Alkogolli va tamaki mahsulotlarini chetdan keltirish, ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida (331-son)
04.08.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika aholisi manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, alkogolli va tamaki mahsulotlari mamlakat hududiga keltirilishi, ishlab chiqarilishi va sotilishi ustidan davlat nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Belgilansinki, alkogolli va tamaki mahsulotlarini erkin muomala (import)ga chiqarish tartibida bojxonada rasmiylashtirish:
tovarga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi laboratoriyalarining sanitariya-gigiyena xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
3. 1998-yil 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
qaytarib berish sharti bilan qayta ishlashga berilgan xomashyodan alkogolli mahsulot ishlab chiqarish;
spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ular aylanishi chogʻida barter operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlansin.
4. Aksiz markalari tizimini joriy etish boʻyicha idoralararo komissiya aksiz markalarini himoya qilishning yangi, shu jumladan golografik yoʻllar qoʻllaniladigan usullarini joriy etgan holda aksiz markalarini muntazam ravishda yangilab turishni amalga joriy etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va Jinoyat kodeksiga etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlari gʻayriqonuniy keltirilganligi, ishlab chiqarilganligi va aylanishda boʻlganligi uchun fuqarolar va mansabdor shaxslarning maʼmuriy va jinoiy javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ikki hafta muddatda kiritsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 4-avgust,
331-son
