“Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (662-2-son)
28.03.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 28-martda 662-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunning 51-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Adliya vazirligida 1999-yil 5-martda 662-son bilan davlat roʻyxatiga olingan “Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Nizomga oʻzgartirishlar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 1-mart,
4/11-son
