«Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida»gi QL-203-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida (2138-V-son)
01.06.2026
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI KENGASHINING
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 21-aprelda birinchi oʻqishda qabul qilingan «Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida»gi QL-203-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 1-iyun,
2138-V-son
