8-modda. Professionallik va tizimlilik prinsipi
Ijtimoiy ish toʻgʻrisida (O‘RQ-1159-son) · Sana: 23.07.2026 · Amalda
Ijtimoiy ish professionallik va tizimlilik asosida tashkil etiladi.
Ijtimoiy ish odob-axloq qoidalariga rioya qilish, ilmiy asoslangan usullardan foydalanish, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olish hamda ijtimoiy himoya maqsadlariga erishish uchun mikro, mezo va makro darajalarda professional yondashuvga asoslanadi.
Ijtimoiy ish mikro darajada — shaxs (oila) bilan yakka tartibda ishlashni, mezo darajada — ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar tomonidan shaxsga (oilasiga) ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatishni, makro darajada — jamiyatdagi ijtimoiy muammolar bilan tizimli asosda ishlashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy ish ushbu Qonunning maqsadiga va asosiy prinsiplariga muvofiq amalga oshiriladi.
