30-modda. Ijtimoiy xizmatlar standartlari
Ijtimoiy ish toʻgʻrisida (O‘RQ-1159-son) · Sana: 23.07.2026 · Amalda
Ijtimoiy xizmatlar ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq koʻrsatiladi.
Ijtimoiy xizmatlar standartlarida ijtimoiy xizmatning maqsadli guruhi, qisqacha tavsifi va koʻlami, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish talablari va shartlari, ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish manbalari, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish natijalarini baholash hamda ularning sifat koʻrsatkichlari, shuningdek ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish uchun zarur boʻlgan boshqa qoidalar aks ettiriladi.
Belgilangan tartibda tasdiqlangan ijtimoiy xizmatlar standartlari reyestri maxsus vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladi.
