“Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi QL-222-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida (2145-V-son)
02.06.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi QL-222-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 2-iyun,
2145-V-son
