“Harbiy xizmatchilarning maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi QL-214-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2213-V-son)
15.06.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 13-mayda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Harbiy xizmatchilarning maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi QL-214-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 15-iyun,
2213-V-son
