Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yoshlari boʻyicha respublika kengashini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 4-dekabrdagi 568-son qaroriga qisman oʻzgartirish kiritish haqida (602-son)
15.12.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-dekabrdagi 568-son qarorining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston yoshlar ishlari boʻyicha respublika kengashiga Kengash aʼzolarining ayrimlari undan chiqib ketgan taqdirda Kengash tarkibiga tegishli vazirliklar, idoralar va viloyatlar hokimliklarining yangi rahbarlarini kiritish huquqi berilsin”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 15-dekabr,
602-son
