Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida (2250-V-son)
29.06.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2026-yil 1-iyul kuni oʻtkazilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
“Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasining xulosasi haqida;
“Davlat veterinariya nazorati takomillashtirilishi munosabati bilan “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-211-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Davlat veterinariya nazorati takomillashtirilishi munosabati bilan “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”) (ikkinchi oʻqish);
“Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-240-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
“Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan kommunal xoʻjaligi xodimi” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi QL-241-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
“Xalqaro mehnat standartlari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-242-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
“Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida abadiy yaxshi qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnomani (Ostona, 2025-yil 17-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-243-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish);
“Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Toza energiya markazi ustavini (Ashxobod, 2021-yil 27-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-244-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish);
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E. Karimovaga “Taʼlim tashkilotlarida yoshlarni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan Milliy tarbiya modelini ishlab chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 29-iyun,
2250-V-son
