Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “hukumat soati”ni oʻtkazish toʻgʻrisida (2179-V-son)
08.06.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining takliflarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. 2026-yil 8-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida oʻtkaziladigan “hukumat soati”da “Mamlakatimizda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bandligini taʼminlash, taʼlim jarayonlarini mehnat bozori ehtiyojlari bilan uygʻunlashtirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda “Yer qaʼridan foydalanishda atrof-muhitning, yer va suv resurslarining muhofaza qilinishi hamda togʻ-kon ishlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga javoblarni eshitish haqidagi taklif maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi “hukumat soati”ga tayyorgarlik koʻrilishini hamda uning oʻtkazilishini tashkil etsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 8-iyun,
2179-V-son
