Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarini, adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida (343-son)
09.07.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sudyalarni, adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, bu organlarni yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish hamda mehnatga haq toʻlash darajasini tabaqali baravarlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
sudlar va adliya organlari va muassasalarining malaka darajalari va martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;
martaba darajalari uchun sudlar va adliya organlari va muassasalari xodimlarining lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qaroriga 5-ilova, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-dekabrdagi 589-son qaroriga 19, 24-ilovalar va Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 24-yanvardagi 33-son qaroriga 12-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Mazkur qaror 1993-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 9-iyul.,
343-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qaroriga 1-ILOVA
Malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq
MIQDORLARI
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-iyuldagi 544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 09/18/544/1541-son)
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qaroriga 3-ILOVA
Sudlar va adliya organlari va muassasalarining malaka darajalari va martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari (lavozim maoshiga nisbatan foizlarda)
Sud va adliya organlari va muassasalaridagi umumiy ish staji: 2 yildan 5 yilgacha boʻlganda — 5 % 5 yildan 10 yilgacha boʻlganda — 10 % 10 yildan 15 yilgacha boʻlganda — 15 % 15 yildan 20 yilgacha boʻlganda — 20 % 20 yildan 25 yilgacha boʻlganda — 25 % 25 yildan 30 yilgacha boʻlganda — 30 % 30 yildan ortiq boʻlganda — 40 %
Izoh.
Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustamalar toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamentida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining birinchi oʻrinbosari, Bosh vazir kotibiyati rahbarining axborot-tahlil va yuridik taʼminlash masalalariga masʼul oʻrinbosari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning bosh mutaxassisi sifatidagi ishlash davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustama toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
FHDY boʻlimlari va Nikoh uylari xodimlarining tuman (shahar) hokimliklari tizimidagi ishlagan davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustamalar toʻlashga zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qaroriga 4-ILOVA
Sudlar va adliya organlari va muassasalari xodimlarining lavozim maoshlariga martaba darajalari uchun qoʻshiladigan qoʻshimcha haq
MIQDORLARI
Izoh.
Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamentida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining birinchi oʻrinbosari, Bosh vazir kotibiyati rahbarining axborot-tahlil va yuridik taʼminlash masalalariga masʼul oʻrinbosari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning bosh mutaxassisi sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
FHDY boʻlimlari va Nikoh uylari xodimlarining tuman (shahar) hokimliklari tizimidagi ishlagan davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
