Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (F-40-son)
20.07.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoyishi
Oʻzbekiston Respublikasi va Parlamentlararo ittifoq oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, global miqyosda yoshlar parlamentarizmini rivojlantirish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda qonun chiqaruvchi organlarning rolini kuchaytirish maqsadida qaror qilaman:
I. Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar
1. Parlamentlararo ittifoqning Yosh parlament aʼzolarining XII butunjahon konferensiyasini (keyingi oʻrinlarda — Konferensiya) 2026-yil 4 — 6-sentabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining tashabbusi Parlamentlararo ittifoq tomonidan qoʻllab-quvvatlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasining Konferensiya doirasida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik boʻyicha III global forumi (keyingi oʻrinlarda — Forum) va 2026-yil avgust oyida Barqaror rivojlanish oyligini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Quyidagilar:
(a) Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
(b) Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tashkiliy qoʻmita:
(a) chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha masʼul davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin;
(b) Konferensiya va Forumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda yuzaga keladigan tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etsin;
(v) Samarqand shahrida tadbir oʻtkaziladigan joylarning zamonaviy texnika va telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlanishini taʼminlasin;
(g) tadbirga oid axborot-tahliliy va boshqa hujjatlarning oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishini taʼminlasin;
(d) Konferensiya va Forum boʻlib oʻtadigan hududlarni obodonlashtirish ishlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini, obyektlar va mehmonxona fondining tayyorligini taʼminlasin;
(j) Konferensiya va Forum ishtirokchilarining kelishi va ketishi, ularga kirish vizalarini rasmiylashtirish, transport va tibbiy xizmatlar koʻrsatish masalalari samarali hal qilinishini muvofiqlashtirsin;
(z) Konferensiya va Forumning Samarqandda oʻtkazilishining ahamiyati haqida yuqori sifatli mediamahsulotlar hamda audiovizual asarlar yaratib, ularni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida efirga berib borish, internet va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish orqali keng targʻib qilish choralarini koʻrsin;
(i) zaruratga koʻra, Konferensiya va Forum doirasida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar mohiyatini xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga yetkazishga qaratilgan qoʻshimcha tadbirlarni (side events) oʻtkazsin;
(k) zaruratga koʻra, Oʻzbekistonning diqqatga sazovor joylari boʻylab madaniy tadbirlar va xorijiy mehmonlarning tashriflarini tashkil etsin hamda Konferensiya va Forumni yuqori saviyada oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa tezkor choralarni koʻrsin.
5. Belgilansinki:
(a) Konferensiya va Forum “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida oʻtkaziladi;
(b) Yoshlar ishlari agentligi Tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi hisoblanadi;
(v) “InterForum” davlat unitar korxonasi Konferensiya va Forumni tashkil etishga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha bosh operator hisoblanadi;
(g) vazirliklar va idoralarning birinchi rahbarlari ushbu farmoyishda nazarda tutilgan topshiriqlar, shuningdek, Tashkiliy qoʻmitaning tezkor koʻrsatmalari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
6. Transport vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda barcha xorijiy ishtirokchilarni aeroport (vokzal)da kutib olish va kuzatish hamda tadbir dasturi asosida harakatlanishi uchun transport vositalarini ajratsin.
7. Tashqi ishlar vazirligi Oliy Majlis Senati devonining viza talabnomalariga binoan Konferensiya va Forumda ishtirok etadigan xorijiy ishtirokchilarga kirish vizalarini konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirmasdan, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent hamda Samarqand xalqaro aeroportlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
8. Ichki ishlar vazirligi:
(a) Milliy gvardiya bilan birgalikda Konferensiya va Forum oʻtkaziladigan hududlarda, ishtirokchilar va mehmonlar toʻplanadigan joylarda, mehmonxonalarda hamda ularning atrofida jamoat tartibini saqlash;
(b) Konferensiya va Forumga tashrif buyuradigan delegatsiya aʼzolari xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʻl harakati qoidalariga muvofiq hamrohlik qilish choralarini koʻrsin.
9. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Konferensiya va Forum oʻtkaziladigan obyektlar hamda ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil etsin.
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi Konferensiya va Forum oʻtkaziladigan joylarda tez tibbiy yordam brigadalari faoliyati tashkil etilishini, tadbir oʻtkaziladigan joyda sogʻliqni saqlash hamda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrsin.
11. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
(a) 2026-yil 1-avgustga qadar tadbirda ishtirok etish talablarini, xorijiy ishtirokchilarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazishni hamda Konferensiya va Forum doirasida boʻlib oʻtadigan barcha tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi veb-saytni yaratish choralarini koʻrsin;
(b) Oliy Majlis Senati va Yoshlar ishlari agentligining murojaatiga asosan belgilangan tartibda tadbir oʻtkaziladigan konferensiya va koʻrgazma zallari, matbuot xonalarini zarur texnika vositalari, sinxron tarjima jihozlari va internet xizmati bilan taʼminlasin.
12. Tashkiliy qoʻmita talabnomasiga asosan:
(a) “Uzbekistan Airways” AJga xorijiy ishtirokchilar uchun xalqaro va mahalliy aviaqatnovlarga joylar belgilangan tartibda band qilinishini taʼminlash;
(b) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga xorijiy ishtirokchilar uchun qatnovdagi poyezdlarning barcha turlariga belgilangan tartibda temir yoʻl chiptalarini zaxiraga olish tavsiya etilsin. Bunda ishtirokchilar uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tarkibiy boʻlinmalari bilan shartnoma asosida chiptalar xarid qilinishi inobatga olinsin.
13. Turizm qoʻmitasi tadbirlar oʻtadigan hududlarda ishtirokchilarga yashash uchun qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent va Samarqand shaharlarida yetarli mehmonxona fondi shakllantirilishini taʼminlasin.
II. Moliyaviy resurslar
14. Belgilansinki, Konferensiya va Forumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Tashkiliy qoʻmita tomonidan ishlab chiqiladigan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan smeta asosida quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:
(a) Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi;
(b) Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
(v) Samarqand viloyatining zaxira jamgʻarmasi;
(g) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
15. Ushbu farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 20-iyul,
F-40-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-iyuldagi F-40-son farmoyishiga 1-ILOVA
Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
1.T.K. Narbayeva—Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Tashkiliy qoʻmita hamraisi2.N.M. Ismoilov—Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri, Tashkiliy qoʻmita hamraisi3.A.N. Aripov—Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita hamraisi4.J.A. Qoʻchqorov—Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri5.B.O. Saidov—tashqi ishlar vaziri6.A.A. Tashpulatov—ichki ishlar vaziri7.B.X. Tashmatov—Milliy gvardiya qoʻmondoni8.Sh.X. Shermatov—raqamli texnologiyalar vaziri9.O.A. Nazarbekov—madaniyat vaziri10.I.R. Maxkamov—transport vaziri11.E.T. Aripov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori12.A.M. Boboyev—Samarqand viloyati hokimi13.Sh.B. Umurzakov—Toshkent shahar hokimi14.A.A. Djurabayev—Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi15.B.M. Bekmurodov—“Yuksalish” umummilliy harakati raisi16.A.Z. Saʼdullayev—Yoshlar ishlari agentligi direktori17.T.T. Shamsibayev—“InterForum” DUK direktori18.A.M. Muminov—Yoshlar ishlari agentligi direktorining oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita kotibi
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-iyuldagi F-40-son farmoyishiga 2-ILOVA
Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiBajarish muddatlariMasʼul ijrochilarI. Tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha dastlabki chora-tadbirlar1.Parlamentlararo ittifoq (keyingi oʻrinlarda — PI) vakillarining Konferensiya va Global forumga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazish uchun Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish.1. Delegatsiya tarkibi va tashriflar kun tartiblarini ishlab chiqish.2026-yil iyulTashkiliy qoʻmita,Oliy Majlis Senati,Tashqi ishlar vazirligi,Samarqand viloyati hokimligi,Yoshlar ishlari agentligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. PI vakillarining tashriflari bilan bogʻliq tashkiliy, logistika va boshqa masalalarni hal qilish.3. Tashriflarni tashkiliy jihatdan yuqori darajada va mazmunli oʻtkazish.Kelishilgan muddatlarda2.Parlamentlararo ittifoq kotibiyati (keyingi oʻrinlarda — PIK) bilan birgalikda Konferensiya va Global forumni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar smetasi va budjetini tayyorlash.1. PIK bilan maslahatlashuvlarni inobatga olib, Oliy Majlis Senati va PI oʻrtasida imzolangan bitimdan kelib chiqqan holda xarajatlar smetasi loyihasini tayyorlash.PIK bilan kelishilgan muddatdaTashkiliy qoʻmita,Oliy Majlis Senati,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Madaniyat vazirligi,Turizm qoʻmitasi,Samarqand viloyati hokimligi,Yoshlar ishlari agentligi,“InterForum” DUK,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Konferensiya va Global forum bilan bogʻliq tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan xarajatlar smetasini tasdiqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini tayyorlash.2026-yil iyul3.Konferensiya va Global forumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha masalalarni tezkor hal qilish boʻyicha shtab (keyingi oʻrinlarda — Shtab) tashkil etish.Bunda Shtab rahbari Ishchi organga hisobdor boʻladi hamda vazirlik, idora va tashkilotlardan xodimlarni qoʻshimcha ravishda jalb qilishga haqli.1. Tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Shtab tarkibini shakllantirish, tasdiqlash hamda uning faoliyatini muntazam yoʻlga qoʻyish.2026-yil iyulTashkiliy qoʻmita2. Mavjud masalalarni tezkorlik bilan hal qilish uchun PIK bilan aloqalar oʻrnatish va yaqin hamkorlikni amalga oshirish.Muntazam ravishdaOliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi3. Tadbir ishtirokchilarini roʻyxatga olish uchun dasturiy taʼminot (maʼlumotlar bazasi) yaratish va Konferensiya hamda Global forum dasturi loyihasini ishlab chiqish.2026-yil iyulRaqamli texnologiyalar vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi,Oliy Majlis Senati,“InterForum” DUK4. Taklifnomalarni tayyorlash va ularni tadbirlar ishtirokchilariga yuborish.PIK bilan kelishilgan muddatdaOliy Majlis palatalari,Yoshlar ishlari agentligi,Tashqi ishlar vazirligi5. Tadbirlarning rasmiy veb-sahifasini ishlab chiqish (oʻzbek, rus va ingliz tillarida), uni doimiy yangilab turish va keng jamoatchilikka yetkazish.2026-yil iyul — sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi,Oliy Majlis Senati4.Barqaror rivojlanish oyligini tashkil etish.1. Barqaror rivojlanish oyligining maqsad va vazifalarini belgilash, yagona konsepsiya, respublika miqyosidagi tadbirlar rejasi va xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil iyul“Yuksalish” umummilliy harakati,Yoshlar ishlari agentligi,Oliy Majlis Senati,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi2. Respublika va hududlarda oʻtkaziladigan tematik tadbirlarni tashkil etish, ularni yoritishni taʼminlash va axborot kampaniyasini kuchaytirish.2026-yil iyul-avgust3. Barqaror rivojlanish oyligi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijalarini umumlashtirish hamda tahliliy maʼlumotnomani tayyorlash.2026-yil sentabrII. Infratuzilma obyektlarini tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar5.Samarqand shahridagi obyektlarni Konferensiya hamda Global forum va ular doirasidagi tadbirlar, sessiyalar va uchrashuvlarni yuqori darajada oʻtkazish uchun tayyorlash.1. “Silk Road Samarkand” majmuasini tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.2026-yil iyul-avgustTashkiliy qoʻmita,“Silk Road Samarkand” majmuasi,Samarqand viloyati hokimligi,Yoshlar ishlari agentligi,“InterForum” DUK,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Samarqand shahrida Konferensiya va Global forum ishtirokchilari borishi mumkin boʻlgan obyektlarni tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.2026-yil iyul-avgustTashkiliy qoʻmita,Samarqand viloyati hokimligi,Yoshlar ishlari agentligi,“InterForum” DUK,manfaatdor vazirlik va idoralar3. Samarqand shahridagi tadbirlar davomida tashrif buyuriladigan barcha obyektlarni (moddiy, madaniy meros obyektlari bundan mustasno) tayyorlash, qurish va bezash (protokol atributlari, bannerlar, kutib olish shiorlari, LED-ekranlar, yoritish uskunalari, bayroq, mebel va boshqalarni xarid qilish va ijaraga olish).Kelishuvga binoanTashkiliy qoʻmita,Samarqand viloyati hokimligi,“InterForum” DUK,manfaatdor vazirlik va idoralar4. Konferensiya va Global forum oʻtkaziladigan joylarni ovoz kuchaytirgichlar hamda BMTning oltita tili (arab, xitoy, ingliz, fransuz, rus va ispan), oʻzbek va boshqa tillarga tarjima qilish uchun zarur jihozlar bilan oʻrnatilgan tartibda taʼminlash.2026-yil avgust-sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,“InterForum” DUK,“Silk Road Samarkand” majmuasi,manfaatdor vazirlik va idoralar5. “Silk Road Samarkand” majmuasi binosining yalpi majlis, sessiyalar va barcha tegishli yigʻilishlarga tayyorligini taʼminlash, delegatsiyalar uchun ofis va muzokaralar xonalarini, shuningdek, boshqa zarur binolarni oldindan tayyor holga keltirish. Konferensiya va Global forum boʻlib oʻtadigan joylar va yoʻnalishlarda bannerlar oʻrnatish va gullar bilan bezash.PIK bilan kelishilgan muddatlarda“InterForum” DUK,“Silk Road Samarkand” majmuasi,Samarqand viloyati hokimligi,Yoshlar ishlari agentligi,manfaatdor vazirlik va idoralar6. Konferensiya va Global forum boʻlib oʻtadigan joyni PI talablari asosida barcha zamonaviy va zarur boʻlgan texnik jihozlar, shu jumladan, yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan oʻrnatilgan tartibda taʼminlash.2026-yil avgust-sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,“Silk Road Samarkand” majmuasi,“InterForum” DUK,Yoshlar ishlari agentligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar7. Konferensiya va Global forumda BMTning oltita tili (arab, xitoy, ingliz, fransuz, rus va ispan), oʻzbek va boshqa tillariga tarjima qilish uchun tarjimonlarni yollash va ularning ishi bilan bogʻliq barcha xarajatlarni qoplash.2026-yil sentabr“InterForum” DUK,Turizm qoʻmitasi,Yoshlar ishlar agentligi,Tashkiliy qoʻmita6.Mehmonlarni qabul qilish va ularning harakatlanishi uchun Samarqand shahri transport infratuzilmasini oldindan tayyorlash.1. Samarqand shahridagi transport infratuzilmasini takomillashtirish, shu jumladan, aeroport va temir yoʻl vokzalini mehmonlarni qabul qilish va harakatlanishi uchun tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.2026-yil iyul-avgustTransport vazirligi,Samarqand viloyati hokimligi,Toshkent shahri hokimligi,“Uzbekistan Airports” AJ,“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Samarqand shahridagi aeroport va temir yoʻl vokzalida Konferensiya va Global forum ishtirokchilari uchun alohida “yashil yoʻlaklar”, pasport nazorati uchun qoʻshimcha kabinalar va boshqalarni tashkil etish.2026-yil avgust-sentabr3. Tashkiliy masalalarni tezroq hal qilish uchun aeroport va temir yoʻl vokzali kelish va ketish zallarida maxsus joylarni tayyorlash.Tadbir ochilishidan ikki hafta oldin4. Konferensiya va Global forum ishtirokchilarining Samarqand shahridagi aeroport va temir yoʻl vokzalidagi “VIP”, “CIP”, “Business Lounge” zallari orqali pasport va bojxona nazoratidan belgilangan tartibda tezkorlik bilan oʻtishini taʼminlash.2026-yil avgust-sentabrTransport vazirligi,Bojxona qoʻmitasi,DXX Chegara qoʻshinlari,Toshkent shahri hokimligi,Samarqand viloyati hokimligi,“Uzbekistan Airports” AJ,“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,manfaatdor vazirlik va idoralar5. Toshkent va Samarqand shaharlaridagi aeroportlar, temir yoʻl vokzallari, koʻchalar va boshqa jamoat joylarining bezatilishi, shuningdek, “Silk Road Samarkand” majmuasi hududida va Samarqand shahrida joylashgan mehmonxonalar, ekspomarkazda ofislar, keytering hududlar va sessiya uchun zallar qurish va bezatish.2026-yil avgust-sentabrTransport vazirligi,Toshkent shahri hokimligi,Samarqand viloyati hokimligi,“InterForum” DUK,Turizm qoʻmitasiIII. Tadbirlar ishtirokchilarining Oʻzbekistonda boʻlishi bilan bogʻliq masalalarni hal qilish boʻyicha chora-tadbirlar7.Konferensiya va Global forumda ishtirok etadigan chet ellik ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalarini konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirmasdan, zarur hollarda, I. Karimov nomidagi Toshkent hamda Samarqand xalqaro aeroportlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirish.1. Tadbir delegatlari uchun kirish vizalari va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq masalalarni hal etish.2. Viza anketalarini tayyorlash va rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash.2026-yil iyul — sentabrTashqi ishlar vazirligi,Yoshlar ishlar agentligi,“InterForum” DUK,Tashkiliy qoʻmita8.Delegatsiyalar aʼzolarini Samarqand shahridagi mehmonxonalarga joylashtirish.1. “Silk Road Samarkand” majmuasi va Samarqand shahridagi boshqa mehmonxonalardagi boʻsh oʻrinlar va xonalar soni hamda xonalar toifasini tadbir tashkilotchilariga taqdim etish.2026-yil iyul-avgustTurizm qoʻmitasi2. Xorijiy delegatsiyalar (500 ga yaqin delegatlar) tomonidan band qilish uchun Samarqand shahrida tayyorlangan asosiy va zaxira roʻyxatini shakllantirish, uni Parlamentlararo ittifoq kotibiyatiga taqdim etish.2026-yil iyulTurizm qoʻmitasi3. Tadbir tashkilotchilari tomonidan ishtirokchilar soni va tarkibidan kelib chiqib, Parlamentlararo ittifoqning talablari asosida “Silk Road Samarkand” majmuasi va Samarqand shahridagi boshqa mehmonxonalarni mehmonlar darajasidan kelib chiqqan holda xonalarga joylashtirish boʻyicha reja ishlab chiqish.2026-yil iyul-avgustTurizm qoʻmitasi,Oliy Majlis Senati,Yoshlar ishlari agentligi,manfaatdor vazirlik va idoralar4. Xarajatlari Oʻzbekiston tomonidan qoplanadigan ishtirokchilar sonidan kelib chiqib (PI rahbariyati, xalqaro ekspertlar va mutaxassislar), mehmonxona xonalarini band qilish boʻyicha tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish.2026-yil iyul-avgustTurizm qoʻmitasi,Oliy Majlis Senati,“Silk Road Samarkand” majmuasi,Yoshlar ishlari agentligi,manfaatdor vazirlik va idoralar9.Konferensiya va Global forum ishtirokchilarini transport bilan taʼminlash.1. Samarqand boʻylab Konferensiya va Global forum ishtirokchilari harakatlanishini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish (xarajatlar Oʻzbekiston tomonidan qoplanadi).2026-yil iyulTransport vazirligi,Ichki ishlar vazirligi,Samarqand viloyati hokimligi,Toshkent shahri hokimligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Delegatsiyalarni avtotransport vositalari bilan taʼminlash uchun avtomobillar parkini shakllantirish, shuningdek, qoʻshimcha transport vositalarini sotib olish va ijaraga olish boʻyicha takliflar kiritish.2026-yil iyul3. Delegatsiyalarga ajratilgan avtotransport vositalari haydovchilarining xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv treninglar tashkil etish.Tadbir ochilishidan bir oy oldin4. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalarni tezkor hal etish uchun Shtabda hamda Samarqand va Toshkent shahridagi kelish va chiqish nuqtalarida (aeroport va vokzalda) avtotransport vositalarini tarqatish punktlarini tashkil etish.Tadbir ochilishidan ikki hafta oldin5. Mehmonxonalar va tadbirlar oʻtkaziladigan joy oʻrtasida ishtirokchilar harakatlanishi uchun “yashil yoʻlak” yaratish.Tadbirlarni oʻtkazish kunlarida6. Yuqori martabali ishtirokchilar, shu jumladan, PI rahbariyatiga alohida avtomashinalar biriktirish.Soʻrovga binoan10.Samarqand shahrida, kelish va ketish punktlarida mehmonlar va delegatsiyalar uchun ovqatlanishni tashkil etish.1. Ishtirokchilarning ovqatlanishi boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish (mehmonlarning ovqatlanish xarajatlari Oʻzbekiston tomonidan qoplanadi).2026-yil iyulTashkiliy qoʻmita,Samarqand viloyati hokimligi,“InterForum” DUK,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Samarqand shahrida talabga javob beradigan ovqatlanish nuqtalari roʻyxatini shakllantirish.2026-yil avgust3. Konferensiya va Global forum ishtirokchilari uchun tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda bepul ovqatlanishni tashkil etish (tushlik, kechki ovqat va kofe-breyklar).2026-yil sentabr4. Konferensiya va Global forumga tayyorgarlik koʻrish va ular boʻlib oʻtadigan kunlarda tegishli joy va hududlarda xizmat olib borish uchun jalb qilingan volontyorlar, shtab aʼzolari, xavfsizlik tashkilotlari, haydovchilar va boshqa xizmat koʻrsatuvchilar uchun nonushta, tushlik va kechki ovqatlarni tashkil etish.2026-yil avgust-sentabr11.Tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.1. Konferensiya va Global forum davomida jamoat tartibi va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha harakatlar rejasini tayyorlash va tasdiqlash.2026-yil iyulIchki ishlar vazirligi,Milliy gvardiya,Favqulodda vaziyatlar vazirligi,Samarqand viloyati hokimligi,“Kiberxavfsizlik markazi” DM,“Silk Road Samarkand” majmuasi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. PI talablarini hisobga olgan holda xavfsizlik bayonini PIK bilan kelishish.Kelishuvga binoan3. Jamoat tartibi va xavfsizlikni taʼminlash choralarini koʻrish.Tadbir davomida4. Konferensiya va Global forum oʻtkaziladigan joylarda lokal tarmoqlarda kiberxavfsizlikni taʼminlash.Tadbir davomida12.Konferensiya va Global forum ishtirokchilariga tibbiy va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish.1. Tadbirlar ishtirokchilariga tibbiy va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish rejasini ishlab chiqish.2026-yil iyulSogʻliqni saqlash vazirligi,Samarqand viloyati hokimligi,“Silk Road Samarkand” majmuasi2. “Silk Road Samarkand” majmuasi hududida, Samarqand shahrida, kelish-ketish nuqtalarida (aeroport, vokzal) ishtirokchilarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha tibbiyot punktlarini tashkil etish.2026-yil sentabr3. Ishtirokchilarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun Samarqand viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida zaxira oʻrinlarini yaratish.2026-yil sentabr13.Delegatsiya rahbarlariga vazirlik va idoralar vakillarini, shuningdek, volontyorlarni biriktirish.1. PI rahbariyati, xorijiy parlamentlar delegatsiya rahbarlariga hamrohlik qilish uchun vazirlik va idoralar vakillarini biriktirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.2026-yil iyulTashkiliy qoʻmita,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi,Tashqi ishlar vazirligi,Samarqand viloyati hokimligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Delegatsiya rahbarlariga biriktiriladigan vazirlik va idoralar vakillarining maxsus maʼlumotlar bazasini yaratish.2026-yil iyul3. Volontyorlarning yagona roʻyxatini shakllantirish, kelish-ketish nuqtalari, mehmonxonalar, tadbir oʻtadigan joylarda, xorijiy delegatsiyalarni kuzatib borishda yordam berish uchun ularni taqsimlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.2026-yil iyul4. Xorijiy ishtirokchilarga biriktirilgan gid-tarjimon hamda volontyor kuzatuvchilar uchun tushlik va kechki ovqatni tashkil etish.2026-yil sentabr“InterForum” DUK,Samarqand viloyati hokimligi5. Anjuman davomida xorijiy mehmonlarga hamrohlik qiluvchi volontyorlarni va olib yurishga biriktirilgan haydovchilarni tadbir jarayonida bir xil kiyim (uniforma) va poyabzallar bilan taʼminlash.2026-yil avgust“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,“Oʻzcharmsanoat” uyushmasiIV. Madaniy dastur va suvenir mahsulotlarini tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar14.Konferensiya va Global forum ishtirokchilari uchun belgilangan tartibda madaniy tadbirlar tashkil etish.Konferensiya va Global forum ishtirokchilari uchun Samarqand shahrida madaniy tadbirlarni tashkil etish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil iyul-avgustMadaniyat vazirligi,Madaniy meros agentligi,Turizm qoʻmitasi,Samarqand viloyati hokimligi,“InterForum” DUK,manfaatdor vazirlik va idoralar15.Konferensiya va Global forum ishtirokchilari uchun ekskursiyalar tashkil etish.1. Konferensiya va Global forum ishtirokchilari uchun Samarqand shahrida ekskursiya va koʻrgazmalar tashkil etish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.2. Xorijiy delegatsiyalarning xohish-istagiga koʻra Oʻzbekistonning boshqa tarixiy shaharlariga ekskursiya tashkil etish.2026-yil sentabrTurizm qoʻmitasi,Madaniy meros agentligi,Samarqand viloyati hokimligi,manfaatdor vazirlik va idoralar16.Tarqatma materiallar va esdalik sovgʻalarini tayyorlash.1. Ishtirokchilar uchun tarqatma materiallar tayyorlash (portfel, papka, ruchka, bloknot, koʻkrak nishoni va boshqalar).2026-yil iyul“InterForum” DUK,Oliy Majlis Senati,Yoshlar ishlari agentligi,Tashkiliy qoʻmita2. Sovgʻalarda aks ettiriladigan eskiz, logotip va boshqa atributlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil iyul3. Tarqatma materiallar, esdalik sovgʻalari, suvenirlar bilan taʼminlash.2026-yil avgustV. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish boʻyicha chora-tadbirlar17.Konferensiya va Global forumni yoritish boʻyicha keng PR-kampaniyani tashkil etish.1. Konferensiya va Global forumni yoritish boʻyicha mediarejani tayyorlash, tasdiqlash va amalga oshirish.2026-yil iyulOliy Majlis Senati,Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,Tashqi ishlar vazirligi,“Dunyo” axborot agentligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Samarqand shahrida Konferensiya va Global forumni oʻtkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida videoroliklar, bosma va boshqa materiallarni tayyorlash va nashr etish.3. Oʻzbekistonda va chet elda axborot-targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.4. Konferensiya va Global forum toʻgʻrisida axborot (anons) tayyorlash va eʼlon qilish.2026-yil avgust-sentabr18.Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish.1. Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish boshlanganligi toʻgʻrisidagi xabarni eʼlon qilish.Kelishuvga binoanTashqi ishlar vazirligi,Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi2. Konferensiya va Global forumni yoritish uchun mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazishga koʻmaklashish.Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi3. Konferensiya va Global forumni yoritish uchun xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish.Tashqi ishlar vazirligi19.Konferensiya va Forum matbuot markazi faoliyatini taʼminlash.1. Konferensiya va Global forum matbuot markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, uni oʻrnatilgan tartibda jihozlash.Kelishuvga binoanOmmaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Tashkiliy qoʻmita,“InterForum” DUK2. Konferensiya va Global forum matbuot markazini yuqori tezlikdagi simli va simsiz internet bilan oʻrnatilgan tartibda taʼminlash.3. Konferensiya va Global forum matbuot markazida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tushlik, kechki ovqat va kofe-breyklar tashkil etish.VI. Axborot-mazmuniy qism boʻyicha chora-tadbirlar20.Konferensiya va Global forum faoliyatini axborot-tahliliy taʼminlash boʻyicha axborot guruhini (keyingi oʻrinlarda — axborot guruhi) tashkil etish. Bunda:axborot guruhi tarkibi Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi;axborot guruhi tadbirlar va unda koʻtarilayotgan masalalar mazmun-mohiyatini toʻgʻri va oʻz vaqtida yetkazish boʻyicha materiallarni tayyorlaydi;axborot guruhi amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Tashkiliy qoʻmitaga doimiy axborot berib boradi.1. Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari vakillaridan (Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Parlament tadqiqotlari instituti, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va b.) iborat axborot guruhi tarkibini shakllantirish, tasdiqlash hamda uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2026-yil iyulTashkiliy qoʻmita2. Axborot guruhi tomonidan Konferensiya va Global forum faoliyatini yoritish boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlash va Shtabga taqdim etib borish.2026-yil avgust-sentabrAxborot guruhi21.Konferensiya va Global forum dasturi va kun tartibini shakllantirish.1. PIK bilan birgalikda Konferensiya va Global forum, ular doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar reglamenti, dastlabki dasturi, kun tartibini shakllantirish.2026-yil iyulTashkiliy qoʻmita,Oliy Majlis Senati,Yoshlar ishlari agentligi,Tashqi ishlar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Konferensiya va Global forum, ular doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish.2026-yil iyul-avgust3. Konferensiya va Global forum, ular doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarning yakuniy dasturi va ssenariysini ishlab chiqish.2026-yil iyul4. Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi rahbarining tadbirlar ishtirokchilari bilan uchrashuvlariga oid materiallarini tayyorlash va kelishish.2026-yil iyul-avgust22.“Samarqand — yoshlar diplomatiyasi maydonida” mavzusida maxsus kitob-albomini tayyorlash va chop etish.1. Kitob-albomning mualliflar (ijodiy guruh) aʼzolarini shakllantirish.2026-yil iyulTashkiliy qoʻmita,Yoshlar ishlari agentligi,Tashqi ishlar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Kitob-albom loyihasini tayyorlash va Tashkiliy qoʻmita bilan kelishish.2026-yil iyul3. Kitob-albomni nashr etish.2026-yil avgust23.Oliy Majlis Senati devonining PI huzuridagi Parlamentlar bosh kotiblari assotsiatsiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Assotsiatsiya) aʼzoligi doirasidagi faoliyatni tashkil etish va Assotsiatsiyaga aʼzolik badalini oʻz vaqtida toʻlab borish.1. Assotsiatsiya bilan hamkorlikni rivojlantirish. 2. Assotsiatsiya tadbirlarida muntazam ishtirok etishni taʼminlash.3. Har yillik aʼzolik badali miqdorini aniqlash.Doimiy ravishdaOliy Majlis Senati,Tashqi ishlar vazirligi4. Toʻlovlarni belgilangan tartibda amalga oshirish.Har yili 1-martga qadarOliy Majlis Senati,Iqtisodiyot va moliya vazirligiVII. Tadbirlarni oʻtkazish va uning yakunlarini keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha chora-tadbirlar24.Samarqand shahrida Konferensiya va Global forumni oʻtkazish.1. Protokol atributlarini (bayroqlar, flagshtoklar, koʻrsatkichlar, beyjiklar, belgilar va b.) hamda Oliy Majlis Senati va Parlamentlararo ittifoq oʻrtasida imzolangan bitimda koʻrsatilgan barcha zarur jihozlarni oldindan tayyorlash.2026-yil iyul-avgustOliy Majlis Senati,Bojxona qoʻmitasi,Soliq qoʻmitasi,Yoshlar ishlari agentligi,Samarqand viloyati hokimligi,“InterForum” DUK,Tashqi ishlar vazirligi,“Silk Road Samarkand” majmuasi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Konferensiya va Global forum, ularning doirasidagi tadbirlarni yuqori darajada oʻtkazish.2026-yil sentabr3. Konferensiya va Global forum tadbirlari doirasida foydalanish va tarqatish uchun respublikaga olib kelinadigan va olib chiqib ketiladigan texnik vositalar, tovarlar, buyumlar va boshqalarni QQS, bojxona toʻlovlari va yigʻimlaridan ozod etgan holda qisqa muddatlarda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish.25.Konferensiya va Global forum natijalarini yoritish.1. Konferensiya va Global forum yakunlari haqida maxsus hujjatli film tayyorlash.2. Konferensiya va Global forum natijalarini maxsus risola shaklida nashr etish.Tadbirlardan keyin bir oy mobaynidaOliy Majlis Senati,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi,Yoshlar ishlari agentligi,Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi26.Konferensiya va Global forumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha batafsil maʼlumotlarni Tashkiliy qoʻmitaga kiritib borish.1. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan oʻzlariga yuklangan vazifalar yuzasidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni Tashkiliy qoʻmitaga kiritish.2026-yil iyul — sentabrIshchi organ(Yoshlar ishlari agentligi),tegishli vazirlik va idoralar2. Ishchi organ tomonidan bu borada umumlashtirilgan axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil iyul — sentabr
Izoh: Tashkiliy qoʻmita ushbu chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning ijro muddatiga Ishchi organ kiritgan taklifga muvofiq oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
