“Nestle-Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasi faoliyatini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (327-son)
25.07.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Shveysariyaning “Nestle S.A.” kompaniyasi tomonidan “Nestle—Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasini rivojlantirish uchun 2006-yilgacha moʻljallangan 30 mln AQSH dollaridan hozirgi vaqtda 25,4 mln AQSH dollari oʻzlashtirilgan, ular oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha ishlab chiqarishlarni barpo etishga yoʻnaltirilgan. 450 dan ortiq ish oʻrinlari yaratilgan va 2002-yilda jahon standartlarga muvofiq boʻlgan 5 mlrd soʻmlik mahsulot sotilgan.
“Nestle—Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlarini jadal oʻzlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ichki isteʼmol bozorini ular bilan yanada toʻlaroq toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Nestle—Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasiga va uning rasmiy tayinlangan distribyuterlariga, naqd mablagʻlarni belgilangan tartibda har kuni inkassatsiya qilish sharti bilan, oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni, shu jumladan “Nestle S.A.” kompaniyasining import qilinayotgan mahsulotlarini avtofurgonlardan aholiga va yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga naqd pulli hisob-kitob bilan sotishga ruxsat etilsin.
3. “Nestle—Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasiga ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun zarur boʻlgan hajmdagi energiya manbalarini ularni yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, kvotalar belgilamasdan olish huquqi berilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 25-iyul,
327-son
