl oʻzgarishini muvozanatlashni inobatga olmagan holda, harorat oʻzgarishida quvur oʻtkazgichda paydo boʻladigan boʻylanma kuch Nt hisobiy qiymatini quyidagi ifoda boʻyicha aniqlanishi kerak
Nt q nt a Dt E F, (13)
bu yerda:
a — quvur ashyosini haroratdan chiziqli kengayish koeffitsiyenti, grad-1, 11-jadval boʻyicha qabul qilinadi;
Dt — 5.12 band boʻyicha aniqlanuvchi hisobiy harorat oʻzgarishi, °S;
E — quvur ashyosini 5.4. bandi boʻyicha aniqlanuvchi oquvchanlik moduli, MPa (kgs/sm2);
nt — harorat taʼsiridan ortiqcha yuk koeffitsiyenti 10-jadval boʻyicha qabul qilinadi;
F — quvurning koʻndalang kesim yuzi, m2 (sm2).
5.23. Quvur oʻtkazgichlarni boʻylama kuch Nt va quvur oʻtkazgich hamda naqliyotlanuvchi modda ogʻirligida bir tekis taqsimlangan jadal kuchlar taʼsiridan boʻylama — koʻndalang egilishga hisob-kitoblarni eng noqulay hollar uchun — haroratni mumkin boʻlgan eng katta oʻzgarishini hisobga olgan holda haroratda choʻzilishni muvozanatlash butunlay mavjud boʻlmaganda olib borish lozim.
5.24. 5.23 bandda koʻrsatilgan hollar uchun quvur oʻtkazgichning ruxsat etilgan oraliq qiymatini l, m (sm) quyidagi ifodalar boʻyicha aniqlash lozim:
tik quvur oʻtkazgichlar uchun
yotiq quvur oʻtkazgichlar uchun foydalanish muddati tugashida ruxsat etiladigan millar egilishidan f q 1/700 kelib chiqqan holda
(14) va (15) ifodalardagi m1 va m2 — quvurning geometrik oʻlchamlarini hisobga oluvchi koeffitsiyent, 12-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
b — Añ oʻlchamiga koʻra 2 rasmdagi chizma boʻyicha aniqlanuvchi koeffitsiyent.
Yordamchi At koʻrsatkichi quyidagi ifoda boʻyicha hisoblanadi
Bu yerda:
(14) — (18) ifodalardagi E, a, Dt, D, d, d, gnm, gq — (3), (6) va (13), ifodalardagi belgilar, bunda gq va gíì N/m3 (kgs/sm3), oʻlchamiga ega, (17) ifodadagi Vt koʻrsatkichi m (sm) oʻlchamiga ega.
Eslatma. Quvur oʻtkazgichlarning tik va yotiq qismlari uchun dastlabki hisobiy oraliq qiymatini 2-ilova jadvallari boʻyicha aniqlash ruxsat etiladi, qaysiki quvur oʻtkazgichning eng uzoq muddat xizmat etishiga hisoblangandir, Dt esa 0 °S dan hisoblangan.
RASM
2 rasm. b koeffitsiyentini At koʻrsatkichidan bogʻliqligi
a — At q 0 — 0,05 oraliq uchun;
b — At q 0,05 — 0,5 oraliq uchun;
v — At q 0,5 — 3 oraliq uchun.
HARORATDAN SHAKL OʻZGARISHINI MUVOZANATLASH
5.25. Harorat va boshqa siljishlar taʼsiridan quvur oʻtkazgichning ayrim unsurlarida paydo boʻluvchi kuchlarni aniqlashni qurilish mexanikasi usullari (noaniq oʻzakli tizimlarning statik hisob-kitoblari) bilan olib borish zarur, bunda hisob-kitoblar tenglamasiga kiruvchi mexanik tasniflarni (hisobiy qarshilik, oquvchanlik moduli) 5.3 — 5.5 bandlar talablariga binoan ularga kuch va haroratdan taʼsir davomiyligiga koʻra qabul qilinadi.
5.26. Haroratdan uzayishni muvozanatlash, asosan, quvur oʻtkazgichlarni ayrim qismlarini oʻz-oʻzini muvozanatlashi hisobiga amalga oshirilishi kerak.
Muvozanatlagich qurilmalarni oʻrnatishni quvur oʻtkazgichlar unsurlarida yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlmagan kuchlanishlar yoki yer ostida sunʼiy ariqsiz yotqazilgan hollardan tashqari, unga birlashtirilgan jihozlardagi ruxsat etilmaydigan kuchlar hisob-kitoblar orqali maʼlum boʻlgan hollarda koʻzda tutish lozim.
5.27. Quvur oʻtkazgich qismlarida boʻylama siljish hisobiy qiymatini quvur devori haroratini eng yuqori koʻtarilishidan (ijobiy hisobiy harorat oʻzgarishi) va ichki bosimdan (quvur oʻtkazgichni uzayishi) hamda quvur devori haroratining eng koʻp pasayishidan (salbiy hisobiy harorat oʻzgarishi) quvur oʻtkazgichda ichki bosim boʻlmaganda (quvur oʻtkazgichni kaltalashishi) aniqlash lozim.
5.28. 90° burchak ostida egilgan chetlatgichni muvozanatlovchi qobiliyati quyidagi ifoda boʻyicha aniqlanishi kerak:
qayerda
Dl — quvur oʻtkazgichni chetlatgich bilan muvozanatlashi mumkin boʻlgan harorat taʼsiridan eng koʻp ruxsat etilgan boʻylama siljish, sm;
l1 — Dl siljishni qabul qiluvchi quvur oʻtkazgichni toʻgʻri qismidagi chetlatgichga tutashuvchi uzunlik, sm;
r — chetlatgich egilishining radiusi, sm;
D — quvurning tashqi diametri, sm;
R — 5.3 band talablariga binoan aniqlanuvchi quvur ashyosining hisobiy qarshiligi, MPa (kgs/sm2);
E — 5.4 band talablariga aniqlanuvchi oquvchanlik moduli, MPa (kgs/sm2);
Egik chetlatgichning asosiy geometrik koʻrsatkichlari 3a rasmda koʻrsatilgan.
RASM
3-rasm
Asosiy geometrik koʻrsatkichlar
a — egilgan chetlatgich;
b — P — simon muvozanatlagich
v — lirasimon muvozanatlagich.
5.29. Chetlatgich uchidan qoʻzgʻalmas qilib mahkamlangan joyigacha ruxsat etilgan eng katta masofani l, sm (3 a rasm) quyidagi ifoda boʻyicha aniqlash lozim
bu yerda:
Dl — (19) ifoda boʻyicha aniqlanuvchi chetlatgich bilan muvozanatlanuvchi harorat taʼsiridan quvur oʻtkazgichni boʻylama siljishi;
a Dl — (13) ifodadagi belgilar.
5.30. P-simon muvozanatlagichning muvozanatlagich qobiliyati quyidagi ifoda boʻyicha aniqlanadi:
bu yerda:
Dl — muvozanatlagich tomonidan qabul qilinishi mumkin boʻlgan harorat taʼsiridan quvur oʻtkazgichni ruxsat etilgan eng katta boʻylama siljishi, sm;
h — muvozanatlagichni toʻliq qulochi, sm;
a — muvozanatlagich toʻgʻri qismini uzunligi, sm;
r — muvozanatlagichni egilish radiusi, sm;
D — quvurning tashqi diametri, sm;
R — 5.3. band talablariga muvofiq aniqlanuvchi quvur ashyosining hisobiy qarshiligi, MPa (kgs/sm2);
E — 5.4. band talablariga koʻra aniqlanuvchi oquvchanlik moduli, MPa (kgs/sm2).
P-simon muvozanatlagichning asosiy geometrik koʻrsatkichlari h, r va a 3, b rasmda koʻrsatilgan.
5.31. Muvozanatlagichdan quvur oʻtkazgichni qoʻzgʻalmas qilib mahkamlangan joyigacha ruxsat etilgan eng katta masofa, l quyidagi ifoda boʻyicha hisoblanishi kerak (3, b rasm)
bu yerda:
Dl — (21) ifoda boʻyicha aniqlanuvchi muvozanatlagich tomonidan qabul qilinuvchi quvur oʻtkazgichning haroratdan boʻylama siljishi;
a, Dl — (13) ifodadan belgilar.
5.32. 12 m gacha uzunlikdagi quvur oʻtkazgichning toʻgʻri chiziqli qismini haroratdan shakl oʻzgarishini muvozanatlash uchun lirasimon muvozanatlagich oʻlchamini (3.6 rasm) quyidagi munosabatlardan kelib chiqqan holda qabul qilish lozim:
r1q 5 D, r2q 3,5 D, Vq 3 D, h q 15 D.
5.33. Uchliklar (tarmoqlanish) oʻqlaridan yoki chetlatgichlar uchidan quvur oʻtkazgichlarni qoʻzgʻalmas qilib mahkamlangan yerigacha boʻlgan masofani quyidagicha teng qabul qilish lozim:
l q K Ö Dl D (23)
qayerda
K — PVX quvurlari uchun — 25; PBP — 10;
PP — 12,5; YUBP-5 ga teng qabul qilinuvchi koeffitsiyent;
Dl, D — (19) ifodadagi belgilar.
Yer osti quvur oʻtkazgichlarini chidamlilik va mustahkamlikka tekshirish
5.34. Yer osti quvur oʻtkazgichlar koʻndalang kesimini mustahkamlikka va shakl oʻzgarishi boʻyicha tekshirish lozim.
5.35. Yer osti quvur oʻtkazgichlar uchun quvurlar ashyosining hisobiy qarshiligini quyidagi ifoda boʻyicha aniqlash lozim:
R1qR × K1 (24)
R — 5,3 bandga muvofiq aniqlanuvchi quvur ashyosining hisobiy qarshiligi;
K1 — yer osti quvur oʻtkazgichning yotqazilish sharoitining koeffitsiyenti, quvurni shikastlanishi hollarda handaqlar qazish uchun oʻtish qiyin boʻlgan yerlarda yotqaziluvchi quvur oʻtkazgichlar uchun — 0,8, takomillashgan qoplam ostida yotqaziluvchi quvur oʻtkazgichlar uchun — 0,9, qolgan quvur oʻtkazgichlar uchun — 1,0 ga teng qabul qilinadi.
5.36. Yer osti quvur oʻtkazgichlarini yuk koʻtarish qobiliyati quvur oʻtkazgich ashyosining chegaraviy ruxsat etilgan tasnifini quvur oʻtkazgichga hisobiy kuchlar bilan solishtirish yoʻli bilan tekshirish kerak, bunda tashqi kuchlar chiziqli kuchlar tik diametri boʻylamasi yoʻnalishiga qarama-qarshi ikki muqobilga keltiriladi.
5.37. Toʻliq hisobiy keltirilgan (muqobil) chiziqli kuchlar Rkel, N/m (kgs/m) quyidagi ifoda boʻyicha aniqlanishi kerak:
Rkel q Sb×h×Q (25)
bu yerda:
Q — hisobiy tik kuchlarga teng taʼsir etuvchi, 5.44 — 5.48 bandlar talablariga muvofiq aniqlanuvchi kuch, N/m (kgs/m);
b — 5.38 band koʻrsatmalariga koʻra aniqlanuvchi kuchlarni keltirish koeffitsiyenti;
h — 5.39 band koʻrsatmalariga binoan aniqlanuvchi quvur oʻtkazgichga tuproqni yon bosimni hisoblovchi koeffitsiyent.
5.38. Kuchlarni keltirish koeffitsiyenti qiymatini b quvur oʻtkazgichni tuproqqa tayanish usuliga koʻra qabul qilish lozim:
a) tuproq bosimidan kuchlar uchun: yassi asosga yotqazishda — 0,75; quvurni qamrash burchagi bilan tekislangan asosga yotqazishda 2aq 70° — 0,55, 2a q 90° — 0,50, 2a q 120° — 0,45.
b) quvur oʻtkazgich va naqliyotlanuvchi modda ogʻirligidan kuchlar uchun: yassi asosga yotqazishda — 0,75 quvurni qamrash burchagi bilan 2aq 75° — 0,35, 2q90° — 0,30, 2 q 120° — 0,25.
5.39. Quvur oʻtkazgichga tuproqning yon bosimini hisobga oluvchi h koeffitsiyentining qiymatini 0,85 dan 0,95 gacha chegaralarda tuproq toʻkma zichligining darajasiga koʻra qabul qilish lozim.
5.40. Chidamlilik sharti boʻyicha yer osti quvur oʻtkazgichlarining yuk koʻtarish qobiliyatini naqliyotlanuvchi moddaning faqat ichki bosimi taʼsiriga tekshirish lozim, bunda 5.18-band talablariga binoan hisoblangan toʻliq hisobiy keltirilgan (muqobil) kuchlanish dkel, MPa (kgs/sm2), quyidagi tengsizlikni qoniqtirishi kerak
dpr £ R1, (26)
bu yerda:
R1 — 5.35 bandga binoan aniqlanuvchi yer osti quvur oʻtkazgichlari uchun quvurlar ashyosining hisobiy qarshiligi, MPa (kgs/sm2).
5.41. Quvurning koʻndalang kesimining chegaraviy ruxsat etilgan ovallanish qiymatining sharti boʻyicha yer osti quvur oʻtkazgichning yuk koʻtarish qobiliyatini (tik diametrining qisqarishi) quyidagi ifoda boʻyicha aniqlash lozim
bu yerda:
ejqDD100 %D
quvur tik diametrining nisbiy shakl oʻzgarishi, %;
Rkel — 5.37 band talablariga muvofiq aniqlanuvchi quvur oʻtkazgichga hisobiy tashqi keltirilgan kuch, N/m (kgs/sm);
Rl — (38) ifoda boʻyicha hisoblanuvchi, quvur oʻtkazgich qattiqligini tavsiflovchi koʻrsatkich, MPa (kgs/sm2);
D — quvur oʻtkazgichning tashqi diametri, m (sm);
x — quvur oʻtkazgichni yassi asosga yotqazishda — 1,3 , tekislangan asosga yotqazishda — 1,2 qabul qilinishi lozim boʻlgan kuchlarni va tayanch reaksiyalarini taqsimlanishini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
Q — quyidagi ifoda boʻyicha hisoblanuvchi, tuproq zarbi va ichki (tashqi) bosimlarini birgalikdagi taʼsirini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
[ej] — yuqori va past bosimli polietilen quvurlar uchun — 5%, polipropilen uchun — 4%, polipropilxlorid uchun — 3,5 %, qabul qilinuvchi quvurlar koʻndalang kesimini chegaraviy ruxsat etilgan ovallashish qiymati, %.
(28) ifodadagi Rtup — (37) ifoda boʻyicha aniqlanuvchi tuproq zarbini hisobga oluvchi koʻrsatkich;
R — muhit (quvurda havosiz boʻshliq paydo boʻlganda) yoki gidrostatik (quvur oʻtkazgichni suv sathidan pastda yotqazilganda) yo boʻlmasa tuproq bosimidan boʻlishi mumkin boʻlgan naqliyotlanuvchi moddaning ichki bosimi (musbat hisoblanadi) yoki tashqi bir maromdagi radial bosim (manfiy hisoblanadi).
5.42. Dumaloq shakldagi koʻndalang kesimning mustahkamlik sharti boʻyicha yer osti quvur oʻtkazgichning yuk koʻtarish qobiliyatini quyidagi tengsizlikka rioya qilinishini tekshirish lozim
bu yerda:
Rrad — quvurning dumaloq shakldagi koʻndalang kesimi mustahkamligini yoʻqotmaslikning tashqi bir maromdagi radial bosimning chegaraviy qiymati, MPa kgs/sm2);
K2 — quvur oʻtkazgichni mustahkamlikka ishlash shartining koeffitsiyenti, K2 £ 0,6 qabul qilinadi;
Rkel — 5.37 band talablariga binoan hisoblanuvchi hisobiy tashqi keltirilgan kuch, N/m (kgs/sm);
Rh.b — quvur oʻtkazgichning hisobiy qismidagi mumkin boʻlgan havosiz boʻshliq qiymati, MPa (kgs/sm2);
Rs.s — RGV q gV NGV (30) ifoda boʻyicha aniqlanuvchi quvur oʻtkazgichga sizot suvlarining tashqi gidrostatik bosimi, MPa (kgs/sm2);
D — quvur oʻtkazgichining tashqi diametri, m (sm);
(30) ifodadagi gV — erigan tuzlar hisobi bilan suv zichligi, N/m3 (kgs/sm3);
Ns.s — quvur oʻtkazgich yuqorisidagi sizot suvi ustunining balandligi, m (sm).
5.43. Chegaraviy tashqi bir maromdagi radial bosimning qiyin holatdagi qiymatini quyidagi ifoda boʻyicha hisoblangan qiymatdan eng kichigini qabul qilish lozim:
Rrad q 2ÖRl Rtup (31)
Rrad q Rl Q 1,143Rtup (32)-(33)
bu yerda:
Rtup, Rl — (37) va (38) ifodalar boʻyicha aniqlanuvchi koʻrsatkichlar.
5.44. Quvur oʻtkazgichga tuproq bosimidan hisobiy kuch quyidagi ifodalar boʻyicha aniqlanishi kerak, Qtup, N/m (kgs/sm);
handaqda yotqazishda
Qtup q ntun qLtupB Ktup (34)
tuproq toʻkmada yotqazishda
Qtup q Ntupqtupn D Ktt (35)
bu yerda:
ntup — 10-jadval boʻyicha qabul qilinuvchi ortiqcha bosim koeffitsiyenti;
qtupm — 5.8 bandga muvofiq aniqlanuvchi tuproq bosimidan meʼyoriy tik kuch, N/m2 (kgs/sm2);
V — quvur oʻtkazgichning yuqori sathidagi handaq kengligi, m (sm);
D — quvur oʻtkazgichning tashqi diametri, m (sm);
Ktup — 13-jadval boʻyicha aniqlanuvchi tik tuproq bosimining koeffitsiyenti;
ifoda boʻyicha aniqlanuvchi tuproq toʻkmadagi tuproq bosimi toʻplanmasining koeffitsiyenti.
(36) ifodadagi:
Rtup q 0,125 Etup (37)
munosabat boʻyicha hisoblanuvchi tuproq toʻkma qattiqligini tavsiflovchi koʻrsatkich, MPa (kgs/sm2)
ifoda boʻyicha hisoblanuvchi quvur oʻtkazgich qattiqligini tavsiflovchi koʻrsatkich, MPa (kgs/sm2).
(37) va (38) ifodalardagi: Etup — tuproq zichligi darajasiga koʻra: qum tuproqlar uchun — 8,0 dan 16,0 MPa gacha (80 dan 160 kgs/sm2 gacha), qumli loylar va loyli qumlar uchun — 2,0 dan 6,0 MPa gacha (20 dan 60 kgs/sm2 gacha), loylar uchun 1,2 dan 2,5 MPa gacha (12 dan 25 kgs/sm2 gacha) qabul qilinuvchi tuproq toʻkmaning tuproq shakl oʻzgarishi moduli;
E — 5.4-band talablariga muvofiq aniqlanuvchi quvurlar ashyosi oquvchanlik moduli, MPa (kgs/sm2).
5.45. Naqliyotdan quvur oʻtkazgichga hisobiy kuch quyidagi ifoda boʻyicha aniqlanishi kerak, N/m (kgs/sm):
Qnaq q nnaq qnaqn D, (39)
bu yerda:
nnaq — 10-jadval boʻyicha qabul qilinuvchi naqliyotlanuvchi kuchdan ortiqcha yuklanish koeffitsiyenti;
qnaqn — 5.13 bandga muvofiq aniqlanuvchi naqliyotdan meʼyoriy bir maromda taqsimlangan bosim, N/m2 (kgs/sm2);
D — quvur oʻtkazgich tashqi diametri, m (sm).
5.46. Quvur oʻtkazgichga tuproq toʻkma yuzasiga bir maromda taqsimlangan kuchdan hisobiy kuchni quyidagi ifoda boʻyicha aniqlanishi kerak, Qh, N/m (kgs/sm):
Qh q nh qh D Kn (40)
qayerda
nh — 10-jadval boʻyicha qabul qilinuvchi tuproq yuzasiga tushuvchi kuchdan ortiqcha yuklanganlik koeffitsiyenti;
qh — bir tekis taqsimlangan kuch jadalligi, N/m2 (kgs/sm2);
D — quvur oʻtkazgich tashqi diametri, m (sm).
Kt.t — (36) ifoda boʻyicha hisoblanuvchi koeffitsiyent.
5.47. Quvur oʻtkazgich va naqliyotlanuvchi modda ogʻirligidan handaq asosiga hisobiy kuch (3) va (6) ifodalar boʻyicha xos ortiqcha yuklanish koeffitsiyentlarini inobatga olgan holda hisoblanishi kerak.
5.48. Sizot suvlari bosimidan quvur oʻtkazgichni qalqishini keltirib chiqaruvchi hisobiy kuchni, Qs.s quyidagi ifoda boʻyicha aniqlash lozim, N/m (kgs/sm):
Qs.s q ns.s qs.sn (41)
bu yerda:
ns.s — 10-jadval boʻyicha qabul qilinuvchi sizot suvlari gidrostatik bosimidan ortiqcha yuklanganlik koeffitsiyenti;
qs.sn — 5.9 bandga muvofiq aniqlanuvchi sizot suvlari gidrostatik bosimidan meʼyoriy kuch, N/m (kgs/m);
5.49. Quvur oʻtkazgichlarni uni tuproq bilan keragicha siqilishni taʼminlamaydigan kam bogʻlanishli tuproqlarda yotqazishda va haroratdan choʻzilish muvozanati boʻlmaganda quvuroʻtkazgichni koʻpchishiga qarshilik qiluvchi choralarni: quvur oʻtkazgichni yotqazilish chuqurligini oshirish (50 % gacha), kam radius bilan egilishli egri chiziqli qismlarda quvur oʻtkazgichlarni yotqazishdan qochish va shu kabilarni koʻzda tutish zarur.
6. ISSIQLIK HIMOYALAGICHI
6.1. Quvur oʻtkazgichlar uchun himoyalarni qoʻllash zaruratini quvurlar ashyosi va naqliyotlanuvchi moddalarning fizik-kimyoviy xossalari va quvur oʻtkazgichlarni yotqazilish oʻrni, usuli, texnologik jarayon talablari texnika xavfsizligi, shuningdek issiqlik oqimining meʼyoriy zichligiga koʻra har bir aniq holda belgilanishi lozim.
6.2. Quvur oʻtkazgichlar uchun issiqlik himoyalarni loyihalashda mazkur QMQ talablaridan tashqari, QMQ 2.04.07-86 “Sanoat korxonalari jihozlari va quvur oʻtkazgichlarini issiqlik himoyalarini loyihalash boʻyicha qoʻllanma”, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa meʼyoriy hujjatlar talablariga amal qilinishi lozim.
6.3. Issiqlik himoyalari qurilmalari va ashyolarini quvur oʻtkazgichlar yuk koʻtarish qobiliyati hamda quvurlar koʻndalang kesimlari shakl oʻzgarishini inobatga olgan holda loyihalash lozim.
6.4. Issiqlik himoyasi qurilmalarini:
alohida qurilgan tayanchlar va ilganlarda yotqaziluvchi quvur oʻtkazgichlar uchun poʻlat quvur oʻtkazgichlar uchun xuddi shunday — amaldagi meʼyoriy hujjatlar boʻyicha hamda sanoat jihozlari va quvur oʻtkazgichlari issiqlik himoyalari namunaviy qismlariga muvofiq;
metall kesimidan (burchaklar, shvellerlar va shu kabilar) novlar koʻrinishida tayyorlangan yaxlit asosda yotqaziluvchi yolgʻiz quvur oʻtkazgichlar uchun — quvur oʻtkazgichlar asos bilan birgalikda qoplanuvchi himoya sifatida;
yaxlit toʻshama sifatida tayyorlangan yaxlit asosda quvur oʻtkazgichlarni guruhli yotqazishda ular uchun — toʻshamaga mahkamlanuvchi himoya sifatida (bunda toʻshama himoyalanmaydi) loyihalash lozim.
Plastmassa quvur oʻtkazgichlarni isitiluvchi qutilarda guruhli yotqazishda issiqlik himoyalari quti devorlarida bajarilishi kerak.
6.5. Issiqlik himoyalagich qurilmalarining ayrim unsurlarini quvur oʻtkazgichlarga tasmalar va sim halqalar bilan mahkamlashda asbestli karton, asbest gazmol yoki shisha mato, brezentdan bir necha qavat qistirmalar oʻrnatish lozim.
6.6. Issiq himoyalagich qatlam qalinligi “Sanoat korxonalari jihozlari” va quvur oʻtkazgichlarni issiqlik himoyalarini loyihalash boʻyicha qoʻllanma”da keltirilgan ifodalar boʻyicha aniqlanishi kerak. Bunda plastmassa quvurlar devorlarining ashyolari issiqlik uzatish qarshiligi (rm) qoʻshimcha quyidagi ifoda boʻyicha hisobga olinishi kerak
qayerda
d — himoyalanuvchi quvur oʻtkazgich ichki diametri, m;
D — himoyalanuvchi quvur oʻtkazgich tashqi diametri, m;
lm — 14-jadval boʻyicha aniqlanuvchi plastmassa quvurlar devori ashyosining issiqlik oʻtkazuvchanligi,
Kged — qiymati — tayanchlar, ilgaklar, gardishli birikishlar va oʻzaklar orqali qoʻshimcha issiqlik oqimini hisobga oluvchi koeffitsiyent, quyidagicha qabul qilinishi kerak:
tayanchlar va ilgaklarda yotqazishda — 1,7;
asos bilan birgalikda himoyalanuvchi quvuroʻtkazgichlarni yolgʻiz yotqazishda — 1,2;
yaxlit toʻshamada quvur oʻtkazgichlarni guruhli yotqazishda — 2.
Quvurlar devorlari ashyosining zichligi va solishtirma issiqlik sigʻimi qiymatlarini 14-jadval boʻyicha qabul qilish lozim.
Asos bilan yolgʻiz quvur oʻtkazgichni birgalikda himoya hisob-kitoblarida hisobiy ifoda quvur oʻtkazgichning himoya qoplamini di,ged, inobatga olgan diametri qiymati oʻrniga quyidagi ifoda orqali aniqlanuvchi himoyalanuvchi quvur oʻtkazgichning keltirilgan diametri qiymatini qoʻyish lozim:
bu yerda:
U — quvur oʻtkazgichning ichki himoya perimetri, m.
6.7. Ichida bir nechta quvur oʻtkazgichlar joylashadigan isitkich qutilari devorlarida koʻzda tutiluvchi issiqlik himoyasi qalinligi muvozanatni tenglashtirish orqali aniqlanadi. Bunda qutida yotqazilgan quvur oʻtkazgichning har qaysi aniq hollari uchun hisoblash ifodasi chiqariladi.
6.8. Issiqlik himoyalarining metall qoplamlaridan statik elektr tokini chetlatish 4.17 bandga muvofiq qoplamni yerga ulash zanjiriga birlashtirish yoʻli bilan amalga oshirilishi kerak.
7. SINASH VA TOZALASH
7.1. Quvur oʻtkazgichlarni sinash va tozalashda loyiha koʻrsatmalari, texnologik jihozlar QMQ boblari hamda mazkur QMQ talablariga amal qilish lozim.
7.2. Quvur oʻtkazgichlarni atrof havo harorati quyidagilardan past boʻlmaganda olib borish lozim:
manfiy 15°S, polietilenli quvur oʻtkazgichlar uchun;
0 °S, polivinilxlorid va polipropilenli quvur oʻtkazgichlar uchun (“Yo” turidan tashqari).
7.3. Quvur oʻtkazgichlarni sinashni quvur oʻtkazgichlarni payvandlash va yelimlashdan 24 soatdan avval olib borilmasligi lozim.
7.4. Plastmassa quvur oʻtkazgichlarni harorati 60 °S dan ortiq boʻlmagan suv yoki boshqa moddalar bilan yuvish ruxsat etiladi. quvur oʻtkazgichlarga bugʻ bilan havo purkash ruxsat etilmaydi.
8. ASHYOLAR VA MAHSULOTLAR
8.1. Quvur oʻtkazgichlar uchun ashyolar va mahsulotlarni tanlashda, mazkur QMQ talablaridan tashqari, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlangan tarmoq va tarmoqlararo meʼyoriy hujjatlar koʻrsatmalariga amal qilinishi lozim.
8.2. Loyihalarda koʻzda tutiladigan ashyolar va texnik mahsulotlar belgilangan tartibda tasdiqlangan mezonlar hamda texnik shartlar talablariga mos boʻlishi kerak.
8.3. Plastmassa quvurlardan quvur oʻtkazgichlarni qurilish uchun qoʻllanishga yoʻl qoʻyilgan ashyolar va texnik mahsulotlar 3-ilovada keltirilgan.
3-ilovada kiritilmagan GOST hamda TU boʻyicha ashyolar va mahsulotlarni qoʻllash, ular sifati, shu jumladan chidamlilik tavsiflari, kimyoviy bardoshliligi mazkur QMQ talablariga mos boʻlgan hamda quvur oʻtkazgichdan foydalanishda ishonchlilik va xavfsizlikni taʼminlanish shartlarida ruxsat etiladi.
8.4. Quvur oʻtkazgichlar uchun plastmassa biriktirish qismlari plastmassa quvurlarini birlashtiruvchi ashyolardan tayyorlangan boʻlishlari kerak. Bunda biriktirish qismlarining turlarini, asosan, birlashtiriluvchi quvurlar turi bilan bir xil qabul qilish lozim. Birlashtirish qismlarini turini birlashtiriluvchi quvurlar turidan pastini qoʻllash ruxsat etilmaydi.
8.5. Quvur oʻtkazgichlar uchun birlashtirgich qismlarni, asosan, ularni ishlab chiqishning amaldagi texnik hujjatlariga muvofiq zavodda tayyorlanganlarini qabul qilish lozim. quvur tayyorlash ustaxonalarida maxsus jihozlar va uskunalarni qoʻllagan holda tayyorlangan birlashtirgich qismlarni zavod sharoitida tayyorlangan birlashtirgich qismlari sinovlarga bardosh bergan shartida ruxsat etiladi.
8.6. Quvur tayyorlov ustaxonalarida birlashtirgich qismlar tayyorlanganda quyidagilar bajarilishi lozim:
qaysi quvurlarni birlashtirilishi moʻljallangan boʻlsa, oʻsha quvurlar turidan bir tur yuqori quvurlardan tutashuv chokli payvandlash usuli bilan plastmassa quvurlardan tayyorlangan teng oʻtkazuvchi toʻgʻri uchliklar va segment chiqartirgichlar;
qaysi quvurlarni birlashtirilishi moʻljallangan boʻlsa, oʻsha quvurlar turidan ikki tur yuqori quvurlardan tutashuv chokli payvandlash usuli bilan plastmassa quvurlardan tayyorlangan teng oʻtkazuvchi egri uchliklar va teng oʻtkazmaydigan uchliklar;
bosimsiz quvur oʻtkazgichlar uchun xivichli gaz payvandni qoʻllagan quvurlardan birlashtirgich qismlarni tayyorlash ruxsat etiladi;
birlashtiriluvchi quvurlar turidagi quvurlardan tayyorlanuvchi quvurlar diametrini kichraytirish yoʻli bilan shakl beriluvchi oʻtkazgichlar hamda burma va qat-qat burmalar paydo boʻlmaydigan egilgan chetlatgichlar.
Naqliyotlanuvchi moddalar fizik-kimyoviy xossalariga koʻra metall birlashtirgich qismlarini qoʻllash ruxsat etiladi.
8.7. Quvur oʻtkazgichlarda oʻrnatiluvchi toʻsqich, sozlagich va boshqa oʻzaklarni naqliyotlanuvchi modda boʻyicha uni mohiyatiga muvofiq texnik shartlar, mezonlar, roʻyxatlar boʻyicha ishlatilish shartini inobatga olgan holda texnika xavfsizligi boʻyicha qoidalar va tarmoq meʼyoriy hujjatlari talablariga koʻra tanlash lozim. Maʼlum modda va koʻrsatkichlar uchun moʻljallanmagan oʻzaklarni qoʻllash oʻzaklarni shunday yechim bilan ishlab chiquvchilar bilan kelishilgan sharoitda ruxsat etiladi.
8.8. Toʻsqich oʻzak uchun toʻsiq zichliligi sinfini GOST 9544-75 boʻyicha aniqlash lozim. A va B guruh quvur oʻtkazgichlar uchun 1 sinf zichliligidagi oʻzak qoʻllanishi kerak.
8.9. Yassi zichlagich yuzaga ega boʻlgan oʻzak quvur oʻtkazgichga tiqinlar yoki quvur oʻtkazgichning qalinlashtirib bukilgan uchlariga kavsharlanib oʻrnatilgan metall gardishlar yordamida birlashtirilishi kerak.
Tirnoq — iz yoki doʻng — chuqurcha turidagi zichlagich yuzaga ega boʻlgan oʻzak quvur oʻtkazgichga quvur oʻtkazgichlarni ishonchli va xavfsiz ishlatishni taʼminlashi lozim boʻlgan ashyolar-poʻlatdan tayyorlanuvchi oʻtkazgich tiqin orqali birlashtirilishi kerak.
8.10. Quvur oʻtkazgichlar uchun gardishlarni mezonlar yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan tarmoq meʼyoriy hujjatlari boʻyicha qoʻllash lozim. Gardishlarni tanlashda xuddi shunday 4-ilovaga amal qilinishi lozim.
8.11. Qistirmalar oʻlchamini GOST 15180-86 va belgilangan tartibda tasdiqlangan tarmoq meʼyoriy hujjatlari boʻyicha qabul qilish lozim.
Qistirmalar ashyosini naqliyotlanuvchi moddalar kimyoviy xossalarini inobatga olgan holda, belgilangan tartibda tasdiqlangan tarmoq meʼyoriy hujjatlar boʻyicha qabul qilish lozim.
8.12. Ochiq havoda yoki isitilmaydigan xonalarda joylashgan tayanchlar va ilgaklar uchun ashyolarni tanlashda QMQ 2.01.01-97 ga binoan eng sovuq besh kunlikning oʻrtacha haroratini inobatga olish zarur.
8.13. Tayanch qurilmalari (devordagi tayanchlar, tagliklar, traverslar va shu kabilar) va yaxlit asosga mahkamlash, shuningdek ularga qismlarni mahkamlash uchun poʻlat belgisini QMQ 2.03.05-97 ga muvofiq qabul qilish lozim.
8.14. Issiqlik himoyasi uchun qoʻllaniluvchi ashyolar va mahsulotlar amaldagi mezonlar hamda texnik shartlar boʻyicha tanlanishi kerak va eng yengil ogʻirlikka ega boʻlishi kerak.
Asosiy issiqlik himoyalagich qatlami uchun issiqlik himoyalagich qatlamini 25 °S oʻrtacha haroratda aniqlanuvchi koʻpi bilan 100 kg/m3 oʻrtacha zichlikdagi va yuqori boʻlmagan issiq oʻtkazuvchanlik hamda shu ashyolarga mos mezonlar yoki texnik shartlarda koʻrsatilgan namlikni qoʻllanilishi kerak.
8.15. Plastmassa quvurli quvur oʻtkazgichlarning issiqlik himoyasi uchun qoʻllaniluvchi ashyolar va mahsulotlar yonmaydigan yoki qiyin yonadigan boʻlishi kerak. Jadal oksidlovchilarni naqliyotlovchi quvur oʻtkazgichlar va jadal oksidlovchilar tashkil etuvchilari boʻlgan xonalarda yotqaziluvchi quvur oʻtkazgichlarni issiqlik himoyasi uchun tarkibida juda yupqa shtapel tolali boʻz, mato va STV bogʻlovchisiz eng yupqa shisha tolali paxta, qaysiki ogʻirligi boʻyicha 0,45 % dan ortmaydigan organik va yonuvchi moddalar boʻlgan boshqa ashyolarni qoʻllash lozim.
Issiqlik himoyalagich mahsulotlar va qoplam qatlamini tanlashda issiqlik tarmoqlarini loyihalash boʻyicha QMQ boblari, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlangan, ushbu masala boʻyicha tarmoq hamda tarmoqlararo meʼyoriy hujjatlar talablariga amal qilinishi lozim.
1-ILOVA
(tavsiya etiluvchi)
Plastmassa quvurlarining kimyoviy chidamliligi
Ilova jadvalida quvurlar ashyosining kimyoviy chidamliligini quyidagicha baholari qabul qilingan:
S — mustahkam (berilgan quyuqlikdagi moddada berilgan haroratda plastmassada kimyoviy yemirilish boʻlmaydi);
O — nisbatan mustahkam (berilgan moddada quvurlar yuk koʻtarish qobiliyatini qisman yoʻqolishi kuzatiladi va quvurlar yuqori chidamlilik zaxirasi bilan qoʻllanilishi kerak);
N — chidamsiz (ushbu moddalarda quvurlarni qoʻllash ruxsat etilmaydi).
“-” belgisi maʼlumot yoʻqligini anglatadi.
* Quvurlar namunalari toʻldirilgan kimyoviy moddalarda oʻtkazilgan sinovlar asosida olingan maʼlumotlar.
Eslatmalar:
1. * belgisiz maʼlumotlar namunalar kimyoviy moddalar bilan yuklanmagan sinovlar asosida olingan, shuning uchun bu maʼlumotlarni taxminiy singari qarash lozim.
2. Jadvalda koʻrsatilgan moddaning quyuqlik qiymatidan past qiymatdagi PBP, YUBP va PP quvurlarning kimyoviy chidamliligi ushbu quyuqlik uchun jadvalda keltirilgan kimyoviy mustahkamlik bahosining qiymatiga nomunosib boʻlmaydi.
3. Koʻrsatilgan jadvalda keltirilmagan plastmassa quvurlari ashyosini moddalarga kimyoviy mustahkamligini aniqlashda zavod — tayyorlovchilarning quvurlarga amaldagi roʻyxatlari va sertifikatlariga amal qilinishi ruxsat etiladi.
2-ILOVA
Suvni naqliyotlashda quvur oʻtkazgichlarni tik va yotiq qismlarining mahkamlagichlari orasidagi masofa (gs. q q 1 104 N/m3)
4-jadvalPP Quvurlarning tashqi diametri,mmTik qismlardaYotiq qismlardat harorat oʻzgarishida20 °S40 °S60 °S20 °S40 °S60 °SQuvur turlariE, OʻOE, OʻOE, OʻOEOʻOEOʻOEOʻO320,650,600,450,400,350,35--0,65--0,55--0,5400,800,750,550,500,450,40--0,75--0,65--0,6500,950,900,700,650,550,50-0,80,9-0,70,8-0,650,7631,201,150,850,800,700,650,951,05-0,850,95-0,750,85751,451,351,000,950,850,80-1,051,2-0,951,05-0,850,95901,701,651,201,151,000,95-1,21,35-1,11,2-1,01,11102,102,001,501,401,201,151,11,41,551,01,251,40,951,151,251252,402,301,701,601,401,301,21,51,71,11,41,551,01,251,41402,702,551,901,801.551,501,31,651,851,21,51,651,11,351,51603,102,902,202,101,801,701,41,82,01,31,651,851,21,51,651803,453,302,452,302,001,901,551,952,21,41,82,01,31,651,82003,903,652,702,602,202,101,652,12,351,51,952,151,41,752,02254,30-3,10-2,50-1,802,25-1,652,1-1,51,9-2504,80-3,40-2,80-1,92,45-1,752,25-1,652,05-2805,40-3,80-3,10-2,12,6-1,92,45-1,752,2-3156,00-4,30-3,50-2,352,85-2,12,65-1,92,4-
3-ILOVA
Texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun plastmassa quvurlari va ularga birlashtirgich qismlari
4-ILOVA
Plastmassa quvurlarning ochiluvchan birikishlari uchun poʻlat gardishlar oʻlchamlari
