“Xalqaro mehnat standartlari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-242-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2243-V-son)
29.06.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Xalqaro mehnat standartlari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-242-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari N. Muxtorova, B. Artiqov, N. Inoyatova, T. Palvanov va M. Urazaliyeva tomonidan 2026-yil 15-iyunda kiritilgan “Xalqaro mehnat standartlari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-242-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 29-iyun,
2243-V-son
