Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston-Turkiya litseylarining faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 27-maydagi 255-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (196-son)
08.05.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 255-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Oʻzbekiston — Turkiya litseylarida ishlash uchun taklif etilayotgan turkiyalik mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi iltimosnomalariga asosan kirish-chiqish vizalarini belgilangan tartibda konsullik yigʻimlari olmasdan rasmiylashtirib berish yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston — Turkiya litseylarida ishlayotgan turkiyalik fuqarolar, ularning oila aʼzolarini davlat bojlarini toʻlashdan ozod qilib, chiqish-kirish viza muddatlarini uzaytirish, turar joylardan roʻyxatdan oʻtkazish hamda boʻlish muddatlarini uzaytirish bilan bogʻliq masalalarni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi iltimosnomalariga asosan amalga oshirilishini taʼminlasin”.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 8-may,
196-son
