4-modda. Asosiy tushunchalar
Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida (O‘RQ-1161-son) · Sana: 27.07.2026 · Amalda
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
zararning oʻrnini qoplash — davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan hamda sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan moddiy va (yoki) maʼnaviy zararning oʻrnini qoplash;
maʼnaviy zarar — davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan maʼnaviy va jismoniy azoblar (kamsitish, jismoniy ogʻriq, zarar koʻrish, noqulaylik va boshqalar);
moddiy zarar — huquqi buzilgan shaxsning oʻz buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi kerak boʻlgan xarajatlari, uning mol-mulki yoʻqolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek ushbu shaxs oʻz huquqlari buzilmagan taqdirda odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda);
undiruvchi — davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan oʻziga moddiy va (yoki) maʼnaviy zarar yetkazilganligi aniqlangan jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs, ularning qonuniy vakillari;
hududiy kompensatsiya jamgʻarmasi — davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan hamda sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan moddiy va (yoki) maʼnaviy zararning oʻrnini qoplaydigan, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari bilan tashkil etiladigan hamda ular huzurida faoliyat yuritadigan Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalar.
