Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-sonli “Korxona (tashkilot)larning chorak va yillik moliyaviy xisobot shakllari va hajmini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (338-1-son)
10.08.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 10-avgustda 338-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 29-apreldagi 2-son bayonining 7- bandiga muvofiq buyuraman:
1. 5-sonli buyruqning 2-bandi yillik, yarim yillik va choraklik hisobot qismi va ularni toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaning 1.3.-bandi “Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma” 2-a shakl xatboshlaridan soʻng quyidagi tahrirdagi xatboshlari bilan toʻldirilsin:
“Moliyaviy- iqtisodiy holat boʻyicha maʼlumotnoma” 2-b shakl;
2. “Moliyaviy- iqtisodiy holat boʻyicha maʼlumotnoma” 2-b shakl 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. “Moliyaviy-iqtisodiy holat boʻyicha maʼlumotnoma” 2-b shaklini toʻldirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova matni rus tilida berilgan.
4. “Moliyaviy-iqtisodiy holat boʻyicha maʼlumotnoma” 1998-yil 1-oktabrdan boshlab yuridik shaxs hisoblangan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan, choraklik va moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda topshiradi.
Moliya vaziri oʻrinbosari E. GADOYEV
Toshkent sh.,
1998-yil 26-iyun,
79-son
1-ILOVA Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1998-yil 26-iyundagi 79-son buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Moliyaviy-iqtisodiy holat boʻyicha maʼlumotnoma Spravka o finansovo-ekonomicheskom sostoyanii
