Xorijdan keltirilgan dori vositalarining sifat nazorati toʻgʻrisida (995-son)
29.12.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 29-dekabrda 995-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunini bajara borib, Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi “Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 307-son va 1999-yil 14-yanvardagi “Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 19-son qarorlari ijrosini taʼminlash, sotuvga chiqarilayotgan dori vositalari tannarxini oshib ketishini oldini olish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika bozorida oʻzining sifatli mahsulotlari bilan tanilgan, xalqaro GMP sertifikatiga ega chet el farmatsevtika firmalarining (ilova) mahsulotlari ulardan bevosita xarid qilinganda, har bir seriyasi toʻliq laboratoriya tahlilidan oʻtkazilmasdan ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan berilgan sifat sertifikatiga asosan sotuvga chiqarishga ruxsat etilsin.
2. Ilovada koʻrsatilgan chet el firmalarining yoki ularning distribyutorlari tomonidan yilning har choragi oxirida Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasiga Oʻzbekiston farmatsevtika bozoriga kiritilgan dori vositalarining turi, miqdori va seriyalari koʻrsatilgan maʼlumotnoma taqdim etish soʻralsin.
3. Farmatsevtika faoliyatining ulgurji savdo bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlgan litsenziatlariga:
ilovada keltirilgan chet el firmalari mahsulotlari bevosita xarid qilinganda ularning dori turlari assortimenti boʻyicha kamida 10 foizini belgilangan tartibda, vakolatlangan laboratoriyalarda tanlab tahlil qilish ishlari amalga oshirilsin;
ilovada keltirilgan firmalar mahsulotlariga ishlab chiqarish sertifikatlari taqdim etilmagan hollarda vakolatlangan laboratoriyalarda toʻliq nazorati oʻtkazish;
ushbu dori vositalarining ulgurji savdosi amalga oshirilmagan hollarda, dori vositalariga rasmiylashtiriladigan yuk xatlarida ularning seriyalari, ishlab chiqaruvchi firma setifikatlari tasdiqlangan sanasi yoki nazorat-tahlil laboratoriyasida oʻtkazilgan nazorat tahlili bayonnomasining xulosasi va qayd etish raqami koʻrsatilishini joriy etish vazifalari yuklatilsin.
4. Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi boshligʻi A. N. Yunusxoʻjayevga:
yilning har choragi yakuni natijalariga asoslanib, seriyaviy sifat nazoratidan ozod etilgan chet el firmalari roʻyxatini sifatli mahsulotlari bilan tanilgan yangi firmalar bilan toʻldirish yoki tekshiruv natijasida talablarga javob bermaydigan sifatsiz dori vositalari ishlab chiqargan firmalarni roʻyxatdan chiqarish boʻyicha takliflar kiritish vazifasi topshirilsin.
5. Ushbu buyruq kuchga kiritilishi munosabati bilan Sogʻliqni saqlash vazirligining 2000-yil 31-oktabrdagi 565-son buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu buyruq ijrosining nazorati vazir muovini M. X. Xodjibekov zimmasiga yuklatilsin.
Vazir F. Gʻ. NAZIROV
Toshkent sh.,
2000-yil 14-dekabr,
636-son
Sogʻliqni saqlash vazirligi 2000-yil 14-dekabr 636-son buyrugʻiga 1-ILOVA
SERIYAVIY SIFAT NAZORATIDAN OZOD ETILGAN ChET EL FIRMALARI ROʻYXATI
