47-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Ijtimoiy ish toʻgʻrisida (O‘RQ-1159-son) · Sana: 23.07.2026 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilarni akkreditatsiyadan oʻtkazish, Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar reyestriga kiritish va undan chiqarish tartibini 2027-yil 1-yanvarga qadar ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
ijtimoiy xodimlarning maqomini belgilovchi malaka sertifikatini berish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ijtimoiy xodim sifatida faoliyatni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar roʻyxatini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
