Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2111-1-son)
18.07.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 18-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2111-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 3-maydagi 37, 2010-20-son qarori (roʻyxat raqami 2111, 2010-yil 4-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 180-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 11-iyun,
374-son
Soliq qoʻmitasi raisi F. POʻLATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 5-iyun,
2026-11-son
Kelishildi:
Xalq banki Boshqaruv raisi SH. ATABAYEV
2026-yil 24-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 11-iyundagi 374-son va Soliq qoʻmitasining 2026-yil 5-iyundagi 2026-11-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-banddan “(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar toʻlov manbaiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini ushlab qolish va oʻtkazish majburiyati yuklatilmagan boʻlsa, soliq chegirmasi jismoniy shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyasiga asosan taqdim etilishi mumkin.”.
3. 12-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 2-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
