Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida (2141-V-son)
01.06.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2026-yil 2-iyun kuni oʻtkazilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
«Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida»gi QL-222-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish);
«Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida»gi QL-203-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish);
«Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat fuqarolik xizmatchisining xorijiy nufuzli oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishi uchun qoʻshimcha kafolatlarni belgilashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida»gi QL-219-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida («Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy malakasini oshirish kafolatlarini belgilashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida») (ikkinchi oʻqish).
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 1-iyun,
2141-V-son
