6-modda. Inson huquqlarini hurmat qilish prinsipi
Ijtimoiy ish toʻgʻrisida (O‘RQ-1159-son) · Sana: 23.07.2026 · Amalda
Ijtimoiy ish fuqaroning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, har bir insonning qadr-qimmati, oʻziga xosligi va boshqa huquqlarini hurmat qilishga asoslanadi.
Ijtimoiy ish ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning (oilaning) huquqlarini amalga oshirishga koʻmaklashishga qaratilgan boʻlishi kerak.
