Korxona (tashkilotlar)ning yillik va chorak moliyaviy hisobot shakllari hajmini tasdiqlash (338-son)
06.05.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BuyruGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1997-yil 6-mayda 338-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunning “Moliyaviy hisobot” 16-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Chorak va yillik moliyaviy hisobotlar 1-ilovaga muvofiq, korxonalarning chorak va yillik moliyaviy shakllarini toʻlgʻazish boʻyicha koʻrsatma 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab amalga kiritilsin.
2. Chorak va yillik moliyaviy hisobot shakllari yuridik shaxslar (budjet muassasalari, sugʻurta tashkilotlari va banklardan tashqari) uchun quyidagi hajmda tasdiqlansin:
— Yillik hisobot:
“Buxgalteriya balansi” 1-shakl;
“Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot” 2-shakl;
“Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi hisobot” 2 a-shakl;
“Moliyaviy-iqtisodiy holat boʻyicha maʼlumotnoma” 2 b-shakl;
“Asosiy vositalar harakati toʻgʻrisidagi hisobot” 3-shakl;
“Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot” 4-shakl;
“Xusuciy kapital toʻgʻrisida hisobot” 5-shakl.
— Yarim yillik hisobot:
“Buxgalteriya balansi” 1-shakl;
“Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot” 2-shakl;
“Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma” 2 a-shakl;
“Moliyaviy- iqtisodiy holat boʻyicha maʼlumotnoma” 2 b-shakl;
“Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot” 4-shakl;
— Choraklik hisobot:
“Buxgalteriya balansi” 1-shakl;
“Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot” 2-shakl;
“Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma” 2 a-shakl;
“Moliyaviy- iqtisodiy holat boʻyicha maʼlumotnoma” 2 b-shakl;
Moliya vaziri oʻrinbosari V. BEGANOV
Toshkent sh.,
1997-yil 15-yanvar,
5-son
1997-yildan yil (chorak)lik hisobot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan
1997-yildan yil (choraklik)lik hisobot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan
Balansga ilova (2a- shakl) Prilojeniye k balansu (forma № 2a)
1997-yildan yil (chorak)lik hisobot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan. Utverjden prikazom Ministerstva finansov Respubliki Uzbekistan ot 15-yanvarya 1997 g. № 5 dlya godovoy (kvartalnoy) otchetnosti s 1997 g.
1997-yildan (choraklik hisobot uchun) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan. Utverjden prikazom Ministerstva finansov Respubliki Uzbekistan ot 15-yanvarya 1997 g. № 5 (dlya godovoy kartelnoy) otchetnosti 1997 g.
1997-yildan yil (chorak)lik hisobot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan. Utverjden prikazom Ministerstva finansov Respubliki Uzbekistan ot 15-yanvarya 1997 g. № 5 dlya godovoy (kvartalnoy) otchetnosti s 1997 g.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-son buyrugʻiga 2-ilova
KORXONALARNING ChORAKLIK VA YILLIK MOLIYAVIY HISOBOT ShAKLLARINI TOʻLGʻAZISh BOʻYIChA
KOʻRSATMA
1. UMUMIY KOʻRSATMALAR
1.1. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, (budjet muassasalari, sugʻurta tashkilotlari va banklardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻrayuridik shaxs hisoblangan korxonalar, hamda huquqiy shaxs hisoblanmagan, lekin mustaqil balansga va bankda hisob-kitob schyotiga ega boʻlgan korxona, birlashma va tashkilotlarning filiallari, vakolatxonalari va boshqa boʻlimlari ham choraklik va yillik moliyaviy hisobot topshiradilar. Chet el investitsiyalari ishtirokida tashkil topgan korxonalar faqat yillik moliyaviy hisobot topshiradilar.
1.2. Choraklik va yillik moliyaviy hisobot shakllarining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
1.3. Yillik moliyaviy hisobotlar quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi:
a) buxgalteriya balansi — 1- shakl
b) moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot — 2- shakl
v) asosiy vositalar harakati toʻgʻrisidagi hisobot — 3- shakl
g) pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot — 4- shakl
d) xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot — 5- shakl
e) Balansga ilova — debitorlik va kreditorlik qarzlar haqidagi maʼlumotnoma (2a- shakl).
“Moliyaviy- iqtisodiy holat boʻyicha maʼlumotnoma” 2-b shakl;
Yillik moliyaviy hisobotga, korxona faoliyatining hisobot yilidagi yakuniy natijalariga taʼsir etuvchi asosiy omillar, korxonaning yillik moliyaviy hisoboti va sof foydani taqsimlash natijalari boʻyicha koʻrilgan muhokama qarorlari, buxgalteriya hujjatlarining tekshirilganligi toʻgʻrisidagi auditorlik xulosalari bayon etilgan tushuntirish xati ilova qilinadi.
Agar kirish balansi yil boshiga oʻzgartirilgan boʻlsa, u holda hisobotga ilova qilingan tushuntirish xatida oʻzgartirish sabablari tushuntiriladi. Shuningdek, unda qabul qilingan va keyingi yilga qabul qilinishi kerak boʻlgan hisob siyosati (agar u hisobot yilidagi qabul qilingandan farq qilsa) keltiriladi.
1.4. Moliyaviy hisobot shakllarida koʻzda tutilgan hamma koʻrsatkichlar keltiriladi. U yoki bu modda (satr, ustun) toʻldirilmagan hollarda, yaʼni korxonaning kerakli aktivlari, passivlari, jarayonlari boʻlmaganda, oʻsha moddalar (satrlar, ustunlar) chizib qoʻyiladi.
1.5. Shaklning muqova kismi quyidagi tartibda toʻldiriladi:
Zaruriy qism “Korxona”da — korxonaning (belgilangan tartibda roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlariga binoan) toʻliq nomi va uning kodi OKPOga muvofiq koʻrsatiladi;
Zaruriy qism “Tarmoq (faoliyat turi)”da — tarmoq (faoliyat turi) va uning kodi OKONXga muvofiq koʻrsatiladi;
Zaruriy qism “Davlat mulkini boshqarish organida — davlat yoki hududiy (agar shunday korxona mavjud boʻlsa) korxona ustidan boshqaruv huquqiga ega boʻlgan va moliyaviy hisobot yuboriladigan organning nomi koʻrsatiladi;
Zaruriy qism “Manzilgoh”da — korxonaning aloqa uchun toʻliq manzilgohi koʻrsatiladi;
Zaruriy qism “Nazoratdagi miqdor” — korxona tomonidan toʻlgʻazilmaydi.
1.6. Yil (chorak)lik hisobot tuzishda korxona egasi va davlat manfaatlariga rioya etish, investorlar, kreditorlar, aksionerlar, soliq nozirliklari, taʼsischilar, bank muassasalari, xalqaro standartlar talablarini hisobga olish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining amaldagi farmonlaridan, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunidan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirliginining 1995-yil 4-apreldagi 17-02/28 - sonli xatidan, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksidan, hamda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishga taaʼlluqli barcha amaldagi yoʻriqnomalardan qoʻllanish zarur.
1.7. Korxona, ishlab chiqarish birlashmasi va tashkilot oʻzining barcha boʻlinmalarining faoliyat koʻrsatkichlarini hisobot shakli maʼlumotlariga kiritishi shart.
1.8. Moliyaviy hisobot tuzishda hisobot davrining eng oxirgi kalendar kuni hisobot tuzish kuni hisoblanadi.
Tugatilgan yoki qayta tashkil qilingan, mulkchilikning davlat shaklini jamoa shakliga oʻzgartirgan korxona hisobot davrida yil boshlanganidan to tugatilgan (qayta tashkil qilingan) davrigacha hisobot berishning amaldagi shakllari boʻyicha hisobot topshiradi.
Yangidan tashkil etilgan korxonalar oʻz mablagʻlari va ularning manbalarini (sotib olish, qabul qilish qiymatida) hisobotda, ularni belgilangan tartibda roʻyxatga olingan oyning 1 kunidan boshlab hisobot yilining 31-dekabriga, hisobot yilining 1-oktabridan keyin tashkil qilingan korxonalar esa, davlat tomonidan roʻyxatga olingan kunidan boshlab hisobot yilidan keyingi yilning 31-dekabriga koʻrsatadilar (Tugatilgan (qayta tashkil qilingan) korxonalar bazasida tashkil qilingan korxonalar, ularning filiallari va tarkibiy qismlari uchun ushbu tartib joriy qilinmaydi).
1.9. Korxona balansining moddalari toʻliq oʻtkazilgan aktivlar va passivlar inventarizatsiya (yoʻqlama)si maʼlumotlariga asoslangan boʻlishi kerak. Buning uchun, yillik hisobotni taqdim etishga qadar, amaldagi doimiy inventarizatsiya hayʼati aʼzolari tomonidan inventarizatsiya natijasida aniqlangan moddiy boyliklarning haqiqiy miqdori bilan buxgalteriya hisobi maʼlumotlari oʻrtasidagi farqlar toʻgʻrilanishi kerak. Shuningdek, debitor va kreditor qarzlari ham taqqoslash dalolatnomasi yoki oʻzaro tasdiqlangan hisob-kitob qoldiqlari rasmiylashtirilgan xatlar asosida inventarizatsiya oʻtkazilgan boʻlishi kerak. Yillik hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida, oʻtkazilgan inventarizatsiya soni va natijalari shuningdek, inventarizatsiya oʻtkazilmagan boʻlsa, uning sabablari aks ettirilishi shart.
1.10. Balans moddalarining miqdori moliya, soliq organlari va bank muassasalari hisob-kitobi bilan kelishilgan va aynan bir xil boʻlishi shart. Ushbu hisob-kitoblar boʻyicha noaniq miqdorlarni balansda qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
1.11. Moliyaviy hisobot va buxgalteriya balansida birorta oʻchirish yoki buzib toʻgʻrilash boʻlmasligi kerak. Agar shunday hollarga yoʻl qoʻyilsa, xato tuzatilgan sana koʻrsatilgan holda hisobot va balansga imzo chekib tasdiklangan shaxslarning tegishli izohlari boʻlishi shart.
1.12. Oʻtgan yil hisoboti (u tasdiqlangandan soʻng) maʼlumotlarining ham, joriy hisobot maʼlumotlarining ham notoʻgʻriligi eʼtirof etilsa, bu narsa joriy hisobotda (xatoga qaysi davrda yoʻl qoʻyilgan boʻlsa oʻsha davr hisobiga, chorak, yil boshidan) toʻgʻrilanadi.
Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish mobaynida ishlab chiqarish xarajatlariga, unga bogʻliq boʻlmagan xarajatlarni qoʻshish natijasida daromadni yashirilganligi yoki moliyaviy natijani kamaytirilganligi aniqlangan hollarda, oʻtgan yilgi buxgalteriya hisobi va hisobotiga oʻzgartirish kiritilmasdan, balki hisobot davrida aniqlangan oʻtgan yillar foydasi koʻrinishida joriy hisobotda aks ettiriladi.
2. BUXGALTERIYA BALANSI (1- shakl)
2.1. Balans tuzishga qadar, joriy yil oxiriga analitik schyotlarning oborot (aylanma)lari va qoldiqlari bilan Bosh kitob schyotlarining oborot (aylanma)lari va qoldiqlari albatta taqqoslanishi zarur.
2.2. Oʻtgan yil oxiriga boʻlgan balans maʼlumotlari korxonaning tashkiliy qayta qurilishi, tovar-moddiy qiymatliklarining qayta baholanishi va boshqa shunga oʻxshashlarni hisobga olgan holda, 3- ustunda, yaʼni kirish balansining yil boshiga koʻrsatiladi.
2.3. Balansning yil boshiga va yil oxiriga maʼlumotlarining bir-biriga mos boʻlishi uchun, tasdiqlangan balans moddalari yil oxiriga boʻlgan balans moddalari va guruhlangan boʻlimlariga mos keltirilishi shart.
2.4. “Asosiy vositalar” moddasida ham harakatdagi, ham konservatsiya yoki zaxiradagi asosiy vositalar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Shuningdek, bu moddada yer unumdorligini oshirishga (melioratsiyalash, ularning zaxini yuvish, irrigatsion va boshqa ishlar) qilingan kapital qoʻyilmalar, ijaraga olingan binolar, inshootlar, jihozlar va asosiy vositalarga kiruvchi boshqa obyektlar ham aks ettirilib, hamda bu moddada korxona tomonidan amaldagi Qonunchilikka binoan, yer uchastkalarini sotib olishga haqiqatda qilingan xarajatlar ham koʻrsatiladi.
Ijarachi va ijaraga beruvchi oʻrtasida tuzilgan ijara shartnomasi (yoki qoʻshimcha ahdlashuv)ga binoan ijaraga olingan asosiy vosita ijara muddatining tugashi bilan yoki shartnomaga muvofiq sotib olish bahosini oʻtkazib berish bilan ijarachi mulki hisoblanadigan asosiy vositalar, hamda 03 “Uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotida hisobga olinuvchi uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar ham koʻrsatiladi.
Korxonaning 01 “Asosiy vositalar” va 03 “Uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotlarida hisobga olingan asosiy vositalar boʻyicha hisoblangan eskirish miqdorlar ushbu moddada alohida koʻrsatiladi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashda, asosiy fondlarni toʻliq qayta tiklashda belgilangan yagona amortizatsiya ajratmalari meʼyorlaridan foydalanish kerak.
2.5. “Nomoddiy aktivlar” moddasida korxona oʻz xoʻjalik faoliyati davomida uzoq davr mobaynida foydalanadigan va unga daromad keltiradigan nomoddiy obyektlarga qilingan xarajatalarini koʻrsatadi. Bularga, tabiiy resurslardan, yer maydonlaridan foydalanish huquqlari, patentlar, litsenziyalar, aqliy mulk, tashkiliy xarajatlar va boshqalar kiradi. Nomoddiy aktivlar taʼsischilar (mulkdorlar) tomonidan korxona Ustav kapitaliga hissa tarzida qoʻyilgan boʻlishi yoki korxona oʻz faoliyati davomida sotib olgan boʻlishi mumkin.
Ushbu modda boʻyicha nomoddiy aktivlar ham boshlangʻich, ham qoldiq qiymatlarida alohida, shuningdek hisoblangan eskirish miqdorlarida keltiriladi. Nomoddiy aktivlarni eskirishi korxona tomonidan ularning boshlangʻich qiymati va ulardan foydalanish muddatlaridan kelib chiqqan holda (lekin korxonaning faoliyat koʻrsatish muddatidan oshmagan holda) hisoblangan oylik meʼyorlari boʻyicha hisoblanib, oyma-oy mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga (davr xarajatlariga) olib boriladi. Xizmat qilish muddatlarini aniqlab boʻlmaydigan nomoddiy aktivlar boʻyicha eskirish meʼyori besh yilga, lekin korxonaning faoliyat koʻrsatish muddatidan oshmagan holda) belgilanadi.
2.6. “Kapital qoʻyilmalar” moddasida xoʻjalik va pudrat usullarida olib borilayotgan, tugallanmagan qurilishlar qiymati buyurtmachi tomonidan aks ettiriladi.
Asosiy podani tashkil etish, geologiya-qidiruv ishlari boʻyicha xarajatlar, shuningdek, shu maqsadlarda vaqtinchalik foydalanish uchun korxonalar tomonidan boʻnak (avans) tarzida berilgan qoʻyilmalar hisobi ham shu moddada aks ettiriladi.
Oʻrnatish uchun moʻljallangan korxona omboridagi jihozlar ehtiyot qismlarining haqiqiy qiymati ham shu moddada aks ettiriladi.
2.7. “Shuʼba korxonalaridagi aksiyalar” (040- satr) moddasida 06 “Uzoq muddatli moliyaviy qoʻyilmalar” (06-1 “Paylar va aksiyalar” subschyotida) schyotining analitik qismida hisobga olinuvchi shuʼba korxonalar aksiyasiga qoʻyilgan mablagʻlar miqdori maʼlumotlar koʻrsatiladi.
2.8. “Shuʼba korxonalariga berilagan qarzlar” (050- satr) moddasida 06 “Uzoq muddatli moliyaviy qoʻyilmalar” (06-3 “Berilgan qarzlar” subschyotida) schyotida hisobga olinadigan shuʼba korxonalarga berilgan qarzlar miqdori aks ettiriladi.
2.9. “Uyushma korxonalaridagi aksiyalar” (060- satr) moddasida analitik holda 06 “Uzoq muddatli moliyaviy qoʻyilmalar” (06-1 “Paylar va aksiyalar” subschyotida) schyotida hisobga olinuvchi uyushgan korxonalar aksiyasiga qoʻyilgan mablagʻlar miqdori koʻrsatiladi.
2.10. “Uyushma korxonalariga berilgan qarzlar” (070- satr) moddasida 06 “Uzoq muddatli moliyaviy qoʻyilmalar” (06-3 “Berilgan qarzlar” subschyotida) schyotida hisobga olinadigan uyushma korxonalariga berilgan qarzlar miqdori aks ettiriladi.
2.11. “Uzoq muddatli investitsiyalar” (080- satr) moddasida davlatning daromad keltiruvchi aktivlariga (qimmatbaho qogʻozlar-aksiya, obligatsiyalariga), Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etilgan boshqa korxonalar ustav fondiga (uyushma va shuʼba korxonalar ustav fondi bularga kirmaydi) va boshqa shu kabilarga qilingan (bir yildan kam boʻlmagan muddatga) investitsiyalar miqdori koʻrsatiladi (boshqa korxonalarga berilgan qarzlar bunga kirmaydi).
Moliyaviy qoʻyilmalar belgilangan qonunchilikka koʻra qilingan haqiqiy xarajatlar miqdorida hisobga olinadi.
Agar, investor dividend olish huquqiga ega boʻlib, qoʻyilma uchun masʼuliyatni oʻziga olganda, toʻliq toʻlanmagan aksiya va paylarning toʻliq sotib olish qiymati balansning aktivida, toʻlanmagan qiymati esa, balans passivining kreditorlar moddasida koʻrsatiladi. Boshqa hollarda, sotib olishga moʻljallangan aksiya va paylar uchun oʻtkazilgan miqdorlar balans passivining debitorlar moddasida koʻrsatiladi.
2.12. “Boshqa qarzlar” (090- satr) moddasi boʻyicha 06” Uzoq muddatli moliyaviy qoʻyilmalar” schyotida hisobga olinadigan va yuqoridaga moddalarda hisobga olinmagan uzoq muddatli qarzlar miqdori koʻrsatiladi.
2.13. “Boshqa aktivlar” (100- satr) moddasida yuqoridagi moddalarda keltirilmagan uzoq muddatli vositalar va qoʻyilmalar koʻrsatiladi. Shu bilan birga, ijaraga beruvchi — korxona 09 “Kirimga olinadigan ijara majburiyati” schyotida hisobga olinuvchi uzoq muddatga berilgan asosiy vositalar majburiyatining qoldiq miqdorini koʻrsatadi.
2.14. “I boʻlim boʻyicha JAMI” (110- satr) moddasida 012-satr, 022- satr, 030- satr, 040- satr, 050- satr, 060- satr, 070- satr, 080- satr, 090- satr, 100- satrlar yigʻindisi koʻrsatiladi”.
2.15. Balans aktivining II-boʻlimi “Oborot aktivlari”da korxona qisqa muddatli aktivlarining miqdori koʻrsatiladi.
2.16. “Ishlab chiqarish zaxiralari” (120-satr) moddasida 10 “Materiallar” schyotida hisobga olinadigan xomashyo zaxiralar, asosiy va yordamchi materiallar, chiqindilar qaytimi, yoqilgʻi, sotib olingan yarim fabrikatlar (yarim tayyor mahsulotlar) va butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, boʻsh idishlar va boshqa moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi, kambaholi va tez eskiruvchi buyumlar, shu jumladan maxsus asbob-uskunalar va moslamalar, maxsus oyoq kiyimlar va yotoq jihozlarining qoldiq qiymati ( 12 “Kambaholi va tez eskiruvchi buyumlar” schyotida hisobga olingan buyumlarni dastlabki qiymati bilan Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq hisoblangan va 13 “Kambaholi va tez eskiruvchi buyumlarni eskirishi” schyotida hisobga olingan eskirish miqdori oʻrtasidagi farq) koʻrsatiladi.
Ishlab chiqarish zaxiralarini hamda kambaholi va tez eskiruvchi buyumlarni hisobga olish uchun foydalanilgan 15 “Materiallarni tayyorlash va sotib olish” va 16 “Materiallar qiymatdagi farqlar” schyotlaridagi koʻrsatilgan qiymatliklar “Ishlab chiqarish zaxiralari” moddasida aks ettiriladi.
2.17. “Tugallanmagan ishlab chiqarish” (130- satr) moddasida tugallanmagan ishlab chiqarish va ishlar (xizmatlar) boʻyicha xarajatlar yaʼni buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining “Ishlab chiqarish xarajatlari” boʻlimi schyotlarida hisobga olinadigan xarajatlar koʻrsatiladi. Buning uchun tugallanmagan ishlab chiqarish, Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1995-yil 27-yanvarda tasdiqlangan 9-sonli “Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq daromaddan olinadigan soliqni hisoblashda eʼtiborga olinadigan rejalashtirish, hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini kalkulatsiyalash boʻyicha uslubiy tavsiyanomalarga muvofiq hisoblangan bahoda aks ettiriladi.
Korxonalar (qurilish, ilmiy, qidiruv bilan shugʻullanuvchi) joriy yilda buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnoma asosida alhida mohiyatga ega boʻlgan tugallangan ish bosqichlari uchun hisob-kitob qiladi va uni 36 “Tugallanmagan ishlab chiqarish boʻyicha bajarilgan bosqichlar” schyotida hisobga oladi. Bunda buyutmachi balansga faqatgina toʻliq tayyor mahsulotlarni qoʻshadi.
Buxgalteriya hisobida tugallangan, belgilangan tartibda qabul qilingan va toʻlangan bosqichlar yoki schyotlarning (bank tomonidan toʻlashga qabul qilingan) haqiqiy xarajatlar miqdori 20 “Asosiy ishlab chiqarish” schyotidan 46 “Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish” schyotining debetiga chiqim qilinadi. Bir vaqtning oʻzida toʻlangan yoki toʻlovga qabul qilingan schyotlardagi miqdorga 36-schyot debeti bilan 46 “Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish” schyoti krediti tarzida korrespondensiyalanadi. Buyurtmachilardan tugallangan va qabul qilingan etaplar uchun toʻlangan mablagʻlar miqdori 51 “Hisoblashish” schyoti debetiga va 64 “Olingan avanslar (boʻnaklar) boʻyicha hisoblashuvlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Hamma ishlar tugatilishi bilan 36-schyotda hisobga olingan buyurtmachi tomonidan jami etaplar uchun toʻlangan haq qiymati 62 “Xaridor va buyurtmachilar bilan hisoblashuvlar” schyotini debetiga yoziladi.
62-schyotda hisobga olingan toʻliq tugatilgan ishlar qiymati olingan boʻnak (avans) hisobiga (64-schyot debeti va 62- schyot kreditlari boʻyicha yozuv qilinadi) va buyutmachilardan oxirgi hisob-kitobga koʻra olingan miqdor hisobiga (51-schyot debet va 62- schyot krediti) yopiladi.
Shuningdek, ushbu moddada qishloq xoʻjaligining tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari tayyor mahsulot ishlab chiqarish qiymati ayirilgan holda aks ettiriladi va hisobot davrining oxiriga nisbatan tugallanmagan asosiy vositalarni taʼmirlash ishlari boʻyicha xarajatlar koʻrsatiladi.
2.18. “Tayyor mahsulot” (140- satr) moddasida buyutmachilar bilan tuzilgan shartnoma asosida va tegishli texnik shartlarga hamda standartlarga muvofiq barcha qismlari bilan butlangan va qabul qilish uchun sinovdan oʻtkazilgan, toʻliq ishlab chiqarilgan mahsulotlar qoldigʻi haqiqiy ishlab chiqarish tannarxida koʻrsatiladi. Koʻrsatilgan talablarga javob bermaydigan mahsulotlar, topshirilmagan ishlar tugallanmagan hisoblanadi va tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibida koʻrsatiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun 37 “Chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)” schyotidan foydalanganda, tayyor mahsulot ushbu moddada meʼyoriy (reja) tannarxda aks ettiriladi.
2.19. “Olib sotiladigan tovarlar” (150- satr) moddasida oʻz Nizomiga koʻra savdo va umumiy ovqatlanish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar sotib olgan tovarlar qoldigʻining qiymatini koʻrsatadi. Bunda umumiy ovqatlanish korxonalari oshxona va omborlarda qolgan xomashyolarni, shuningdek yemakxonalardagi tovarlarning qoldigʻini koʻrsatadi.
Bu moddada sanoat va boshqa ishlab chiqarish korxonalari sotish uchun keltiriladigan mahsulotlarni, materiallarni, buyumlarni, shuningdek sanoat korxonalaridagi keltirilgan mahsulotlarni (lekin chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga koʻshilmaydigan), yaʼni xaridor tomonidan alohida haq toʻlanadigan tayyor buyumlar qiymatini koʻrsatadi.
Ushbu moddada tovarlar qiymati sotish va sotib olish baholarida alohida, shuningdek mol yetkazib beruvchilar tomonidan beriladigan chegirmalar va tovarlarga qoʻyilgan ustama baho miqdorlari alohida keltiriladi.
2.20. “Kelgusi davr sarflari” (160- satr) moddasida hisobot yilida qilingan, lekin kelgusi hisobot davrlarida ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga olib boriladigan, yaʼni vaqt oraligʻida uzilishi lozim boʻlgan xarajatlar miqdori koʻrsatiladi. Bunday xarajatlarga shu bilan birgalikda asosiy vositalarni oʻz vaqtidan tashqari oʻtkazilgan taʼmirlash (taʼmirlash fondi tashkil qilinmagan korxonalar boʻyicha), obuna, oldindan toʻlangan ijara haqi va boshqa xarajatlar ham kiradi.
2.21. “Pul mablagʻlari” (170-satr) moddasida korxonaning 51 “Hisoblashish”, 55 “Banklardagi maxsus schyotlar”, 56 “Pulli hujjatlar”, 57 “Yoʻldagi yuborilgan pullar” schyotlaridagi pul mablagʻlarining qoldiq miqdorlari soʻmlarda koʻrsatiladi. Balansning bu moddasida aks ettirilgan mablagʻlar miqdori bank koʻchirmalaridagi miqdorlarga mos kelishi shart.
2.22. “Valyuta mablagʻlari” (180- satr) moddasida korxona bankdagi valyuta schyotlari va valyuta gʻaznasidagi mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan hisobot davrining oxirgi kuniga belgilangan kurs boʻyicha soʻmga aylantirilgan valyuta mablagʻlarning qoldigʻini koʻrsatadi.
2.23. “Gʻaznadagi pul mablagʻlari” (190- satr) moddasida balans tuzilgan kunga korxona gʻaznasidagi milliy valyuta mablagʻlarining qoldigʻi koʻrsatiladi.
2.24. “Qisqa muddatli qoʻyilmalar” (200- satr) moddasida korxonalarga, boshqa korxonalarning qimmatbaho qogʻozlariga, foizli davlat obligatsiyalari va mahalliy qarzlarga, shunga oʻxshash boshqalarga qilingan qoʻyilmalar (investitsiyalar) (bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga) va shu bilan birga boshqa korxonalarga berilgan qarzlar miqdori koʻrsatiladi.
2.25. “Sotib olingan xususiy aksiyalar” (210-satr) moddasida korxona oʻzi chiqargan xususiy aksiyalarini qayta sotib olib, keyinchalik tarqatish uchun bir yil muddatgacha oʻzida saqlagan aksiyalar miqdori koʻrsatiladi. Sotib olingan xususiy aksiyalar 56 “Pulli hujjatlar” schyotida hisobga olinadi. Foyda taqsimlanishida sotib olingan xususiy aksiyalar boʻyicha dividendlar hisoblanmaydi.
2.26. “Xaridor va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar” (220-satr) moddasida xaridorlarga joʻnatilgan tovarlar, buyurtmachilarga (xaridorlarga) topshirilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar toʻliq haqiqiy tannarxda, moliyaviy natijani aniqlashda esa joʻnatish yoki smeta qiymatlarida korxona hisob-kitob (yoki boshqa) schyotlariga toʻlovlar kelib tushgunga qadar yoki oʻzaro toʻlov talabnomalarida hisobga olingunga va olingan veksellar bilan taʼminlangunga qadar koʻrsatiladi.
2.27. “Boʻnak (avans) toʻlovlari” (230- satr) moddasida boshqa korxonalarga keyinchalik hisoblashishlar uchun toʻlangan boʻnak (avans) miqdorlari koʻrsatiladi.
2.28. “Budjet bilan hisoblashishlar” moddasida soliq va moliya muassasalariga boʻlgan qarzlar, shu bilan birgalikda soliqlar boʻyicha koʻp toʻlanganlik holatlari qoʻshilgan holda, budjetga boʻlgan yigʻma va boshqa toʻlovlar koʻrsatiladi. Bundan tashqari, bu moddada 19 “Sotib olingan qiymatliklar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi” schyotida hisobga olinuvchi koʻshilgan qiymat soligʻining miqdori ham koʻrsatiladi.
2.29. “Xodimlar bilan hisoblashishlar” (250- satr) moddasida korxona ishchilarining bank yoki shu korxona mablagʻlari hisobiga olgan ssuda va qarzlari, korxonaga keltirilgan moddiy zararni qoplash va shu kabilar boʻyicha boʻlgan qarzlar koʻrsatiladi. Shu bilan birgalikda bu moddada jamoa va shaxsiy uy-joy qurilishiga yoki dala hovli sotib olish va bogʻ uchastkalarida yashash sharoitini yaxshilash uchun xodimlarga berilgan qarzlar, yosh oilalarga yashash sharoitlarini yaxshilash va uy xoʻjaligini tashkil etish uchun beriladigan foizsiz ssudalar aks ettiriladi.
2.30. Korxona balansining aktiv va passividagi “Shuʼba korxonalar bilan hisoblashishlar” (260- satr) moddasida, shuʼba koxonalari bilan boʻlgan joriy operatsiyalar (balanslararo hisoblashuvlar) boʻyicha maʼlumotlar aks ettiriladi. Bunda shuʼba korxonasi timsolida huquqiy shaxs hisoblanuvchi hamda investitsion va moliyaviy faoliyatini belgilash huquqi asosiy korxonaga doimiy ravishda berilgan korxonalar tushuniladi. Asosiy korxona va uning shuʼba korxonasi boʻyicha maʼlumotlar jamlanishi lozim. Yigʻma hisobotda koʻrsatilgan moddalar jamlanadi.
2.31. “Uyushma korxonalari bilan hisoblashishlar” (270- satr) moddasida uyushma korxonalari bilan boʻlgan joriy jarayonlar boʻyicha 78 “Shuʼba (qaramogʻidagi) korxonalar bilan hisoblashuvlar” va 79 “Ichki xoʻjalik hisoblashuvlari” schyotlarida yuritiladigan hisob-kitob maʼlumotlari aks ettiriladi.
2.32. “Taʼsischilar bilan hisoblashishlar” (280- satr) moddasi boʻyicha 75 “Taʼsischilar bilan hisoblashishlar” schyotida (“Taʼsischilarning ustav kapitaliga qoʻshgan ulushlari boʻyicha hisoblashishlar” subschyotida) hisobga olinadigan korxona taʼsischilarining Ustav kapitali boʻyicha qarzlari koʻrsatiladi.
2.33. “Boshqa debitorlar” (290- satr) moddasida hisobdor shaxslarning, tovar-moddiy qiymatliklarni qabul qilish paytida aniqlangan kamomadlar boʻyicha mol yetkazib beruvchilarning qarzlari koʻrsatiladi. Shuningdek, bu moddada xoʻjalik faoliyati natijalariga olib boriladigan, yaʼni qarzdor tomonidan tan olingan yoki sud, arbitraj va boshqa muassasa tomonidan ularni undirish toʻgʻrisidagi qarori bilan olingan jarimalar, peniyalar va neustoykalar aks ettiriladi.
2.34. “P- boʻlim boʻyicha JAMI” (300- satr) moddasida 120-, 130-, 140-, 150-, 160-, 170-, 180-, 190-, 200-, 210-, 220-, 230-, 240-, 250-, 260-, 270-, 280-, 290- satrlar yigʻindisi koʻrsatiladi.
2.35. “Balansning aktivi boʻyicha JAMI” (310- satr) moddasida 110- va 300- satrlar yigʻindisi yordamida topiluvchi balans aktivining umumiy yigʻindisi koʻrsatiladi.
2.36. Balansning passivi ikki boʻlimdan, “Xususiy kapital” va “Majburiyatlar”dan tarkib topgan.
2.37. “Ustav kapitali” (320- satr) moddasida korxona taʼsischilarining Ustav kapitaliga qoʻshgan hissalar (qismlar, nominal qiymatdagi aksiyalar, pay badallar) majmui, yaʼni taʼsis hujjatlarida roʻyxatga olingan miqdorlar koʻrsatiladi.
Balansda ustav kapitali va taʼsischilarning ustav kapitaliga qoʻshishi kerak boʻlgan haqiqiy qarzi alohida koʻrsatiladi.
2.38. “Qoʻshilgan kapital” (330- satr) moddasida korxona oʻz aksiyalarini nominal qiymatdan yuqori baholarda birlamchi sotishdan olingan emissiya daromadlari miqdori koʻrsatiladi. Qoʻshilgan kapitalni hisobi 85-2 “Qoʻshilgan kapital” schyotida yuritiladi.
2.39. “Rezerv kapitali” (340- satr) moddasida korxona nizomiga muvofik, foyda hisobidan tashkil qilingan rezervlar, mol-mulkni qayta baholashda tashkil etilgan rezervlar, shuningdek begʻaraz olingan mulklar va hissadorlik (oʻrtoqchilik) jamiyatlarining mulklarini oshiradigan boshqa (pulli mablagʻlardan tashqari) tushumlar miqdori koʻrsatiladi.
2.40. Choraklik hisobotning “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” (350- satr) moddasida sof (netto) foyda, yaʼni tayyor mahsulot, yarim fabrikat, sotib olingan mahsulot, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar sotilishidan koʻrilgan moliyaviy natijalar, shuningdek operatsion daromad va tushumlar, 26 “Davr xarajatlari” schyotidagi xarajatlar, korxonaning moliyaviy faoliyati boʻyicha daromad va xarajatlari, favqulotdagi, yaʼni tasodifiy foyda va daromadlar aks etuvchi 80 “Foyda va zararlar” schyoti bilan hisobot yili mobaynida toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar, shuningdek yakuniy hisoblanilgan foyda (daromad) soligʻi va atrof muhitni tozalash uchun mahalliy yigʻimlar aks etuvchi 81 “Hisoblangan va toʻlangan foyda (daromad) soligʻi” schyot qoldiqlari oʻrtasidagi farq koʻrsatiladi.
Hisobot yili oxirida 81 “Hisoblangan va toʻlangan foyda (daromad) soligʻi” schyotining debetida yigʻilgan miqdor 80 “Foyda va zararlar” schyotining debetiga olib borilib 81 schyot yopiladi va 1-yanvarga nisbatan qoldiq qolmaydi.
Hisobot yilida 80 schyotda qoladigan qoldiq foyda (zarar) 87 “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” schyotining (zarar) debetiga yoki (sof foyda) kreditiga olib boriladi va schyot yopiladi. 87 schyotda koʻzda tutilgan subschyotlar bundan keyin foydalanilmaydi.
Yillik hisobotda 87 “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” schyotining kreditiga oʻtkazilgan foyda 150-satrda ham koʻrsatiladi. Shu bilan birga (agar bu schyotda (alohida subschyotida) oʻtgan yillar taqsimlanmagan foyda qoldigʻi boʻlsa), hisobot yilidagi taqsimlanmagan foyda qoldigʻi oʻtgan yilgisi bilan qoʻshilib koʻrsatiladi.
Agar korxona zarar koʻrsa, u holda bu zarar shu satrda “manfiy” belgi bilan chorak oxirida koʻrsatiladi. Shu bilan birga 81 “Hisoblangan va toʻlangan foyda (daromad) soligʻi” schyot qoldigʻining 80 “Foyda va zararlar” schyot qoldigʻidan ortiq miqdori ham “manfiy” belgi bilan koʻrsatiladi.
Hisobot yilidagi korxona zarari, dekabr oyidagi 80 “Foyda va zararlar” schyotining yakuniy oborotlari 87 “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” schyotining krediti bilan korrespondensiyalashgandan keyin “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” moddasida koʻrsatiladi. Hisobot davrining olingan zarar miqdori ham yil mobaynida shu satrda aks ettiriladi.
2.41. “Maqsadli tushum va fondlar” (360- satr) moddasida maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun 96 “Maqsadli moliyalashtirish va tushumlar” schyotida hisobga olingan budjetdan, tarmoq va tarmokdan tashqari maxsus maqsadlarga moʻljallangan fondlardan, boshqa korxona va jismoniy shaxslardan kelgan pul mablagʻlarining qoldigʻi koʻrsatiladi.
2.42. “Kelgusi davr sarflari va toʻlovlari uchun rezervlar” (370- satr) moddasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-martdagi 164-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Republikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ishchilar taʼtiliga haq toʻlash, har yilgi mukofot toʻlovlari, yaʼni xizmat koʻrsatishi, asosiy vositalarni taʼmirlash va shunga oʻxshash maqsadlar uchun rezervlangan mablagʻlar qoldigʻi koʻrsatiladi. Xarajatlarning rezervlanishi, ularni ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga bir tekisda qoʻshish imkonini beradi.
2.43. “Kelgusi davr daromadlari” (380-satr) moddasida hisobot davrida olingan, lekin keyingi hisobot davrlariga tegishli boʻlgan mablagʻlar (ijara haqlari va shu kabilar), shuningdek amaldagi tartibga binoan 83 “Kelgusi davr daromadlari” schyotida hisobga olinadigan boshqa miqdorlar koʻrsatiladi.
2.44. “I boʻlim boʻyicha JAMI” (390- satr) moddasida 320-, 330-, 340-, 350-, 360-, 370-, 380- satrlar yigʻindisi koʻrsatiladi.
2.45. “Uzoq muddatli qarzlar” (400- satr) moddasida boshqa korxona va muassasalardan (banklardan tashqari) olingan uzoq muddatli (toʻlovni uzish muddati bir yildan kam boʻlmagan) qarz miqdorlari koʻrsatiladi.
Ijaraga beruvchidan uzoq muddatli ijara sharti bilan olingan asosiy vositalar boʻyicha hisoblashishlar holati (ijarachi uchun, 97 “Ijara majburiyatlari” schyotida hisobga olinuvchi kreditorlik qarzi) ijarachi tomonidan 03 “Uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotida hisobga olinib, uning miqdori ham shu satrda koʻrsatiladi.
2.46. “Uzoq muddatli kreditlar” (410- satr) moddasida bank bilan kelishilgan holda ulardan olingan uzoq muddatli (toʻlovni uzish muddati bir yildan kam boʻlmagan) kreditlar boʻyicha qarzlar miqdori koʻrsatiladi.
2.47. “Qisqa muddatli qarzlar” (420- satr) moddasida 94 “Qisqa muddatli qarzlar” schyotida hisobga olinuvchi boshqa korxonalar va muassasalardan (banklardan tashqari) olingan qisqa muddatli (toʻlovni uzish muddati bir yildan koʻp boʻlmagan) qarzlar boʻyicha qarz miqdorlari koʻrsatiladi.
2.48. “Qisqa muddatli kreditlar” (430-satr) moddasida bank bilan kelishilgan holda, ulardan olingan (toʻlovni uzish muddati bir yildan koʻp boʻlmagan) kreditlar miqdori koʻrsatiladi.
Shu bilan birga bu moddada 93 “Xodimlar uchun bank kreditlari” schyotida hisobga olinuvchi yakka tartibda uy-joy, dala hovli qurish, boshqa maqsadlar uchun xodimlarga berilgan bank ssudalari, shuningdek savdo korxonalariga ular tomonidan xodimlarga kreditga sotilgan tovarlar miqdorini qoplash boʻyicha qarzlar miqdori koʻrsatiladi.
2.49. “Xaridor va buyurtmachilardan (schyotlarga kelib tushgan) olingan boʻnaklar” (440- satr) moddasida 64 “Olingan boʻnaklar bilan hisoblashishlar” schyotida hisobga olinuvchi boshqa tashkilotlardan keyingi hisob-kitoblar boʻyicha olingan boʻnaklar miqdori koʻrsatiladi.
2.50. “Kreditorlar” guruhi boʻyicha korxonaning mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga, budjetga, ish haqi boʻyicha korxona xodimlariga, sotsial sugʻurta va taʼminot muassasalariga va hokazolarga kreditorlik qarzlari aks ettiriladi. Balansga har bir “Kreditorlar” guruhi tarkibida kiruvchi koʻrsatkichlar ushbu Koʻrsatmaning 2.51- 2.59- bandlarida yoziladi.
2.51. “Mol yetkazib beruvchilar” (450-satr) moddasida kirim qilingan moddiy qiymatlik, bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga, shuningdek fakturalanmagan mollar uchun mol yetkazib beruvchilarga qarzlar miqdori aks ettiriladi. Bundan tashqari, bu erda 60”Mol yetkazib beruvchi va pudratchi bilan hisoblashishlar” schyotida hisobga olinadigan mol yetkazib beruvchi, pudratchi va boshqa kreditorlarga molni yetkazib berish, ish va xizmatlarni taʼminlash uchun korxona tomonidan berilgan veksellar boʻyicha qarzlar miqdori ham koʻrsatiladi.
2.52. “Budjet boʻyicha qarzlar” (460- satr) moddasida korxona budjet toʻlovlarining barcha turlari boʻyicha, shu bilan birga korxona xodimlaridan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha qarzlar koʻrsatiladi.
2.53. “Mehnatga haq toʻlash boʻyicha qarzlar” (470- satr) moddasida hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan mehnat haqi miqdorlari koʻrsatiladi.
Balans aktivining “Boshqa debitorlar” moddasida ish haqi toʻlovlari boʻyicha hisob-kitob va sugʻurtalar aks etuvchi schyotlarning debet qoldigʻi koʻrsatiladi.
2.54. “Ijtimoiy sugʻurta va taʼminot boʻyicha qarzlar” (480- satr) moddasida korxona xodimlarining ijtimoiy sugʻurta, nafaqa taʼminoti va tibbiy sugʻurta ajratmalari boʻyicha qarzlar miqdori aks etgiriladi.
2.55. “Mulkiy va shaxsiy sugʻurtalar boʻyicha qarzlar” (490- satr) moddasida korxona ishchilarining va mulkining majburiy, ixtiyoriy va korxona sugʻurtachi vazifasini bajaradigan boshqa xil sugʻurtalar boʻyicha qarzlar koʻrsatiladi.
2.56. “Budjetdan tashqari toʻlovlar boʻyicha qarzlar” (500- satr) moddasida korxona budjetdan tashqari ajratmalar boʻyicha davlat boshqaruv organlariga va qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq davlat organlariga oʻtkaziladigan boshqa maxsus fond ajratmalari boʻyicha qarzlar koʻrsatiladi.
2.57. “Shuʼba korxonalarga qarzlar” (510- satr) moddasida shuʼba korxonalar bilan joriy operatsiyalar (balanslararo hisob-kitob) boʻyicha maʼlumotlar aks ettiriladi. Bunda shuʼba korxonasi timsolida yuridik shaxs hisoblanuvchi hamda strategik siyosat masalalari boʻyicha joriy, investitsion va moliyaviy faoliyatini belgilash huquqi asosiy korxonaga doimiy ravishda berilgan korxonalar tushuniladi. Asosiy korxona va uning shuʼba korxonasi boʻyicha maʼlumotlar jamlanishi lozim. Yigʻma hisobotda koʻrsatilgan moddalar jamlanadi.
2.58. “Uyushma korxonalariga qarzlar” (520- satr) moddasida 78 “Shuʼba korxonalar bilan hisoblashishlar” va 79 “Ichki xoʻjalik hisoblashishlari” schyotida hisobi yuritiladigan uyushgan korxonalariga boʻlgan qarzlar miqdori aks ettiriladi.
2.59. “Boshqa kreditorlar” (530- satr) moddasida “Kreditorlar bilan hisoblashishlar” guruhi moddalarida oʻz aksini topmagan boshqa hisob-kitoblar boʻyicha qarzlar koʻrsatiladi.
2.60. “II- boʻlim boʻyicha JAMI” (540- satr) moddasida 400-, 410-, 420-, 430-, 440-, 450-, 460-, 470-, 480-, 490-, 500-, 510-, 520-, 530- satrlar yigʻindisining natijasi koʻrsatiladi.
2.61. “Balansning passivi boʻyicha JAMI” (550- satr) moddasida 170-, 200-, 250-, 290- satrlar yigʻindisining natijasi yordamida topilgan balans passivining miqdori aks ettiriladi.
3. MOLIYAVIY NATIJALAR TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT (2- shakl)
3.1. Korxona va tashkilotlar “Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushgan tushum” moddasida (010-satr) savdo ustamalari, xaridor va buyurtmachilar tomonidan toʻlangan soliqlar bilan birgalikda, mahsulot, tovar, ish, xizmatlar sotishdan tushgan jami tushumni (qaytarilgan tovarlar, tayyor mahsulotlar qiymatining miqdori va sotish bahosidan xaridor soqitlari chegirib tashlangandan keyingi) aks ettiradilar.
Ayrim tovarlarning eksport qilinishi sababli xorijiy valyutada tushgan tushumning majburiy sotiladigan qismi, yaʼni bank muassasasi tasdiqlagan miqdor 010-satrda aks ettiriladi.
3.2. 020-satrni (“Qoʻshilgan qiymat soligʻi” moddasini) toʻldirganda maʼlumotlarning qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha budjet bilan hisob-kitob qismida Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat soliq bosh boshqarmasi tomonidan 1993-yil 15-yanvarda birgalikda chiqarilgan 9/16- son qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblash va toʻlash toʻgʻrisidagi nizomlaridan qoʻllanish kerak.
3.3. Aksiz toʻlovchi korxonalar “Aksizlar” moddasida (030- satr) sotish schyotida hisobga olingan tushum tarkibidagi, 46- schyotning debet va 68- schyotning kreditida koʻrsatilgan miqdorni aks ettiradilar. Aksizlarning hisoblanish va toʻlanish qoidasi Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat soliq bosh boshqarmasi tomonidan 1993-yil 15-yanvardagi 6/13-son va 1993-yil 28-dekabrdagi 90/75- sonlarda birgalikda chiqarilgan yoʻriqnomalar bilan belgilangan.
3.4. 040- satrda mahsulot (ish, xizmat)larni chetga chiqarishi bilan bogʻliq boʻlgan soliqlar, eksport boj toʻlovlari va koʻzda tutilayotgan ajratmalar uchun toʻlovlar yoziladi.
3.5. “Sotishdan olingan sof tushum” moddasida (050-satr) korxonaning asosiy faoliyatida mahsulot, tovar, ish, xizmatlar sotishdan, egri soliq va eksport boj toʻlovlari chegirilgandan keyingi tushgan tushum, shu bilan birgalikda korxonaning yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi ishlab chiqarishlaridagi mahsulotlarining boshqa korxonalarga sotilishidan tushgan tushum, xoʻjalik hisobida turmagan tashkilotlar daromad (foydasi)ining xarajatidan oshiq qismi, xoʻjalik va boshqa tijorat faoliyatidan olingan daromadlar koʻrsatiladi. Sotishdan olingan sof tushum 010-satr koʻrsatkichidan 020-, 030-, 040- satr koʻrsatkichlarini kamaytirilganiga tengdir.
3.6. Xarajatlar tarkibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq 20 “Asosiy ishlab chiqarish”, 23 “Yordamchi ishlab chiqarish”, 29 “Xizmat koʻrsatuvchi ishlab chiqarish va xoʻjaliklar” schyotlaridagi jami xarajatlarning yigʻindisi mahsulot tannarxi hisoblanib, 060-satr “Sotilgan mahsulot, ish, xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi”da koʻrsatiladi. Savdo tashkilotlari mazkur satrda sotilgan tovarlarning sotib olish qiymatini aks ettiradilar. Tovaroborot (tovarlarni kirim qilish va sotish)da qatnashmasdan, xizmat haqi sifatida daromad oladigan vositachi tashkilotlar bu satrni toʻldirmaydilar.
3.7. “Sotishdan tushgan yalpi moliyaviy natija” (070-satr) sotishdan olingan sof tushum va sotilgan mahsulot, ish, xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi oʻrtasidagi farq bilan aniqlanadi (050-satr - 060- satr).
3.8. 80-2 “Davr xarajatlari” subschyotidagi jamlangan maʼlumotlar yordamida 080- “Sotish xarajatlari”, 090- “Maʼmuriy xarajatlar” va 100- “Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromadlari va xarajatlari” satrlari (xarajat qismi) toʻldiriladi. 100- satrning daromad qismi 80-3 “Asosiy faoliyat xarajatlari va tushumlari” subschyotining maʼlumotlari yordamida toʻldiriladi.
3.9. Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi (“Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi (foyda yoki zarar)” moddasi, 110- satr)ni aniqlash uchun, sotishdan tushgan yalpi moliyaviy natijadan (070-satr) sotish (080-satr), maʼmuriy (090-satr) va boshqa (100- satr, 6-ustun) xarajatlar miqdorini chegirib, chiqqan natijaga boshqa daromadlar (100- satr, 5- ustun)ni qoʻshish bilan hisoblanadi.
3.10. Hisobotning 120- (“Uyushma va shuʼba korxonalaridan olingan dividendlar”), 125- (“Boshqa olingan dividendlar”), 130- (“Uyushma va shuʼba korxonalaridan olingan va berilgan qarzlar boʻyicha foizlar”), 135- (“Boshqa toʻlangan va olingan foizlar”), 140- (“Valyuta kurs farqi”), 145- (“Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa daromad va xarajatlar”) satrlari 80-4 “Moliyaviy faoliyat foyda va zarari” subschyotining umumiy maʼlumotlariga koʻra toʻldiriladi.
3.11. “Umumxoʻjalik faoliyatining moliyaviy natijasi (foyda yoki zarar)” (150- satr)- korxonaning asosiy faoliyat moliyaviy natijasiga moliyaviy faoliyat natijasini qoʻshish (yoki ayirish)ga tengdir.
3.12. 160-satr (“Favqulotdagi foyda va zarar”) 80-5 “Favqulotdagi foyda va zarar” subschyoti maʼlumotiga muvofiq toʻldiriladi.
3.13. 170- satr (“Soliq toʻlangunga qadar umumiy moliyaviy natija (foyda yoki zarar)”)da 150- va 160- satrlar yigʻindisidan ( + /- belgilarni hisobga olgan holda) iborat olingan natija koʻrsatiladi.
Bu satrlarning natijasi foyda soligʻini hisoblashda asosiy omil boʻlib hisoblanadi.
3.14. 180-satr “Foyda (daromad)dan soliqda 81 “Hisoblangan va toʻlangan foyda (daromad) soligʻi” schyotining debetida hisobga olingan va yil boshidan buyon hisoblangan, yaʼni budjetga oʻtkazilishi kerak boʻlgan foyda (daromad)dan soligʻining miqdorlari koʻrsatiladi.
3.15. 190- satr “Yuqoridagi moddalarga kirmaydigan boshqa soliq va ajratmalar”da mazkur hisobotning yuqoridagi moddalarida keltirilmagan va yil boshidan buyon hisoblangan, yaʼni korxona tomonidan budjet va budjetdan tashqari fondlarga foyda hisobidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan miqdorlar koʻrsatiladi.
3.16. Korxonalar 200- satr “Hisobot davridagi sof foyda (zararrda 170-, 180-, va 190- satrlar farqi natijasida hisoblangan sof taqsimlanmagan foyda (yoki qoplanmagan zarar) miqdorini koʻrsatadilar.
3.17. “Budjetga toʻlanmalar toʻgʻrisida maʼlumot”da, korxonalar oʻz manbalari hisobiga quyidagi yoʻriqnomalarga asosan budjet toʻlovlarini koʻrsatadilar:
210- satr “Mulkdan olinadigan soliq” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 02.10.95 yildagi 99/64-son “Korxonalar mulkidan olinadigan soliqni hisoblash va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida”, 27.03.96 yildagi 27/31-son va 12.08.96 yildagi 51/96-66-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq koʻmitasining 02.10.95 yildagi 99/64-son “Korxonalar mulkidan olinadigan soliqni hisoblash va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va toʻldirishlar kiritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalariga asosan;
220-satr “Foydadan olinadigan soliq” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 1994-yil 22-dekabrdagi 123/170- son, 1995-yil 28-fevralda chiqarilgan 22/18- son, 1996-yil 25-maydagi 62/46- son, 1995-yil 11-iyuldagi 04-02-04/170/54-son yoʻriqnomalariga asosan;
“Daromaddan olinadigan soliq” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat soliq bosh boshqarmasining 1992-yil 25-martdagi 4-1-1- son “Korxonalar daromadini hisoblash va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida”, 1993-yil 15-yanvardagi 5-08/1-1- son “Korxonalar daromadini hisoblash va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va toʻldirishlar kiritish toʻgʻrisida”, 1994-yil 19-yanvardagi 7/83- son “1994-yil soliqqa tortish tartibidagi oʻzgartirishlar toʻgʻrisida”, 1995-yil 7-martdagi 26/20- son, qoʻshma korxonalar uchun 1993-yil 7-yanvardagi 1/9- son, Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan xorijiy korxonalar uchun 1993-yil 2-apreldagi 22- son, 25.05.1996-yildagi 62/46- son, 11.07.1995-yildagi 04-02-04/170/54- son yoʻriqnomalariga asosan;
230-satr “Yer soligʻi (er uchun toʻlanma)” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 28.06.1996-yildagi 46/96-57- son “Yer soligʻi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomasiga asosan;
240- satr “Qoʻshilgan qiymatdan olinadigan soliq” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat soliq bosh boshqarmasining 1993-yil 15-yanvardagi 9-16-son “Qoʻshilgan qiymatdan olinadigan soliqni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”, 1993-yil 18-iyundagi 43/30- sonli, 04.01.1994-yildagi 04-02-04/2- son va 80- sonli, 1994-yil 19-yanvardagi 7/83- sonli, 1994-yil 25-fevraldagi 25/01- sonli, 1994-yil 10-martdagi 28/100- sonli, 1994-yil 11-apreldagi 38/104- sonli, 1994-yil 13-apreldagi 44/112- sonli, 1994-yil 13-maydagi 53/118- sonli, 1994-yil 20-iyundagi 60/124 sonli, 1994-yil 19-iyuldagi 77- son va 10/2-2888- sonli, 1994-yil 15-avgustdagi 88/137- sonli, 1994-yil 18-oktabrdagi 106/154-sonli, 1994-yil 23-noyabrdagi 118/161- sonli, 1994-yil 21-dekabrdagi 122/169- sonli, 1995-yil 3-yanvardagi 11/1-sonli, 1995-yil 13-fevraldagi 14/12-sonli, 1995-yil 28-martdagi 24/02-04/91-son va 24- sonli yoʻriqnomalariga asosan;
250- satr “Aksizlar” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 1995-yil 15-fevraldagi 18/16- sonli Oʻzbekiston Respublikasi xududiga kiritilayotgan alohida tovarlarga aksizlarni qoʻllash uchun vaqtinchalik yoʻriqnomasi, 1996-yil 21-avgustdagi 275- sonli “Oʻzbekiston Respublikasidagi tamaki mahsulotlari va alkogol ichimliklariga qoʻllaniladigan aksiz markalari toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 304- sonli (3- ilova) “OʻzDEUavto qoʻshma korxonasida avtomashinalarni ishlab chiqarish, sotish va texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida”gi qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 23-sentabrdagi 333- sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 1996-yil 5-noyabrdagi 71/96-89- sonli yoʻriqnomalariga asosan;
260- satr “Eksport boʻyicha boj toʻlovlari” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-oktabrdagi 485- sonli “Eksport va import qilinayotgan alohida tovarlarga boj poshlinalarini hisoblash va olish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan;
270- satr “Import boʻyicha boj toʻlovlari” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 114-sonli qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 304- sonli (4- ilova) “OʻzDEUavto qoʻshma korxonasida avtomashinalarni ishlab chiqarish, sotish va texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarorlariga asosan;
280- satr “Suvdan foydalanish toʻlovlari” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 05.05.1995-yildagi 52/39- sonli “Suvdan foydalanish haqi toʻgʻrisida”gi xatiga asosan;
310-satr “Daromad soligʻi” Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisidagi Qonuni, 21.01.94 yildagi 9/84- sonli, 24.02.95 yildagi 20/17- sonli, 10.03.95 yildagi 28/21- sonli oʻzgarish va toʻldirishlar asosida;
320-satr “Boshqa soliqlar” Oʻzbekiston Respublikasining “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliq toʻgʻrisida”gi, va “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi qonunlari asosida belgilangan boshqa hamma turdagi soliqlar koʻrsatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 29-iyundagi 303-sonli qaroriga muvofiq, tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhitni ifloslantiruvchi oqava suvlarni chiqarish toʻlovlar miqdori hisoblanib, shu satrda aks ettiriladi. Shuni nazarda tutish lozimki, atrof muhitni ifloslantiruvchi oqava suvlarni chiqarish toʻlovlari belgilangan meʼyorlar tartibida boʻlsa, u holda bu toʻlovlar ishlab chiqarish (muomala) xarajatlariga olib boriladi, belgilangan meʼyorlardan oshiq toʻlovlar korxona ixtiyoriga qolayotgan fond hisobiga qoplanadi.
330- satr “Soliq qonunchiligini buzilishi tufayli belgilangan iqtisodiy ogohlantirishlar”da Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi asosida (Oʻzbekistan Respublikasining “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliq toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolaridan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Narxlarni erkinlashtirish toʻgʻrisida”gi qarori va boshqalar asosida) korxonalarning oʻz ixtiyorida qoladigan foydalari hisobidan budjetga oʻtkazib berilgan iqtisodiy ogohlantirish miqdorlari koʻrsatiladi.
340- satr “Mahalliy budjetga toʻlanmalar”da sof foyda hisobidan ajratmalar, yaʼni hududlarni tozalash yigʻimi, ijara haqidan ajratma va boshqalar kabi toʻlovlar toʻgʻrisidagi hokimning amaldagi qarori qoʻllangan holda, mahalliy budjet uchun hisoblangan soliq va yigʻimlarning miqdori aks ettiriladi.
4. ASOSIY VOSITALAR HARAKATI TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT (3- shakl)
4.1. Asosiy vositalar harakati toʻgʻrisidagi hisobotda, sobiq SSSR Gosstandarti tomonidan 17.09.87 yil 182-son qarori bilan tasdiqlangan Butunittifoq asosiy vositalar tasniflagichi boʻyicha korxona egalik qilayotgan barcha asosiy vositalar turlari boʻyicha holati va harakati koʻrsatiladi.
3- va 6-ustunlarda korxona egalik qilayotgan, yaʼni uning balansida turgan barcha asosiy vositalar qiymati (mos ravishda hisobot davri boshi va oxiriga holati), shu bilan birgalikda boshqa xil asosiy vositalar: ijaraga berilgan, bepul olingan yoki harakatsiz (konservatsiyadagi, zaxiradagi va h.k.) vositalar qiymati aks ettiriladi. Maʼlumotlar boshlangʻich qiymatda keltiriladi.
4-ustunda hisobot yilidagi asosiy vositalarning turli manbalari boʻyicha kirimining umumiy holati aks ettiriladi. Bunga, asosiy vosita bahosining oshishi, oldin hisobga olinmagan vositalar, sotib olingan vositalar, aylanma mablagʻlardan asosiy vositalar guruhiga oʻtkazilgan vositalar, boshqa korxona va tashkilotlardan tushgan tushumlar (agar kirish balansi oʻzgartirilgan boʻlsa), shu bilan birgalikda hamma moliyaviy manbalar, bank kreditlari hisobiga hisobot yilida harakatga keltirilgan yangi asosiy vositalar ham qoʻshilgan holda aks ettiriladi.
5-ustunda hisobot yilidagi asosiy vositalarning umumiy hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bunga, asosiy vositalar qiymatining kamayishi, ortiqcha va foydalanilmayotgan korxona mol-mulkini sotilishi, asosiy vositalarning oborot mablagʻlar guruhiga oʻtkazilishi, boshqa korxona va tashkilotlarga begʻaraz berilishi, shu bilan birga hisobot yilida foydalanishga yaroqsizligi, eskirgani, tabiiy ofat, halokat, qayta tiklash, yangicha qurish va boshqa xil sabablar oqibatida asosiy vositalarning toʻliq qiymatda (eskirish summasi chegarilmasdan) tugatilishi ham kiradi.
7-va 10-ustunlarda hisobot davri boshi va oxiriga nisbatan asosiy vositalarning turlari boʻyicha yigʻilgan amortizatsiya (eskirish) miqdorlari aks ettiriladi.
8-ustunda har xil manbalar hisobiga kirim qilingan asosiy vositalarning hisobot davri uchun hisoblangan amortizatsiya (eskirish) miqdorlari aks ettiriladi. Bunga, asosiy vositalar qiymatini oshishi tufayli ortiqcha hisoblangan amortizatsiya miqdorlari, oldin hisobga olinmagan eskirish miqdorlari va foydalanishdagi asosiy vositalar amortizatsiya miqdorlari ham kiradi.
9-ustunda asosiy vositalarning tugatilishi, sotilishi va boshqa xil hisobdan chiqarilishida hisoblangan amortizatsiya miqdorlari aks ettiriladi.
11-ustunda 3- va 7- ustunda keltirilgan maʼlumotlar farqining natijasi, yaʼni yil boshiga nisbatan asosiy vositalarning sof qoldiq qiymati aks ettiriladi.
12-ustunda 6- va 10- ustunda keltirilgan maʼlumotlar farqining natijasi, yaʼni hisobot davri oxiriga nisbatan asosiy vositalarning sof qoldiq qiymati aks ettiriladi.
“JAMI” moddasida alohida satrlar boʻyicha ishlab chiqarish va noishlab chiqarishdagi asosiy vositalarining harakati koʻrsatiladi.
Ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xoʻjaligi, savdo, umumiy ovqatlanish, kishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash va boshqa xil moddiy ishlab chiqarish doirasi bilan bogʻliq asosiy vositalar kiradi.
Noishlab chiqarish uchun moʻljallangan asosiy vositalarga uy-joy va kommunal xoʻjaligi, sogʻliqni saklash, jismoniy tarbiya, sotsial taʼminot, xalq taʼlimi, madaniyat va boshqalar bilan bogʻliq vositalar kiradi.
4.2. “Tugallanmagan qurilish” moddasida (140- satr) korxonaning ham pudrat, ham xoʻjalik usulida obyektlarni qurish va shu bilan birga asosiy vositalarga egalik qilish xarajatlar harakati koʻrsatiladi.
4-ustundagi yordamchi qismda korxona tomonidan obyektlarni qurishga sarflangan (toʻlashga qabul qilingan va pudratchi tashkilotlarga toʻlangan schyotlar) va asosiy vositalarni egalik qilish xarajatlari koʻrsatiladi.
5-ustundagi yordamchi qismda foydalanishga kiritilgan qurilish obyektlari va egalik qilingan asosiy vositalar qiymati, shu bilan birga asosiy vositalar qiymatini oshirmaydigan hisobdan chiqarilgan xarajatlar (hisoblangan) koʻrsatiladi.
4.3. “Maʼlumot uchun” boʻlimchasida quyidagilar koʻrsatiladi:
150-152- satrlarda korxona tomonidan yil davomida qaysi guruh manbalari hisobiga obyektlarning qurilishi va asosiy vositalarning egalik qilinishining moliyalashtirilishi koʻrsatiladi.
160-satrda boshqa tashkilotlarga ijaraga berilgan ayrim asosiy vositalarning qiymati koʻrsatiladi.
170-satrda ijaraga olingan asosiy vositalar qiymati va ularning ijarachi korxona hisobida turishi koʻrsatiladi.
5. PUL OQIMLARI TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT (4- shakl)
Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hisobotlarga kiritilgan boʻlib, mazkur moliyaviy hisobot hujjatida pul mablagʻlarining harakati nuqtai nazaridan korxona moliyaviy resurslarining oʻzgarishi aks ettiriladi. Bu hisobot yordamida inflatsiya sharoitida, boshqa moliyaviy hisobot shakllarini toʻldirishda hisoblash usulidan foydalanishni eʼtiborga olgan holda, korxona likvidligini obyektiv baholash imkoni yaratiladi.
Korxona joriy xoʻjalik, investitsion va moliyaviy faoliyatida barcha pul mablagʻlarining oʻzgarishi va pul va unga tenglashtirilgan mablagʻ qoldiqlari oʻrtasidagi bogʻliqlikni hisobot davri boshi va oxiriga nisbatan oʻrnatish imkonini beradi.
5.1. “Xaridorlardan kelib tushgan pul mablagʻlari” moddasida 010- satr) korxona hisobot davrida oʻz bank schyotlariga kelib tushgan pul mablagʻlari yoki joʻnatilgan tovar, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar uchun olingan veksellar miqdorini koʻrsatadi.
5.2. “Mol yetkazib beruvchilarga toʻlangan pul mablagʻlari” moddasida (011- satr) moddiy qiymatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar (telefon, telegraf, bojxona va boshqalar) uchun toʻlangan pul mablagʻlari va berilgan veksellarning miqdorlari koʻrsatiladi. Nomoddiy va uzoq muddatli moddiy aktivlarni sotib olishga ketgan mablagʻlar mazkur moddada aks ettirilmasdan, ularga mos ravishda 040- va 041- satrlarda aks ettiriladi.
5.3. Korxonalar “Xodimlarga va xodimlar nomidan toʻlangan pul mablagʻlari” moddasida (012- satr) xodimlarga (ish haqi va mukofot koʻrinishida), hamda pensiya fondiga, bandlilik fondiga, shaxsiy sugʻurta uchun davlat va nodavlat sugʻurta fondlariga, daromad soligʻi uchun budjetga, kasaba uyushmalariga, alimentga, uy joy fondiga, xodimlarga berilgan bank kreditlari uchun, xodimlarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun va boshqa xarajatlar uchun gʻazna va bank schyotlaridan xodimlarga va ular nomidan toʻlangan pul va unga tenglashtirilgan mablagʻlar miqdorini koʻrsatadilar.
5.4. “Boshqa pulli toʻlovlar va tushumlar” moddasining “Kirim” ustunida (013- satr) royalti, har xil mukofotlar, komission va boshqa xil daromadlar, savdo va dilerlik maqsadida tuzilgan shartnomalarga tegishli komissionlar uchun pul va unga tenglashtirilgan mablagʻlar tushumi, “Chiqim” ustunida esa, mazkur maqsadlar uchun va milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtirish uchun bankka toʻlangan miqdorlar koʻrsatiladi.
5.5. “JAMI. Xoʻjalik faoliyatidan pul mablagʻlarining sof kirimi/chiqimi” moddasida, “Kirim” ustunidagi “ + ” va “Chiqim” ustunidagi “ - ” belgilar taʼsirini hisobga olgan holda 010-, 011-, 012-, 013- satrlar yigʻindisining natijasi koʻrsatiladi.
5.6. Korxonalar “Olingan foizlar” (020- satr) va “Toʻlangan foizlar” (021- satr) moddalarida mos ravishda bank schyotlariga, kassasiga kelib tushgan va toʻlagan foizlarning miqdorlarini koʻrsatadilar. Olingan va toʻlangan foizlarning hisobi 80-4 “Moliyaviy faoliyat foyda va zararlari” subschyotida yuritiladi.
5.7. “Olingan dividendlar” (022- satr) va “Toʻlangan dividendlar” (023- satr) moddalarida pul va unga tenglashtirilgan mablagʻlar koʻrinishida olingan va toʻlangan dividend miqdorlari koʻrsatiladi.
5.8. “JAMI. Investitsiya foydasi va moliyaviy xizmat koʻrsatishdagi sof kirim/chiqim” moddasida (024- satr), “Kirim” ustunidagi “ + ” va “Chiqim” ustunidagi “ - ” belgilar taʼsirini hisobga olgan holda 020-, 021-, 022-, 023- satrlar yigʻindisining natijasi koʻrsatiladi.
5.9. “Daromad (foyda)dan toʻlangan soliq” moddasida (030- satr) foyda (daromad)dan toʻlangan soliq miqdori koʻrsatiladi.
5.10. “Boshqa toʻlangan soliqlar” moddasida (031- satr) barcha toʻlangan soliqlar, bojlar va shularga tenglashtirilgan yigʻim va ajratmalar koʻrsatiladi. Foyda (daromad) dan olinadigan soliqlar va daromad soliqlari bu moddada aks ettirilmaydi.
5.11. “JAMI. Toʻlangan soliqlar” moddasida (032- satr) 030- va 031- satrlar yigʻindisi aks ettiriladi.
5.12. “Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish” moddasining (040- satr) “Chiqim” ustunida nomoddiy aktivlarga egalik qilish uchun mol yetkazib beruvchilarga toʻlangan (shu jumladan, oldindan toʻlangan miqdorlar ham) pul va unta tenglashtirilgan mablagʻlar miqdori koʻrsatiladi. “Kirim” ustunida esa, nomoddiy aktivlarni sotishdan tushgan tushum (egri soliqlar bilan birga) koʻrsatiladi, agar bunday sotishlar korxona uchun boshqa aktivlarni sotilishi xisoblansa.
5.13. Korxonalar “Uzoq muddatli moddiy aktivlarni sotib olish va sotish” moddasining (041- satr) “Chiqim” ustunida uzoq muddatli moddiy aktivlarni yaʼni, koʻchmas mulk, bino, jihoz va boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun mol yetkazib beruvchilarga toʻlagan (shu jumladan, oldindan toʻlangan miqdorlar ham) pul va unga tenglashtirilgan mablagʻlar miqdorini koʻrsatadilar. Uzoq muddatli moddiy aktivlarni sotishdan tushgan tushum (egri soliqlar bilan birga) “Kirim” ustunida koʻrsatiladi, agar bunday sotishlar korxona uchun boshqa aktivlarni sotilishi hisoblansa.
5.14. Korxonalar “Xarid qilingan uzoq va qisqa muddatli qoʻyilmalar” moddasining (042- satr) “Chiqim” ustunida vositachilarga komission toʻlovlar va birjada toʻlangan foizlarni hisobga olmagan holda, qimmatbaho qogʻozlarni sotib olish uchun toʻlagan pul mablagʻlarni koʻrsatadilar. “Kirim” ustunida oʻzlik boʻlmagan qimmatbaho qogʻozlarni, shu bilan birga bank va boshqa yuridik shaxslarning qisqa va uzoq muddatli ssuda va qarzlarini sotishdan tushgan tushum koʻrsatiladi.
Mazkur moddada kapitalizatsiya qilinadigan tajriba-konstruktorlik ishlariga toʻlovlar ham koʻrsatiladi.
5.15. “JAMI. Investitsiya faoliyatidagi sof pul oqimlarining kirimi/chiqimi” moddasida (043- satr), “Kirim” ustunidagi “ + ” va “Chiqim” ustunidagi “ - ” belgilar taʼsirini hisobga olgan holda, 040-, 041-, 042- satrlar yigʻindisining natijasi koʻrsatiladi.
5.16. “JAMI. Pul mablagʻlarining sof kirimi/chiqimi (moliyalashtirgunga qadar)” moddasida (044- satr), “Kirim” ustunidagi “ + ” va “Chiqim” ustunidagi “ - ” belgilar taʼsirini hisobga olgan holda, 014-, 024-, 032-, 043- satrlar yigʻindisining natijasi koʻrsatiladi,
5.17. “Aksiya chiqarishdan kapitalga kelib tushgan tushum” moddasida 050- satr) hissadorlarning hisobot davrida aksiya chiqarishdan kelib tushgan pul mablagʻlarining miqdori aks ettiriladi.
5.18. “Uzoq va qisqa muddatli qarzlarning kelib tushishi” moddasining (051- satr) “Kirim” ustunida, korxonalar hisobot davrida kelib tushgan kredit va qarz pul mablagʻlarini, “Chiqim” ustunida kredit va qarzlarning qaytarilishini aks ettiradilar.
5.19. Korxonalar “Ijara majburiyatlari boʻyicha tushum va toʻlovlar” moddasining (052- satr) “Chiqim” ustunida ijaraga beruvchiga toʻlangan, “Kirim” ustunida ijarachidan kelib tushgan ijara haqi, yaʼni pul va unga tenglashtirilgan mablagʻlarni koʻrsatadilar.
5.20. “JAMI. Moliyaviy faoliyat sof kirimi/chiqimi” moddasida (053- satr) 050-, 051-, 052- satrlar yigʻindisining natijasi koʻrsatiladi.
5.21. “Sof oʻsish/kamayish (pul va unta tenglashtirilgan mablagʻlar uchun)” moddasida (060- satr) korxona uchun kirim yoki chiqim boʻlgan miqdor, yaʼni ( + /- belgilar taʼsirini hisobga olgan holda) 044- va 053- satrlar yigʻindisi koʻrsatiladi.
5.22. Korxonalar “Pul va unga tenglashtirilgan mablagʻlarning hisobot yili boshiga holati” moddasida (070- satr) oʻtgan yilning 31-dekabr holatiga pul mablagʻlari schyotlaridagi (50, 51, 52, 55, 56, 57, 58) qoldiq va balansning 62-3 “Olingan veksellar” schyotida hisobga olinadigan qisqa muddatli qimmatbaho qogʻozlarning miqdorlarini koʻrsatadilar.
5.23. “Pul va unta tenglashtirilgan mablagʻlarning hisobot davri oxiriga holati” moddasida (080- satr) hisobot davrining oxirgi kalendar kuniga pul mablagʻlari schyotlaridagi (50, 51, 52, 55, 56, 57, 58) qoldiq va balansning 62-3 “Olingan veksellar” schyotida hisobga olinadigan qisqa muddatli qimmatbaho qogʻozlar miqdorlari koʻrsatiladi.
5.24. “Valyuta mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi maʼlumot” boʻlimida korxonaning xisobot yilidagi valyuta mablagʻlarining harakati koʻrsatiladi.
5.25. “Yil boshiga qoldiq” moddasida (090-satr) korxonaning valyuta schyoti va gʻaznasidagi valyuta mablagʻlari koʻrsatiladi.
5.26. Korxonalar “Jami tushum” moddasida (100- satr) yil boshidan buyon valyuta mablagʻlarining umumiy tushumini, “Shu jumladan” moddasida esa, tushum boʻlgan mablagʻlarning manbalarini koʻrsatadilar:
101- satr — “a) sotishdan tushum” — yil boshidan buyon korxonaga tushgan tushum;
102- satr — “b) xorijiy valyutaga almashtirilgan” — valyuta birjasidan sotib olingan valyuta miqdori;
103- satr — “v) olingan kredit” — xorijiy valyutada olingan kreditning miqdori;
104-satr — “g) boshqa manbalar” — 101-103 — satrlarda keltirilmagan manbalarga koʻra, korxona valyuta schyoti va gʻaznasiga kelib tushgan boshqa valyuta mablagʻlarining yigʻindisi;
5.27. “Jami sarflangan” moddasida (110- satr) korxona tomonidan turli maqsadlarda sarflanilgan umumiy valyuta mablagʻlari aks ettiriladi. Valyuta mablagʻlarining sarflanishi “Shu jumladan” moddasining 111-115- satrlarida yoritiladi:
111-satr — “ishlab chiqarish (muomala) sarflariga qoʻshiladigan xarajatlar” — mahsulot tannarxi va davr xarajatlariga qoʻshilgan valyuta mablagʻlari sarflarining yigʻindisi. Masalan, bankka xizmati uchun toʻlovlar;
112-satr — “ishlab chiqarishni rivojlantirish xarajatlari” — asosiy vositalar, jihozlar sotib olish va boshqa kapitallashtirish xususiyatidagi xarajatlar uchun sarflangan valyuta mablagʻlari yigʻindisi;
113-satr — “mol yetkazib beruvchilarga toʻlanmalar” — xomashyo, material, tovar va boshqa oborot mablagʻlarni sotib olishga sarflangan valyuta mablagʻlari yigʻindisi;
114- satr — “kredit uchun toʻlovlar, shu jumladan foizlar uchun ham” — kredit va uning foizlarini uzishga sarflangan valyuta mablagʻlari yigʻindisi;
115-satr — “boshqa maqsadlar uchun” — boshqa maqsadlar uchun (111-114- satrlarda keltirilgan maqsadlardan tashqari) sarflangan valyuta mablagʻlarining miqdori.
5.28 Korxonalar “Hisobot davri oxiriga qoldiq” moddasida (120- satr) hisobot davri oxiriga valyuta schyoti va gʻaznasidagi valyuta mablagʻlarining qoldiq miqdorini aks ettiradilar. Bu miqdor, 90-, 100-, 110- satrlar yigʻindisining natijasiga teng boʻladi.
6. XUSUSIY KAPITAL TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT (5- shakl)
6.1. “Yil boshiga qoldiq” moddasida korxonalar hisobot yilining boshiga nisbatan xususiy mablagʻlarining yigʻindisini koʻrsatadilar:
3-ustun — “Ustav kapitali”da taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan Ustav kapitalining miqdori koʻrsatiladi;
4-ustun — “Qoʻshilgan kapital”da 85-2 “Qoʻshilgan kapital” subschyotidagi kapital miqdori aks ettiriladi;
5- ustun — “Rezerv kapitali”da belgilangan qoidaga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan tashkil etilgan zaxiradagi kapital miqdori aks ettiriladi;
6-ustun — “Taqsimlanmagan foyda”da yil boshiga nisbatan taqsimlanmagan foyda miqdori koʻrsatiladi;
7- ustun — “Xususiy kapital bilan qoplanmagan zararlar”da korxona balansidagi yil boshiga boʻlgan zararlarning miqdori koʻrsatiladi.
6.2. “Xususiy (hissador) kapitalining oʻsishi” moddasida (020- satr) Xususiy (xissador) kapitalining oʻsishi aks ettiriladi.
6.3. “Qimmatbaho qogʻozlar emissiyasi” moddasida (030- satr) birlamchi va ikkilamchi qimmatbaho qogʻozlar emissiyasining miqdori aks ettiriladi.
6.4. “Asosiy vositalarning qayta baholanishi” moddasida (040- satr) belgilangan qonunchilik qoidalariga asosan oʻtkazilgan asosiy vositalar qayta baholanishining qiymati aks etadi.
6.5. Korxonalar hisobotning “Rezerv uchun ajratma” moddasida (050- satr) taʼsis hujjatlari va qonunchilikda koʻzda tutilgan hollarda zaxira fondini shakllantirish uchun ajratilgan mablagʻlarning miqdorini koʻrsatadilar. Shu bilan birga, hissadorlik jamiyatlari va xorijiy investitsiya bilan tashkil etilgan korxonalar, qonunchilikka mos ravishda, budjet bilan hisoblashgunga qadar mazkur fondga ajratmalar qilishlari mumkin.
6.6. “Joriy yil foyda/zarari” moddasida (060- satr) hisobot davrida olingan taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) miqdori koʻrsatiladi.
6.7. Korxonalar hisobotning “Dividendlar” moddasida (070-satr) hisobot davri boshidagi taqsimlanmagan foydadan oʻtgan yil uchun hisoblangan dividend miqdorlarini koʻrsatadilar.
6.8. Korxonalar 85-1 “Ustav kapitali” schyoti, 85-2 “Qoʻshilgan kapital” schyoti, 85- 3 “zaxiradagi kapital” schyoti qoldiqlarini va 80 “Foyda va zararlar” schyoti bilan 81 “hisoblangan va toʻlangan foyda (daromad) soligʻi” schyotlari oʻrtasidagi farq, yaʼni taqsimlanmagan foyda qoldiqlarini “hisobot davri oxiriga qoldiq” moddasining (080- satr) mos ustunlarida aks ettiradilar.
6.9. Korxonalar “hisobot davri oxirida ustav kapitaliga kiritilgan badalliklar” moddasida (090- satr) taʼsischi va hissadorlar tomonidan korxonaning Ustav kapitaliga haqiqatda kiritilgan mablagʻlar yigʻindisini aks ettiradilar.
6.10. 100-122- satrlarni hissadorlik jamiyatlari toʻldiradilar.
Balansga ilova — Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqidagi maʼlumotnoma (2a-shakl)
1. “Debitor, kreditor vazirlik, idora, korxona va boshqalarning nomlari” ustunida hisobot davrining oxirgi kuniga qarzi boʻlgan (45 “Joʻnatilgan tovarlar”, 60 “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar”, berilgan boʻnak (avans)lar boʻyicha hisob-kitoblar”, 62 “Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar”, 64 “Olingan boʻnak (avans)lar boʻyicha hisob-kitoblar”, 76 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” schyotlar maʼlumotiga koʻra) debitor, kreditor —yuridik shaxslar roʻyxati keltiriladi. Bundan tashqari, koʻp debitor va kreditorlarga ega boʻlgan korxonalar 2a- shaklni har bir debitor va kreditorlar analitik hisobi boʻyicha toʻldirmasdan, balki debitor (kreditor)lardan yuqori turuvchi vazirliklar va idoralar boʻyicha maʼlumotlarni (alohida debitor va alohida kreditor qarzlarni) jamlash bilan ham toʻldirish mumkin.
Agar debitor (kreditor)lar oʻzidan yuqori turuvchi vazirligiga (idorasiga) ega boʻlmagan hollarda, bunday yuridik shaxslar qarzi qoʻshimcha yozib kiritiladigan “Boshqa korxonalar” satrida koʻrsatiladi.
Mazkur debitor va kreditor qarzlarining aks ettirish tartibi, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi debitor va kreditorlarga taalluqli emas. Ularning nomlarini toʻliq yoki umumqabul qisqartirishlar bilan keltirish va shu bilan birga qavslar ichida davlatlar nomi koʻrsatilishi maqsadga muvofiqdir.
2a- shaklning satrlar soni koʻrsatilayotgan debitor va kreditorlar soniga bogʻliq.
2. “Umumiy qarzlar” ustunida qarzlar miqdori har bir debitor va kreditor uchun koʻrsatiladi. Agar, bir yuridik shaxsning ham debitorlik, ham kreditorlik qarzi boʻlib, korxona ularni har xil schyotlarda hisobga olsa va ayrim sabablarga koʻra oʻzaro hisob-kitoblar oʻtkazilmagan taqdirda, debitorlik qarzlari miqdori alohida, kreditorlik qarzlari miqdori alohida koʻrsatiladi.
3. “Jumladan Respublikadan tashqaridagi” ustunida Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida joylashgan korxona (tashkilot)larning debitorlik va kreditorlik qarzlari miqdori koʻrsatiladi.
4. “Umumiy qarzlardan muddati oʻtgani” ustunida debitorlik va kreditorlik qarz toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-may “Korxona (tashkilot) rahbarlarining xalq xoʻjaligida hisob-kitoblarni oʻz vaqtida oʻtkazish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-1154-sonli qarorida keltirilgan muddatlarda uzilmagan qarzlarning miqdori koʻrsatiladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini uzish muddatlarining kechikishi shartnomada (masalan, qarz sharnomasida) koʻrsatilgan vaqtga asosan aniqlashimiz mumkin (mol yetkazib berish, oldi-sotdi shartnomalari bunga kirmaydi.
5. “Jumladan respublikadan tashqaridagi” ustunida Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida joylashgan debitor va kreditorlar qarzining muddati oʻtgan miqdori koʻrsatiladi (muddati oʻtgan qarzlar yuqorida koʻrsatilgan boʻlimdagi kabi aniqlanadi).
6. 2a-shakl korxona rahbari va bosh buxgalter tomonidan imzolanib, uning har bir varagʻi muhr bilan tasdiqlanadi.
7. TUShUNTIRISh XATI
7.1. Moliyaviy hisobotga yozilgan tushuntirish xati, korxonaning hisob siyosatini yoritishi, uning mulkiy va moliyaviy holatini haqqoniy baholash uchun, qoʻshimcha maʼlumotlar bilan hisobot foydalanuvchilarni taʼminlashi kerak.
7.2. Tushuntirish xatida korxonaning moliyaviy hisoboti buxgalteriya hisobini yuritish qoidalaridan kelib chiqqan holda tuzilganligi koʻrsatilishi kerak, ayrim qoidadan chetga chiqish hollari boʻlmaganda. Har bir qoidadan chetga chiqishlarning sababi va natijasi tushuntirish xatida koʻrsatilishi kerak.
7.3. Tushuntirish xatida quyidagi qoʻshimcha maʼlumotlar yoritilishi kerak:
— korxonaning huquqiy manzilgohi;
— korxonaning asosiy faoliyat turi;
— hisobot davrida ishlovchilarning oʻrtacha yillik soni, shu jumladan asosiy toifadagilarning ham.
— korxonaning ijro va nazorat organlari aʼzolariga hisobot davrida toʻlangan mukofotlarning umumiy miqdori va shu bilan birgalikda korxona tomonidan toʻlangan boshqa imtiyozlar;
— ayrim tur nomoddiy aktivlar eskirishini koʻrsatgan holda, ularning hisobot davri boshi va oxiriga nisbatan soni va hisobot davridagi harakati toʻgʻrisida maʼlumot;
— ayrim tur moliyaviy qoʻyilmalarning hisobot davri boshi va oxiriga nisbatan miqdori va hisobot davridagi harakati toʻgʻrisida maʼlumot;
— Faoliyat turi va jugʻrofiy savdo bozorlari boʻyicha mahsulot, tovar, ish, xizmatlarning sotilish hajmi toʻgʻrisida maʼlumot;
— ishlab chiqarish xarajatlari (muomala xarajatlari) tarkibi toʻgʻrisida maʼlumot;
— davr xarajatlarining tarkibi toʻgʻrisida maʼlumot;
— har qanday taʼminlangan majburiyatlarning berilishi va olinishi, korxona toʻlovlari toʻgʻrisida maʼlumot.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish va uslubiyot boshqarmasi boshligʻi B. K. Qudratov
