Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo transportini boshqarish tizimi toʻgʻrisida” 1992-yil 4-fevraldagi 44-son qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (53-son)
14.02.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-fevraldagi 44-son qarorining 4-bandidagi bosh direktorining 6 nafar oʻrinbosari soʻzlaridan keyin “shu jumladan bitta birinchi oʻrinbosari” degan soʻzlar kiritilsin.
Shu bandga quyidagi tahrirdagi 2-xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi Bosh direktorining oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Kompaniyaning chet eldagi vakolatxonalari rahbarlari lavozimlariga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda aviakompaniya tomonidan tayinlanadi”.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 14-fevral,
53-son
