Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida (O‘RQ-1162-son) · Sana: 05.08.2026 · Amalda
Pulli avtomobil yoʻlidan foydalanishni toʻxtatish pulli avtomobil yoʻlini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin, davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan pulli avtomobil yoʻlidan foydalanishni toʻxtatish esa davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
Pulli avtomobil yoʻlining sifati va foydalanilish holati yomonlashib, uning xizmat koʻrsatishi va yuqori harakatlanish tezligi rejimida tegishli darajada xavfsiz harakatlanishni taʼminlash imkonini bermagan taqdirda, pulli avtomobil yoʻlidan foydalanish uning egasi tomonidan qisman cheklanishi yoki toʻxtatilishi kerak.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-8377546
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 48-modda. Pulli avtomobil yoʻlidan foydalanishni toʻxtatish va tugatish Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida (O‘RQ-1162-son). neolex.uz/uz/laws/law-8380201/48 (lex.uz/docs/-8377546)