Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (2773-15-son)
22.07.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 22-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2773-15]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-son “Bojxona maʼmuriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini yanada soddalashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2026-yil 4-fevraldagi PF-17-son “Mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini yangi tizim asosida rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-son qarori (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 14-son, 133-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. MAVLONOV
Toshkent sh.,
2026-yil 23-iyun,
1-son
Kelishildi:
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
2026-yil 16-may
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026-yil 15-may
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 23-iyundagi 1-son qaroriga ILOVA
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 22-bandda:
a) 14-kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “yuklanishi lozim boʻlgan” degan soʻzlar “yuklangan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
b) 32-kichik bandning beshinchi xatboshisidan “Agar tovarlarni olib oʻtish xususiyati belgilanmagan boʻlsa “000” koʻrsatiladi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 25-bandda:
a) 32-kichik bandning beshinchi xatboshisidan “Agar tovarlarni olib oʻtish xususiyati belgilanmagan boʻlsa “000” koʻrsatiladi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) 42-kichik band quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“PP” — davriy bojxona yuk deklaratsiyasi doirasida rasmiylashtirilgan tovarlarning har bir turkumi boʻyicha alohida bojxona boji va soliqlarni toʻlash;”;
oʻn yettinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn sakkizinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. 16-bobda:
a) nomi “olib chiqib ketishda” degan soʻzlardan keyin “hamda erkin muomalaga chiqarishda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 3-paragraf bilan toʻldirilsin:
“§-3. Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashdan soʻng erkin muomalaga chiqarishda BYDni toʻldirish
811. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga olib kirilgan tovarning qayta ishlash mahsulotlarini yoki uning qoldiqlarini, shuningdek tovarni qayta ishlash chiqindilarini (bundan buyon matnda qayta ishlash mahsuloti deb yuritiladi) erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish mazkur Yoʻriqnomaning 5-bobi talablariga muvofiq hamda 812-bandida koʻrsatilgan alohida grafalarni toʻldirishning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda toʻldirilgan BYDni taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
812. BYDning 40, 42 va S grafalarining toʻldirilishi quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega:
1) 40-grafa. “Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat”.
Qayta ishlash mahsulotini erkin muomalaga chiqarishda grafada qayta ishlash uchun olib kirilgan xomashyo va materiallarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos boʻlgan BYD haqida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
avvalgi hujjatning kodi — ushbu holatda “GTD”;
avvalgi BYDning roʻyxat raqami;
qayta ishlash mahsuloti uchun olib kelingan xomashyo va materiallar boʻyicha avvalgi BYDning 32-grafasidagi tartib raqami;
avvalgi BYDning 32-grafasida koʻrsatilgan qayta ishlash mahsuloti uchun xomashyo va materiallarning ishlatilgan brutto vazni (kilogrammda);
avvalgi BYDning 32-grafasida koʻrsatilgan qayta ishlash mahsuloti uchun xomashyo va materiallarning ishlatilgan netto vazni (kilogrammda);
qayta ishlash mahsuloti uchun olib kelingan xomashyo va materiallarning qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori (agar mavjud boʻlsa);
olib kelingan xomashyo va materiallar qoʻshimcha oʻlchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi (agar mavjud boʻlsa).
Masalan: GTD 14010/31.03.2025/0353761 — 2 — 5980 kg — 5900 kg — 250,2 m3.
Agar deklaratsiyalanayotgan qayta ishlash mahsuloti bir nechta turkumlarda olib kelingan xomashyo va materiallar hisobidan tayyorlangan boʻlib, ushbu turkumlar turli BYDlar bilan rasmiylashtirilgan boʻlsa, har bir avvalgi BYD boʻyicha maʼlumotlar mazkur grafada yuqorida belgilangan tartibda alohida qatorlarda koʻrsatiladi.
2) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”.
Grafada BYDning 31-grafasida deklaratsiyalanayotgan qayta ishlash mahsulotining qiymati koʻrsatiladi. Faktura qiymati matematik qoidalarga koʻra verguldan soʻng ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
3) “S” grafa.
Grafada quyidagilar koʻrsatiladi (maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qoʻyiladi):
1 — xorijiy buyurtmachining talabi boʻyicha olib kelingan tovarlar doirasida amalga oshirilgan qayta ishlash operatsiyalaridan soʻng hosil boʻlgan mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirishda qayta ishlash mahsulotlari doirasida tuzilgan yangi tashqi savdo kontraktining (shartnomasi, kelishuvi) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami.
Bunda xorijiy buyurtmachi mavjud boʻlmagan holda tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) boʻyicha olib kelingan tovarlar doirasida amalga oshirilgan qayta ishlash operatsiyalaridan soʻng hosil boʻlgan mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirishda qayta ishlash uchun olib kelingan xomashyo va materiallar boʻyicha tuzilgan dastlabki tashqi savdo kontraktining (shartnomasi, kelishuvi) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami koʻrsatiladi;
2 — tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sana. Olib kirilgan sana Oʻzbekiston Respublikasi chegarasidan oʻtish punktidagi chegara bojxona postida tovarning kuzatuv hujjatlariga qoʻyiladigan shtamp sanasi boʻyicha aniqlanadi”.
4. 88-bandning 27-kichik bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oxirgi uchta raqam — mazkur Yoʻriqnomaning 11-ilovasida keltirilgan Tovarlarni olib oʻtish xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarlarni olib oʻtish xususiyati kodi;”.
5. 11-ilovada:
a) 2-pozitsiya chiqarib tashlansin;
b) 24-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) quyidagi mazmundagi 241-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
e) 25 va 26-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
f) quyidagi mazmundagi 31-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
6. 12-ilovada:
a) quyidagi mazmundagi 142-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
b) 61-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) quyidagi mazmundagi 861 va 862-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
e) 94-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7. 13-ilovaning “Boshqa yigʻimlar” boʻlimi quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
