Kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (3662-1-son)
18.07.2026
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 18-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3662-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi hamda 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/12-son qarori (roʻyxat raqami 3662, 2025-yil 11-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3662/0723-son) bilan tasdiqlangan Kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 8-iyul,
19/15-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 8-iyuldagi 19/15-son qaroriga ILOVA
Kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 2-bandning ikkinchi xatboshisi “pul majburiyatini” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek islomiy moliya operatsiyalari bilan bogʻliq majburiyatini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 12-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “kredit portfeli” degan soʻzlar “kredit (moliyalashtirish) portfeli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 3-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-bob. Tashkilotning aktivlari va balansdan tashqari moddalari sifatini tasniflash hamda ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish”.
5. 23 va 24-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Tashkilot aktivlarni va balansdan tashqari moddalarni sifatiga koʻra tasniflaydi hamda ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar yaratadi. Bunda, kafolat, kredit tashkilotlariga berilgan moliyaviy mablagʻlar, investitsiyalar hamda kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan boshqa aktivlar va hisobi balansdan tashqari moddalarda yuritiladigan kafolatlar sifatiga koʻra tasniflanadi.
24. Qarz oluvchining (prinsipalning) kredit tashkiloti oldidagi pul majburiyati, shuningdek islomiy moliya operatsiyalari bilan bogʻliq majburiyati kredit tashkilotida qaysi toifada tasniflangan boʻlsa, tashkilot tomonidan prinsipalning kredit tashkiloti oldidagi mazkur majburiyatni bajarish boʻyicha berilgan kafolat ham mos ravishda shu toifada (“standart”, “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz”) tasniflanishi lozim.”.
6. 39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. Tashkilot kapitalining yetarlilik koeffitsiyenti tashkilot jami xususiy kapitalining uning jami aktivlari va hisobi balansdan tashqari moddalarda yuritiladigan kafolatlari yigʻindisiga nisbati orqali hisoblanadi va ushbu koeffitsiyent 10 foizdan kam boʻlmasligi lozim.”.
7. 45-band “tashkilot jami aktivlarining” degan soʻzlar “tashkilot jami aktivlari va hisobi balansdan tashqari moddalarda yuritiladigan kafolatlari yigʻindisining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 5-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
9. 8-ilovada:
1.1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3.2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2026 y., 10/26/3662-1/0756-son)
