11-modda. Ijtimoiy ish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi subyektlar
Ijtimoiy ish toʻgʻrisida (O‘RQ-1159-son) · Sana: 23.07.2026 · Amalda
Ijtimoiy ish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
Ijtimoiy ish sohasidagi faoliyatda ishtirok etuvchi subyektlar quyidagilardan iborat:
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;
nodavlat notijorat tashkilotlari;
tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar.
