Mamlakatimizdagi ayrim daryolar, soylar, koʻllar, buloqlar, sharsharalarning nomlarini davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirish hamda ularga yangi nom berish toʻgʻrisida (377-son)
09.07.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq mamlakatimizdagi ayrim daryolar, soylar, koʻllar, buloqlar, sharsharalarning nomlarini davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirish hamda ularga yangi nom berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mamlakatimizdagi ayrim daryolar, soylar, koʻllar, buloqlar, sharsharalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, normativ-huquqiy hujjatlar, xaritalar, ish yuritish hujjatlari va xizmat yozishmalarida ushbu qaror bilan tasdiqlangan nomlardan foydalaniladi.
3. Suv xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda:
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda daryolar, soylar, koʻllar, buloqlar, sharsharalar nomlarining davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilishi hamda ularga yangi nom berilishi munosabati bilan tegishli hujjatlar, xaritalar, maʼlumotlar bazalariga oʻzgartirishlar kiritilishini;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Turizm qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda daryolar, soylar, koʻllar, buloqlar, sharsharalarda oʻrnatilgan peshlavhalar hamda axborot koʻrsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yozilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 9-iyul,
377-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 377-son qaroriga ILOVA
Mamlakatimizdagi ayrim daryolar, soylar, koʻllar, buloqlar, sharsharalar
ROʻYXATI
