“Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Toza energiya markazi ustavini (Ashxobod, 2021-yil 27-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-244-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (2247-V-son)
29.06.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Toza energiya markazi ustavini (Ashxobod, 2021-yil 27-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-244-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2026-yil 17-iyunda kiritilgan “Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Toza energiya markazi ustavini (Ashxobod, 2021-yil 27-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-244-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 29-iyun,
2247-V-son
