Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlash toʻgʻrisida (2231-V-son)
18.06.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini va Devoni xodimlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiyaning tavsiyasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Qonun ijodkorligi yoʻnalishidagi sermahsul mehnati, parlament nazorati shakllaridan foydalanishdagi faolligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, uning organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Maxmudova Robaxon Anvarovna Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 18-iyun,
2231-V-son
