17-modda. Hududiy kompensatsiya jamgʻarmasining mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida hisobot berish
Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida (O‘RQ-1161-son) · Sana: 27.07.2026 · Amalda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy kompensatsiya jamgʻarmasining mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga bir yilda bir marta hisobot taqdim etadi.
Hududiy ishchi organi hududiy kompensatsiya jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan toʻlovlar va ularni regress tartibida undirib olish toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar taqdim etadi.
Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etiladigan Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotida aks ettiriladi.
