Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (528-son)
22.12.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Markaziy depozitariy xizmatlari uchun tariflar miqdorini tasdiqlaydi”.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 22-dekabr,
528-son
