21-modda. Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar
Ijtimoiy ish toʻgʻrisida (O‘RQ-1159-son) · Sana: 23.07.2026 · Amalda
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari hamda jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatiladi.
Davlat ijtimoiy xizmatlari koʻrsatuvchilar davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari yoki davlat ishtirokidagi tashkilotlardan iboratdir.
Nodavlat ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar quyidagilardan iborat:
qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtgan, maxsus vakolatli davlat organining Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar reyestriga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga (oilalarga) birlamchi, ixtisoslashgan yoki yuqori ixtisoslashgan xizmat koʻrsatadigan nodavlat notijorat tashkilotlari;
maxsus vakolatli davlat organining Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar.
